qing'ir-qiyshiq, qoplamasiz va yoritilmagan edi. Binolar yog'ochdan qurilar, tez-tez yong'in ostida
qolar edilar.
Texnika rivojlanishi faqat sanoatda yuz berib qolmadi. Harakat- lanish vositalarida,
ayniqsa dengiz transportida katta o'zgarishlar yuz berdi. XVI asrda o'q otar qurollar harbiy sohada
haqiqiy inqi- lobga olib keldi.
Qishloq xo'jaligida ham sanoatdagiday tez bo'lmasa ham tex- nika va texnologiya
yuksalishi kuzatildi:
•
Botqoqliklarni quritish va o'rmonlarni qo'porib tashlash
natijasida haydaladigan
yerlar ancha kengaydi.
•
XVI asrda dehqonchilikning ko'proq takomillashgan tizimlari
-
ko'p dalalik almashlab ekish va o't o'stirishga o'tish boshlandi.
•
O'g'itlardan foydalanish kengaydi, qishloq xo'jalik asbob- uskunalari soni ko'paydi.
•
Metallurgiya yutuqlari metalldan ishlangan qurollarning ko'payishi va ularning
sifati oshishiga olib keldi.
Sanoat va qishloq xo'jaligining mahsuldorligi oshishi bilan birga:
•
ichki bozor kengaydi,
•
tashqi bozorga mahsulot yetkazib berish tez o'sa boshladi,
•
savdogar asosiy shaxsga aylana bordi,
•
pul
munosabatlari murakkablashdi,
•
savdo shartnomalari va bitimlarining yangi ko'rinishlari ildiz ota boshladi,
•
birja mahsulot va qimmatbaho qog'ozlar ayirboshlash joyi- ga aylandi,
•
qarz berish va bank ishi rivojlandi.
Dostları ilə paylaş: