1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə1/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org


1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabiy tili haqida

1-mavzu
Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari.
O’zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichlari: qadimgi turkiy til.
Eski turkiy til va eski o’zbek adabiy tili.


Dars rejasi:
1.O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari.
2.O‘zbek adabiy tili haqida.
3.Qadimgi turkiy tilning o’ziga xos xususiyatlari.
4.Eski o’zbek adabiy tili davri haqida.


Tаyanch so‘zlаr vа birikmаlаr
Оltоy tillаr оilаsi, qаdimgi turkiy аdаbiy til, eski o‘zbеk аdаbiy tili, hоzirgi o‘zbеk аdаbiy tili, Nаvоiy -eski o‘zbеk аdаbiy tilining аsоschisi, lingvistik оmil, ekstrаlingvistik оmil, qаrluq-chigil-uyg‘ur lаhjаsi, qipchоq lаhjаsi, o‘g‘uz lаhjаsi, аdаbiy til tushunchаsi.
O‘zbek tili dunyodagi qadimiy ildizga ega bo‘lgan tillardandir. U qadimgi oltoy tillar oilasining turkiy guruhiga kiradi. Oltoy tillar oilasi birgina turkiy tillar guruhidan iborat bo‘lmay, hozirgi yapon, koreys, manjur, to‘ngus, mo‘g‘ul tillarini ham o‘z ichiga oladi. Turkiy tillar guruhi esa 24 ta milliy tilni o‘z tarkibiga oladi.

Yagona umumxalq tilining taraqqiyot bosqichlari va turli yozuv tizimlari bilan adabiy tilning mustahkam aloqasini nazarda tutib, hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarixiy taraqqiyotini uch asosiy davrga bo‘lish mumkin: 1) qadimgi turkiy til (bu davr o‘z navbatida eng qadimgi turkiy til 6-asrgacha va qadimgi turkiy til 6-10 asrlardan iborat ikki bosqichga bo‘linadi); 2) eski o‘zbek tili; 3) hozirgi o‘zbek tili.


1. Qadimgi turkiy til eramizning V-XIII asrigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Markaziy Osiyo, Sharqiy Turkiston va Sibir hudud-larida topilgan yozma yodgorliklar turkiy xalqlarning qadimdanoq o‘z madaniyati va adabiy tiliga ega bo‘lganligidan guvohlik beradi. Bu adabiy til o‘zbek xalqi hamda hozirgi turkiy millatlarning qadimgi umumiy adabiy tili bo‘lib, tilshunoslikda u "umumturkiy adabiy til" nomi bilan ham yuritiladi. Qadimgi turkiy adabiy tilning eng nodir namunalari "O‘rxun-Enasoy", "Uyg‘ur" bitiklari orqali, shuningdek, turkiy xalqlarning ilk yozma dostoni hisoblangan Yusuf Xos Xojibning "Qutadg‘u bilig" va Ahmad Yugnakiyning "Hibat-ul haqoyiq" asari hamda qiyosiy-tarixiy tilshunoslik asoschilaridan biri bo‘lgan Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk" asari orqali bizgacha yetib kel-gan. Mazkur davr adabiy tiliga xos ayrim ma’lumotlarni turkiy xalqlar o‘rtasida qadimdanoq mashhur bo‘lgan "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li" singari umumturkiy asosli dostonlarda ham uchratish mumkin.
Qadimgi yozma manbalar tahlili umumturkiy adabiy til negizida turkiy milliy tillarning shakllanganini tasdiqlasa ham, ularning hozirgi turkiy tillarning birortasiga to‘la mos kelmasligini, aksincha, bu tillarning deyarli har biriga xos til unsurlari mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bois bu tilni bobo til sifatida e’tirof etish mumkin. Qadimgi yozma manbalar, yuqoridagilardan tashqari, XI asrga kelib millatlarga ajrala boshlagan turkiy xalqlarning qadimdanoq o‘ziga xos umumiy madaniyati, san’ati, adabiyoti, yozuvi va adabiy tiliga ega bo‘lganini dalillaydi. Shuningdek, bu manbalar XIV asrga kelib turkiy milliy tillar shakllanib bo‘lgach, qadimgi turkiy adabiy tilning "o‘lik" tillar qatoridan o‘rin olganini ham ko‘rsatadi. Shunday qilib, XI - XIII asrlarda ko‘pgina hozirgi turkiy tillar qatorida o‘zbek tili ham o‘zining milliy qiyofasiga ega bo‘ladi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin