1 mavzu. Jaxon iqtisodiy tarixini o’rganishy o’nalishlari


XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada qishloq xo'jaligi



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix04.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#107349
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1 MAVZU ITT (2)

XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada qishloq xo'jaligi 
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropa feodalizmi tugallangan yetuk shakllarga ega bo'ldi. Bu 
davrda feodal tarqoqlik o'z o'rnini markazlashgan feodal davlatlarga bo'shatib berdi. Ulardan eng 
yiriklari Fransiya va Angliya edi. Feodal hukmronlikning marka- zlashuvi feodal ishlab chiqarish 
usullarining mustahkamlashuviga olib kelmay iloji yo'q edi. XI-XV asrlarda bu yerda feodal 
tuzum keng qamrovli ahamiyat kasb etib, xo'jalik hayotida hal qiluvchi rol o'ynay boshladi. 
Krepostnoylashgan sen'orlar o'zlarining barshchina tizimi bilan chuqur inqirozga uchray 
boshladi. Feodal tuzumning natural xo'jaligi o'zining ahamiyatini tobora yo'qota bordi, jamiyat 
bor- gan sari qarama - qarshi fikrni bildira boshladi. Dominant xo'jalik ishlab chiqargan 
mahsulotlar xalq ehtiyojlarini va shu bilan birga feodallarning ham ehtiyojlarini qondira olmay 
qoldi. Fransuz dvoryanlari va dehqonlariga nisbatan sifatli va har xil turdagi ish qurollari va 
iste'mol mollari kerak bo'la boshladi. Shahar va qish- loqlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning 
tobora kuchayishi pul hajmini ko'paytirish zaruriyatini keltirib chiqardi. 
Feodal rentani mahsulot va pul obroki shaklida topshirishga obyektiv ehtiyoj vujudga 
keldi. Mahsulot shaklidagi renta ishlab chiqaruvchidan yanada yuqori ishlab chiqarish 
madaniyatini talab etardi. XIV-XV asrlarda Fransiyada feodallar qaram dehqonlarni 
barshchinadan mahsulot shaklidagi rentaga, keyinchalik esa pul rentasiga o'tkazdilar. Natijada 
dehqon xo'jaligi feodal rentasini ishlab chiqarish markaziga aylandi. Fransuz zodagonlari oltin va 
kumushlarning shu'lasidan mast bo'lib qoldilar. Pul shaklidagi obrok o'lchab bo'lmas darajada 
katta ediki, feodallar o'zlarining barcha talablarini qondirishga harakat qilardilar. 
XI-XV asrlarda G'arbiy Yevropada feodal shahar, hunarmandchilik va 
savdo sotiq. 
Hunarmandchilikning qishloq xo'jaligidan ajralish jarayoni G'arbiy Yevropada feodal 
shaharlarning paydo bo'lishiga mod- diy asos bo'lib xizmat qildi. O'rta asrlarning boshlarida 
insonning xo'jalik faoliyati to'laligicha qishloqda jamlangan, hunarmandchilik dehqonchilikdan 
ajralmagan edi. To'g'ri, devorlar bilan o'ralgan yirik aholi punktlari mavjud edi, lekin iqtisodiy 
jihatdan ular qishloqlardan farq qilmas, faqat ma'muriy va diniy markazlar vazifasini o'tar edilar. 
Lekin XI asrga kelib, umumiy iqtisodiy yuksalish natijasida, hunarmandchilik va savdo - 
sotiq markazlari sifatida shaharlar vujudga keldi. Jamoaviy mehnat taqsimotining rivojlanishi 
bilan Rim davridan saqlanib kelayotgan eski shaharlar jonlandi, yangilari paydo bo'ldi. 
Markazlashgan shaharlarning iqtisodiy va siyosiy hayoti aynan shaharlarda jamlana boshladi. 
Shaharlar iqtisodiy va madaniy rivojlanish timsoliga aylandi. 
XI-XIII asrlarda G'arbiy Yevropa feodallari bir necha bor Sharq yo'nalishida yurishlar 
amalga oshirdilar. Ko'plab ritsarlar, dehqonlar va shaharliklarni o'z domiga tortgan salb yurishlari, 
umuman olganda, yevropaliklar uchun muvaffaqiyatsiz tugagan bo'lishiga qaramay, Yevropa 
hayotida iz qoldirmay iloji yo'q edi. Ular sharq davlatlari bilan G'arbiy Yevropa o'rtasida tovar-
pul munosabatlar- ining rivojlanishiga, buning natijasi o'laroq Yevropa shaharlarin- ing yanada 
o'sishiga xizmat qildi. 
Shaharlar yanada mustahkamlana borib, yomg'irdan keyin paydo bo'lgan qo'ziqorinlardek 
tez ko'paya boshladilar. Faqat Germaniyaning o'zida XIII-XIV asrlarda 700 dan ortiq shaharlar 
paydo bo'ldi. G'arbiy Yevropa shaharlarining ichidagi Italiyadagi Venetsiya, Genuya va 
Florensiya, Germaniyadagi Keln, Gamburg, Lyubek, Augsburg, Regensburg, Fransiyadagi Parij, 
Angliyadagi London va York kabi yirik savdo-sanoat markazlarini alohida aytib o'tish kerak. 
Ularning aholisi ko'p emas edi. Germaniyada 10-15 ming ahol- isi bo'lgan shaharlar 
o'rtacha, 25-35 ming aholisi bo'lganlari yirik, 3 mingdan 5 minggacha aholisi bo'lganlari esa 
mayda shaharlar hisoblanar edi, o'rta asr shaharlari qulayliklarga ega emas edi. Ko'chalari tor, 


qing'ir-qiyshiq, qoplamasiz va yoritilmagan edi. Binolar yog'ochdan qurilar, tez-tez yong'in ostida 
qolar edilar.
Texnika rivojlanishi faqat sanoatda yuz berib qolmadi. Harakat- lanish vositalarida, 
ayniqsa dengiz transportida katta o'zgarishlar yuz berdi. XVI asrda o'q otar qurollar harbiy sohada 
haqiqiy inqi- lobga olib keldi. 
Qishloq xo'jaligida ham sanoatdagiday tez bo'lmasa ham tex- nika va texnologiya 
yuksalishi kuzatildi: 
• 
Botqoqliklarni quritish va o'rmonlarni qo'porib tashlash natijasida haydaladigan 
yerlar ancha kengaydi. 
• 
XVI asrda dehqonchilikning ko'proq takomillashgan tizimlari 

ko'p dalalik almashlab ekish va o't o'stirishga o'tish boshlandi. 
• 
O'g'itlardan foydalanish kengaydi, qishloq xo'jalik asbob- uskunalari soni ko'paydi. 
• 
Metallurgiya yutuqlari metalldan ishlangan qurollarning ko'payishi va ularning 
sifati oshishiga olib keldi. 
Sanoat va qishloq xo'jaligining mahsuldorligi oshishi bilan birga: 
• 
ichki bozor kengaydi, 
• 
tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish tez o'sa boshladi, 
• 
savdogar asosiy shaxsga aylana bordi, 
• 
pul munosabatlari murakkablashdi,
• 
savdo shartnomalari va bitimlarining yangi ko'rinishlari ildiz ota boshladi, 
• 
birja mahsulot va qimmatbaho qog'ozlar ayirboshlash joyi- ga aylandi, 
• 
qarz berish va bank ishi rivojlandi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin