1-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy mohiyati



Yüklə 72,27 Kb.
səhifə2/5
tarix30.03.2023
ölçüsü72,27 Kb.
#91348
1   2   3   4   5
1-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy m

«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning entsiklopedik lug’atida quyidagicha ta’riflanadi:
Tadbirkorlik – (ingl. yenterprise) shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o’z nomidan, o’z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor (frn. yentrepreneur) qonun tomonidan taqiqlanmagan barcha xo’jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog’ozlar bilan ish olib borish bilan shug’ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko’zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag’ bilan bog’liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta’rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta’rifda tadbirkor­lik faqat ma’lum faoliyat bilan shug’ullanish emas, balki bevosita faoliyat ko’rsatishdan iboratligi ta’kidlangan. Tadbirkorlikka berilgan qator ta’riflarda eng muhim holat, ya’ni shaxsiy daromad bilan ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko’rsatilmagan.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tadbirkorlikning mu­him xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • xo’jalik faoliyati olib borayotgan sub’ektlarning mustaqilligi va erkinligi. Huquqiy me’yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin.

  • iqtisodiy manfaatlilik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni ko’zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o’z hissasini qo’shishdir.

  • xo’jalik tavakkalchiligi va mas’uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik va tavakkalchilik bo’lishi mumkin.



1.2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari

Tadbirkorlikni shakllantirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo’lgan taklif va talab; haridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor sotib olishi uchun kerak bo’lgan pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya’ni sotib olish imkoniyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ishchi joylarining, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki yetishmovchiligi.


Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o’z ishbilarmonlik operatsiyalarini moliyalashtirish uchun olinmoqchi bo’lgan kredit miqdori iqtisodiy sharoitga ta’sir etadi.
Bu ishlarning barchasi bilan bozor infratarkibini tashkil qilgan turli xildagi tashkilotlar shug’ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o’rnatib, tijorat operatsiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko’rsatuvchi banklar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, energiya, mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta’minlovchilar; tovarni haridorga yetkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik buxgalteriya xizmatlarini, vositachilik xizmatini ko’rsatuv­chi firma va korxonalar; ishchilar kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilarni tayyorlayotgan o’quv yurtlari; reklama, transport, sug’urta agentliklari; aloqa va axborotni uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi.
Tadbirkorlikning shakllanishi iqtisodiy va ijtimoiy sharoit bilan chambarchas bog’liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, haridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bi­lan belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o’zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga


Yüklə 72,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin