a) litsenziyalar berish va mulkchilik huquqlaridan foydalanish;
b) loyiha-konstruktorlik hujjatlari, texnologik jarayonlarni, mahsulotning texnik darajasi
va sifati, qurilish va montaj ishlari zamonaviy, kooperatsiyalashgan korxonalarni ishlab chiqish va
moslashtirish;
v)ishlab chiqarishni boshqarish,
standartlashtirish, unifikatsiyalash, sertifikatsiyalashni
takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash va h.k.lar.
2. Kooperativ mahsulotni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo-iqtisodiy jarayonlar.
3.Sotilgan texnikaga xizmat ko‘rsatish.
Jahon iqtisodiyotida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishda foydalaniladigan
quyidagi uch
asosiy usulga alohida e’tibor beriladi:
- Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish.
- Shartnoma asosida ixtisoslashish.
- Qo‘shma korxonalar tashkil qilish.
Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish o‘z navbatida ikki asosiy shaklda, (pudratli ishlab
chiqarish kooperatsiyasi va hamkorlikdagi ishlab chiqarish) amalga oshiriladi. Shartnoma asosida
ixtisoslashish esa ishlab chiqarish dasturlarini ishlab chiqarish kooperatsiyasi
ishtirokchilari
orasida taqsimlanishini nazarda tutadi. Qo‘shma korxonalar bu integratsiyalashgan
kooperatsiyadir.
Dostları ilə paylaş: