1-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy mohiyati



Yüklə 72,27 Kb.
səhifə3/5
tarix30.03.2023
ölçüsü72,27 Kb.
#91348
1   2   3   4   5
1-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy m

1.2.1-jadval. AQSHda tadbirkorlik sohasida uzoq yillar mobaynida amal qilayotgan qonunlar tizimi

Qonunlar


Qonunlarning asosiy mohiyati

1


2

Trestlarga qarshi SHerman qonuni
(1890 y.)

a) monopoliya yoki monopoliyalashtirishni taqiqlash;
b) shtatlararo yoki tashqi savdoni cheklashga qaratilgan turli xildagi shartnoma, kelishuv va birlashmalarni ta’qiqlash.

Oziq-ovqat mahsulotlari va meditsina preparatlarining sifatliligi haqidagi qonun (1906 y.)

SHtatlararo savdo-sotiqqa qalbakilashtirilgan yoki marka yopishtirilmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, sotishni taqiqlash. Bu qonun 1938 yilda oziq-ovqat, dori-darmon va kosmetika vositalari haqidagi Federal qonuniga almashtirildi. 1958 va 1962 yillarda unga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi.

Federal savdo komissiyani ta’sis etish haqidagi qonun (1954 y.)

«Savdoda raqobatning vijdonsizlik uslubi noqonuniyligi» ni tekshiruvchi idorani-komissiyani ta’sis etishni nazarda tutadi.

Kleyton qonuni
(1914 y.)

Amaliy faoliyatning ayrim turlarini taqiq yetuvchi SHerman Qonuniga qo’shimcha ki­ritildi (narxlarni kam-sitish turlarini aniqlash, shartnomaga hamkor harakatini cheklovchi moddani kiritish, sotishning cheklash tajribasini qo’llash, boshqa korporatsiyalar aktsiya-lariga ega bo’lish, qo’shma direktorat tashkil etish).

Uiler Li qonuni
(1938 y.)

Raqobatga zarar keltirish yoki keltirmaslikdan qatiy nazar nopok, firib harakat va usullarni taqiqlash; oziq-ovqat, dori-darmon reklamasi ustidan Federal savdo komissiyasining nazoratini ta’sis etish.

Tovarning aslligi uning o’rami va markasida aks etishi haqidagi qonun (1966y.)



Keng iste’mol tovarlar o’rami va markalashiga qoida joriy etilishi o’ram ichida nima borligini, ishlab chiqargan shaxs nomini va o’ram ichidagi narsaning aniq miqdorini ko’rsatishni talab qiladi.

Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishligi haqidagi qonun (1972 y.)

Iste’mol tovarlarining xavfsiz bo’lishi bilan bog’liq muammolar bo’yicha komissiya ta’sis etilishi va unga iste’mol tovarlariga nisbatan xavfsizlik standartlarini qo’llash va ushbu standartlarga rioya qilmasligi uchun sanktsiya qo’llash vakolati berildi.


Qarzlarni vijdonan undirib olish haqidagi qonun (1978 y.)

Qarzlarni undirib olishda odamlarni qo’rqitish, ta’qib qilish, ayovsizlarcha munosabatda bo’lish, tuhmat qilish noqonuniy deb e’lon qilindi.


bog’liq bo’lgan ahloqiy va diniy me’yorlar jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu me’yorlar haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga bo’lgan talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga bo’lgan munosabatiga o’z ta’sirini o’tkazadi, bu esa, o’z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bo’lgan munosabatga ta’sir etadi.
Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini olib borishning zamonaviy uslublarini o’rganishni tashkil etish, xodimlarni o’qitish va qayta o’qitish, ularni rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o’qitish uchun o’qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tad­birkor sektori uchun xodimlarni tanlash bo’yicha maslahat markazlarini ochish kerak.
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. SHuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu narsa birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya’ni korxonalarni ro’yxatdan o’tish jarayonining qisqa va oddiy bo’lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini takomillashtirish; O’zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. SHu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik ishlariga ko’maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, sta­tistika shakli va hisob-kitobini takomillashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy kafolati masalasi bilan bog’liq masalalarni hal etish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
AQSHning tadbirkorlik sohasida ko’p yillar mobaynida qo’llab kelayotgan qonunlar tizimi bunga misol bo’la oladi. Ulardan bir nechasiga e’tibor beraylik (1.2.1-jadval)7:
Davlatnint ishbilarmonlik faoliyatini tartiblashtirish kerakligini asoslab berar ekan, F.Kotler ushbu qonunlar paydo bo’lishining uch asosiy sabablarini ko’rsatib berdi:
- firmalarni bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir ovozdan raqobatni maqtaydilar, lekin ularning manfaati raqobat bilan to’qnash kelganda uni bartaraf qilishga harakat qiladilar8».
SHundan kelib chiqib, «g’irrom raqobat» ning oldini olish qonunlari paydo bo’ldi:
- vijdonsiz amaliyotdan iste’molchilarni himoyalash zarurligi.
SHundan kelib chiqib, nazoratsiz qolib, sifatsiz tovar chiqarayotgan, reklamada yolg’on axborot berayotgan, o’rash va narx yordamida aldayotgan firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi.
    1. Kichik biznes va tadbirkorlik muhiti va unga ta’sir etuvchi omillar



Har qanday tadbirkorlik ma’lum bir hududda: mamlakat, viloyat, shahar yoki qishloq miqyosida olib boriladi. Tadbir­korlik faoliyatini samarali olib borish uchun ma’lum bir ishchi muhiti bo’lishi kerak.
Bunday muhit ayrim hududlar miqyosida mujassamlanib, o’zida ishbilarmonlik funktsiyalarini amalga oshirishni mujassamlantirgan. Umumiy holda tadbirkorlik muhiti asosan quyidagi to’rtta omil: huquqiy, siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillarning o’zaro bog’likligi natijasida amalga oshiriladi. Ular ijobiy yoki rag’batlantirish ko’rinishida ham shakllanishi mumkin. Ushbu holda mamlakat yoki mintaqadagi mavjud shart-sharoitlar tadbirkorlik faoliyatini olib bo­rish uchun mos bo’ladi. CHunki, bunday muhit tadbirkorga amal­ga oshirayotgan ishlarining natijalari qanday bo’lishini oldindan ko’ra bilishiga keng imkoniyat tug’diradi. Tadbirkorning o’z ishi natijalarini oldindan ko’ra bilishi tavakkallik tushunchasiga teskari holda ifoda etiladi. Agar tadbirkor ma’­lum bir muhitda tavakkalchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa, u holda u o’zgaruvchanlik, barqarorsizlik, tavakkalchilik bilan tavsiflanadi. Bunday muhit yuqorida keltirilgan ijobiy muhitga to’g’ri kelmaydi. Amalda ko’p hollarda tadbirkor­lik muhitining ma’lum bir omili tadbirkorning ish natijalariga asosiy ta’sir ko’rsatadi, deb bo’lmaydi. CHunki, tadbirkorni ko’proq tadbirkorlik muhitini belgilovchi omil­larning o’zaro bog’liqligi qiziqtiradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan omillardan huquqiy omillar asosiy omil bo’lib hisoblanadi, chunki tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun tadbirkorlik muhitida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan o’yinlar qoidasini ko’rsatib beradi. O’yinlar qoidasi tushunchasi ruxsat etilgan va amalga oshirilayotgan ish (harakat)larni o’z ichiga oladi. Ruxsat etilgan ish (harakat)larga nisbatan o’yin qoidalari turli shaklda namoyon bo’ladi. O’yin qoidalari nima qilish mumkin-u nima qilish mumkin emas tamoyili asosida ishlab chiqilishi mumkin. Bu qoidalarda tadbirkorlik faoliyatini olib borish yo’lidagi barcha chegara yoki cheklovlar yaqqol ko’rsatilib berilishi kerak. Umuman olganda, huquqiy omil – tadbirkorlik faoliyatini yuritish yo’lidagi barcha qonunlar (soliq, yer, mehnat munosabatlari) va yo’riqnomalar majmui bo’lib, tad­birkorlik faoliyatini tartibga soladi hamda tadbirkorning iqtisodiy jarayondagi boshqa sub’ektlar bilan munosabatini mujassamlantiradi.
Huquqiy bazaning to’liq yoki bir me’yorda yuritilmasligi tadbirkorlik faolligi darajasiga katta salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida amaliyotda tadbiq qilinayotgan iqtisodiy islohotlarning asosini tashkil qilayotgan bir butun huquqiy baza mavjuddir.
Huquqiy omilning tavsifiga «huquqiy madaniyat» tushunchasi ham kiradi. Buning ostida millatning qonunlarga to’liq rioya qilishi, ya’ni insonlarning ongida qonunlar talabini bajarish kerak degan tushunchaning bo’lishi tushuniladi. Agar, kerak bo’lgan barcha qonunlar qabul qilinsa-yu, lekin ular amalda ishlamasa yoki tadbiq qilinmasa, bunday jamiyatni qonunlarga bo’ysunuvchan deb bo’lmaydi va buni tadbir­kor o’z faoliyatini yuritishda e’tiborga olishi shartdir.
Siyosiy omil tadbirkorlik jarayonida bo’layotgan barcha hodisalarga davlatning munosabatini va ularga davlatning ta’sirini belgilab beradi. Davlatning tadbirkor faoliyatiga qay darajada ta’sir ko’rsatishi yoki aralashishi kerakligi ham siyosiy omil tushunchasiga kiradi. Bunday aralashish oldindan belgilanmagan yoki belgilangan bo’lishi mumkin. Umu­man olganda, tadbirkorlik faolligi darajasiga davlatning munosabati rag’batlantirish yoki qo’shilishmaslik ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Har bir mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga undagi siyosiy tizimning barqarorligi katta ta’sir ko’rsatadi. Agar siyosiy tizim barqaror bo’lmasa, tadbirkorlar kat­ta investitsiyalarni jalb qilmasdan yuqori darajadagi foyda olish maqsadida kichik muddatga mo’ljallangan turli xildagi operatsiyalarni amalga oshirishga harakat qilishadi. Siyo­siy ahvolning barqarorligi tadbirkorga o’z faoliyatini strategik jihatdan loyihalashtirish, ya’ni uzoq muddatga mo’ljal­langan ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Ijtimoiy omil boshqalarga nisbatan o’zining tarkibi jihatidan anchagina murakkab hisoblanadi. SHuning uchun ham uning tarkibi ko’pgina elementlardan tarkib topadi. Agar tadbirkor ularni e’tiborga olmasa, kelgusida salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. Quyidagilar bu omilning asosiy elementlari hisoblanadi:

  • jamiyatda mafkuraning holati;

  • milliy urf-odatlar;

  • millatning madaniy va maishiy odatlari;

  • atrofdagi kishilarning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan munosabati;

  • davlatning tadbirkor va tadbirkorlik faoliyatiga bo’lgan munosabati.

Iqtisodiy omil bozordagi raqobatni va narx-navo holatini o’zida aks ettiradi. Narx-navo tizimi, o’z navbatida, narxlarning darajasi, ishlab chiqarish jarayoniga tadbir­kor tomonidan jalb qilinayotgan ishlab chiqarish omillari, ishchi kuchi, kredit stavkasi miqdori hamda soliq va majburiy to’lovlarni o’z ichiga oladi. Bunda bozordagi raqobat shart-sharoitlari sifat va miqdoriy jihatdan tahlil qilib chiqiladi.
Tadbirkorlikni davlat tomonidan ma’lum bir shart-sharoitlar yaratilgandagina amalga oshirish mumkindir. Uning tarkib topishi avvalambor jamiyatdagi ma’lum bir vaziyatning vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lib, undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat tadbirkorlik faoliyatini tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. SHuning uchun ham O’zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash bo’yicha Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi bilan kerakli qonunlar, qarorlar, farmonlar va shu kabi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo’lib, ular hayotga tadbiq kelinmoqda. SHu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish maqsadida ikkita fond: tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondlari tashkil etilgan.
Tadbirkorlik faoliyatining kelajagi tadbirkorlik muhiti bilan belgilanadi, u esa jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni aks ettiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga iqtisodiy mustaqillik, tadbirkorlar sinfi, iqtisodiy aloqalarda bozorning ustuvorligi, tadbirkorlik kapitalini mujassamlantirish sharoitining mavjudligi va kerak bo’lgan resurslarni ishlatish kiradi.
Tadbirkorlikning ijtimoiy mustaqallik darajasi bozorda vujudga kelayotgan mustaqil korxona va tashkilotlar soni bilan tavsiflanadi.
Tadbirkorlik muhitini shakllantirish boshqariladigan jarayondir. Lekin boshqarish usullari ma’muriy yoki direk­tiv ko’rinishida bo’lishi mumkin emas. Ularning asosiy tad­birkorlik faoliyati sub’ektlariga ta’sir qiladigan choralardan emas, balki shunday sub’ektlarning tarkib topishi yo’lida qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo’lishi kerak.
Tadbirkorlik muhitini tarkib toptirish ko’p jihatli jarayon bo’lib, u o’z ichiga quyidagi tarkiblarni qamrab oladi:

  • ijtimoiy, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning hamda ular bilan bog’liq bo’lgan jamiyat a’zolari psixologiyasining o’zgarishi;

  • tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi milliy dastur qabul qilinishi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiy o’sishining qo’shimcha manbai sifatida ijtimoiy muammolarni bartaraf etishda katta rol o’ynaydi, bandlik muammolarini hal etish, milliy boylikni o’stirish va millatning farovonligi uchun xizmat qiladi. (1.3.1-rasm.)
Hozirgi sharoitlarda tadbirkorlik muhitini tarkib top­tirish nafaqat milliy, balki xalqaro muammolardan hisoblanadi. Mavjud bo’lgan mamlakatlararo guruhlarda, masalan, Yevropa Ittifoqi miqyosida yagona tadbirkorlik muhiti vu­judga kelmoqda. Bu degani tadbirkorlik faoliyatini yuritish Yevropa jamiyatiga kiruvchi barcha mamlakatlarda bir-biriga o’xshab ketmoqda.


Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy falsafaning shakllanishi




Tadbirkorlik muhitini shakllantirish




Iqtisodiy faollikning alohida shakli sifatida tadbirkorlikni shakllantirish

























Ijtimoiy muhitni tarkib toptirish




Tadbirkorlik infratuzilmasini shakllantirish




Milliy boylik va milliy faravonlikning o’sishi









Yüklə 72,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin