1 mavzu. Jaxon iqtisodiy tarixini o’rganishy o’nalishlari


G'arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi ma'lum o'zgarishlar shundan dalolat beradiki



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix04.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#107349
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 MAVZU ITT (2)

G'arbiy Yevropada ishlab chiqarish kuchlari ahvolidagi ma'lum o'zgarishlar shundan dalolat beradiki: 
j
amiyatdagi 
asosiy ishlab chiqaruvchilar bo'lgan hunarmand va dehqonlarn- ing mayda xo'jaliklari XVI asrda 
o'z imkoniyatlarini tugatib bitirdi va endilikda mustaqil rivojlanishga qodir bo'lmay qoldi. 
Mayda ishlab chiqaruvchining iqtisodiy ahvoli o'zgara bordi, chunki u endi mehnat 
qurollarini olish uchun tobora ko'proq mablag' sarflashi kerak bo'la boshladi. 
Bu pirovard natijada hunarmandning savdogar yoki boshqa kap- ital egasiga iqtisodiy 
qaram bo'lib qolishini yengillashtirdi, mayda ishlab chiqarishning yemirilishiga va kapitalga 
bo'ysunishiga olib keldi va nihoyat, mayda sanoatni unumliroq kapitalistik ishlab chiqarish 
shakllariga o'z joyini bo'shatib berishga majbur qildi. 
Tog'-kon sanoati, metallurgiya va metallga ishlov berish so- halarida mayda sanoatning 
"qobiliyatsizligi" yanada yaqqol namoyon bo'ldiki, hunarmand o'z mablag'lariga shaxta, domna 
o'choqlari, temirga ishlov berish uchun og'ir to'qmoqlar sotib ola olmas va bularni faqat o'z kuchi 
bilan ishlata olmas edi. Bu sohalarda 
alohida hunarmandlarning mayda sanoati yirik 
ishlab
chiqaruvchilar
tomonidan surib tashlanishi aniq edi. 
Buyuk geografik kashfiyotlar 
XVI -XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida feodal tuzumning barham 
topishi va feodal jamiyat negizida yangi, kapitalistik mu- nosabatlar tug'ilishi 
jarayoni yuz berdi.
O'zgarishlar G'arbiy Yevropa mamlakatlari jamiyatining barcha sohalariga 
ta'sir ko'rsatdi. Feodal ishlab chiqarish munosabatlari asta-sekin o'zining cheksiz 
ustunligini yo'qota boshladi. Dastlab- ki kapital to'plash jarayoni ildiz ota boshladi. 
Mehnat taqsimoti yanada o'sdi.
Dehqonlarning yersiz qolishi va shahar hunarmandlarining xarob bo'lishi 
natijasida paydo bo'lgan yollanma ishchilar ishlay- digan kapitalistik manufakturalar 
yuzaga keldi. Ijtimoiy tuzilishda ham o'zgarishlar yuz berdi; feodal jamiyatda yangi 
sinflar - bur- juaziya va proletariat shakllandi.
Kapitalizmning rivojlanishida buyuk geografik kashfiyotlar alohida ahamiyat 
kasb etdi (XV asr oxiri - XVII asr). Yangi savdo yo'llari va ilgari ma'lum bo'lmagan 
mamlakatlar va kontinentlarn- ing ochilishi, Yevropa bilan dunyoning boshqa 
mamlakatlari orasi- da doimiy aloqalar o'rnatilishi nisbatan qisqa vaqt ichida 
Yevropa davlatlari xo'jaliklariga ulkan mablag'lar keltirdi.


Olimlarning fikricha: "XVI-XVII asrlarda geografik kashfiyotlar natijasida 
yuz bergan buyuk inqiloblar va savdo-sotiq kapitalining tez rivojlanishi ishlab 
chiqarishning feodal usulidan kapital usu- liga o'tishiga ko'mak bergan eng asosiy 
omillardan biridir".
XV 
asrning ikkinchi yarmiga kelib Yevropa davlatlarining Sharq bilan 
savdo-sotiq sohasida paydo bo'lgan qiyinchiliklar va mu- omala vositalarining 
keskin yetishmovchiligi buyuk geografik kashfiyotlar uchun turtki bo'lib xizmat 
qildi. Avval an'anaviy bo'lgan sharq yo'llari turklar, arablar va tatar-mo'g'ullar 
tomonidan bosib olingan edi. Arablarning sharq mahsulotlarini Yev- ropaga olib 
kelishda hukmronligi hamda mahsulotlarni 8-10 ba- ravar narxlarda sotishi 
Yevropaliklar uchun o'ta foydasiz bo'lsa, turklarning o'zboshimchaligi va 
bosqinchiligi umuman tovar ayir- boshlash jarayoniga tahdid sola boshlagan edi.
Ammo Venetsiyaliklar va Genuyaliklar turklar bosib olishi- dan ko'rgan 
zararlarini narxlarni ko'tarish yo'li bilan qisman qo- play olardilar. Sharqdan 
keltiriladigan gazlamalar, taqinchoqlar, ziravorlar va qimmatbaho zeb-ziynat 
buyumlarining xaridorlari bo'lgan boshqa Yevropa davlatlarining feodallari va 
savdogarlari nafaqat turk bosqinchiligiga qarshi, balki Italiyaliklarning Levan- tiya 
savdolaridagi vositachiligiga qarshi ham boshqa yo'l bilan kurashishga harakat 
qildilar. Shu sababli Genuyalik dengizchi Kolumbning Hindistonga Atlantika orqali 
yo'l topish rejasi Ispani- yada qo'llab-quvvatlangani ham bejiz emas edi.
XV 
asrda G'arbiy Yevropada muomala vositasi sifatida oltin va kumush 
yetishmasligi jiddiy sezila boshladi. Buning sababi faqatgina savdo-sotiqdagi 
o'zgarishlar natijasida oltinning Shar- qqa qarab oqib ketishi emas, balki sanoat va 
savdoning o'sishi natijasida G'arbiy Yevropada muomala vositalariga bo'lgan talab 
keskin ortgan bir paytda Germaniya va Ispaniyaning kumush zaxiralari kamayib 
ketganligi ham edi. Feodal aristokratiya va tug'ilayotgan burjuaziya boyish va boylik 
orttirishga harakat qilar edi. "Oltin tashnaligi" tezda hal qilish kerak bo'lgan dolzarb 
iqtisodiy muammoga aylandi. Bu esa okeanlar orqali Sharqqa yangi yo'llar topishga 
undar edi.
Feodal 
yerlarining 
qismlarga 
bo'linib 
ketishi 
dvoryanlarning 
kambag'allashuviga 
olib 
keldi. 
Aynan 
kambag'allashgan 
dvoryanlar 
konkvistadorlarning asosini tashkil etdilar.
Buyuk geografik kashfiyotlarni osonlashtirgan siyosiy omillar orasida shuni 
aytish joizki, faqat markazlashgan qudratli monarxi- yalargina yirik dengiz 
ekspeditsiyalarini moliyalashtirish imkoniga ega edilar. Bundan tashqari, yollanma 
armiya va amaldorlarga haq to'lash, boshqa xarajatlarni qoplash uchun pul 
vositalarining yakkahukmronligiga talab ortgan edi.
Yevropada texnika va fanning rivojlanishisiz buyuk geografik kashfiyotlar 
amalga oshmas edi. Birinchi navbatda bu kemasoz- lik, navigatsiya va geografiya 
sohalariga tegishli O'rta Yer dengizi basseynida qo'llanilgan elkanli va eshkakli 
kemalar okean say- ohatlari uchun yaroqsiz edi. XV asrda yaratilgan karavella uchta 
ishchi machtalarga va qavat-qavat joylashgan bir nechta elkanlar- ga ega edi. Bu 
dovullarda havfni kamaytirar, kamroq ekipaj talab qilar, kemaning suzish tezligini 
oshirar va shamolning har qanday yo'nalishida kerakli kurs bilan suzish imkonini 
berar edi. Navigatsiya fanidagi yutuqlar eng avvalo kompasning takomillashuvi 
bilan bog'liq bo'lib, bu aniqroq dengiz kartalarini chizish imkonini berdi.
Lekin trans atlantik suzishning amalda mumkinligini asoslagan nazariya 
bo'lmaganda, hech qanday texnik yangiliklar o'z rolini o'ynay olmas edi. XV asr 


oxirida yerning shar shaklida ekanliga to'g'risidagi antik tushunchalar qayta tug'ildi, 
Florensiyalik as- tronom va kosmograf Paolo Toskanellining g'arbga harakatlanib, 
Hindistonga borish mumkinligi to'g'risidagi taxmini to'g'ri, deb qabul qilina 
boshlandi.
Buyuk geografik kashfiyotlar sayyoramizning o'zlashtirilmagan kengliklariga 
qilingan qator dengiz ekspeditsiyalari natijasi edi. Ularda Yevropaning turli 
davlatlaridan ko'plab dengizchi va olim- lari ishtirok etdilar. Amerikaning ochilishi 
va Afrikani aylanib o'tib, Hindistonga borish yo'lining kashf etilishiga olib kelgan 
ikki qator ekspeditsiyalar bu kashfiyotlarning ibtidosi bo'ldi.
Yevropada "narxlar inqilobi" 
Buyuk geografik kashfiyotlarning muhim oqibati "narxlar ravolyusiyasi"dir. 
Bu XVI asr davomida qishloq xo'jalik va sanoat mahsulotlariga narxlar juda tez 
ko'tarilib ketishida o'z ifodasini topdi. XVI asrgacha narxlar asosan barqaror bo'lib, 
faqat urush va tabiiy ofatlar davridagina o'zgargan bo'lsa, XVI asrning 30-yil- 
laridan boshlab oxirigacha Ispaniyada narxlar 4 baravar, qishloq xo'jalik 
mahsulotlariniki esa xatto 5 baravar, Fransiyada o'rtacha 2,3 baravar, Angliyada 2,5 
baravar, Germaniyada 2 baravar, G'arbiy Yevropa bo'yicha esa o'rtacha 2-2,5 
baravar oshib ketdi.
Narxlarning bunday o'zgarishini qimmatbaho metallarning Yev- ropaga 
ko'plab keltirilishi yoki, Ispaniyada bo'lgani kabi, ularning boshqa davlatlarga 
ko'plab tashib ketilishi bilan bog'laydilar. Yangi yerlardan Yevropaga ko'p miqdorda 
oltin va kumush keltirildi. Natijada bir asr davomida Yevropadagi oltin miqdori 550 
mingdan 1192 ming kg.gacha, ya'ni 2 baravardan oshiq kumush miqdori esa 7 
mln.dan 21,4 mln.kg.gacha, ya'ni uch baravardan oshiq ko'payib ketdi.
Lekin "narxlar inqilobi"ning asl sababi pullik metallar miq- dorining 
ko'payishi emas, balki ularning qiymati tushib ketishida edi. Oltin va kumushning 
arzonlashuvi ularning juda boy konlar- dan, qaram ishchilar va qullarning arzon 
mehnati evaziga, xatto oddiygina talonchilik yo'li bilan topilayotgani bilan bog'liq 
edi. Boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish sharoitlari esa deyarli o'zgarmagan, o'sha 
miqdordagi mahsulotning XVI asrdagi ekviv- alenti avvalgiga nisbatan anchagina 
ko'p miqdordagi oltin va ku- mush bilan o'lchanar edi.
Shuning uchun narxlarning keskin o'sishi yuz berdi. Birinchi navbatda va eng 
ko'p darajada qishloq xo'jalik mahsulotlariga, eng avvalo non va boshqa oziq-ovqat 
mahsulotlariga narxlar os- hdi. XVI asr o'rtasidan boshlab narxlar oshishi umum 
xususiyatga ega bo'ldi. Lekin baribir qayta ishlash sanoati mahsulotlari va sanoat 
xom-ashyosiga narxlar birinchi navbatda kerak bo'ladigan mahsulotlar narxlariga 
nisbatan kamroq oshdi.
"Narxlar inqilobi" muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo'ldi. Bir 
tomondan "... ish haqi va yer rentasining qadrsizlani- shi, ikkinchi tomondan sanoat 
daromadlarning o'sishi" kuzatildi. Shuning uchun "narxlar inqilobi" o'sha davrda 
tug'ilayotgan sanoat burjuaziyasining boyishi va proletariatning qashshoqlashuviga 
olib keldi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari va keng iste'mol buyum- lariga narxlarning 
oshishi aholining haqiqiy daromadlari miq- dorining tushib ketishiga olib kelib, 
yollanma ishchilarning hayot darajasini keskin pasaytirdi. Angliyada tovarlar narxi 
o'rtacha 155 
%
ga, yollanma ishchilarning ish haqi esa faqat 30 % gagina os- hdi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin