1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə3/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

O‘zbek tilining asos lahjalari. O‘zbek milliy tili ko‘p lahjali tillardan hisoblanadi. Bu hol uning murakkab rivojlanish sharoiti va etnik jihatdan xilma-xilligi bilan izohlanadi. Jumladan, uning dialektal asosini 1) qarluq; 2) qipchoq; 3) o‘g‘uz lahjalari tashkil etadi. Bu lahjalarning har biri ko‘plab shevalar birligidan tashkil topadi. Boshqacha aytganda, bir–biriga yaqin bo‘lgan shevalar yig‘indisi lahja yoki dialekt deyiladi. Lahja yoki shevalar adabiy tilning muhim ichki manbai bo‘lsa ham, ular faqat og‘zaki shaklga egaligi hamda fonetik, leksik va grammatik jihatdan o‘ziga xosligi bilan adabiy tildan farqlanadi. Chunki shevalar ma’lum bir hududda istiqomat qiluvchi kishilarning o‘zaro og‘zaki nutqiy aloqasini ta’minlovchi vositadir. Shu bois ularning ishlatilish doirasi adabiy tilga nisbatan cheklangan bo‘ladi. Bu cheklanganlik lahjalarning quyidagi kabi o‘ziga xos fonetik morfologik va leksik belgilarining hududiy chegaralanishi misolida ham ko‘zga tashlanadi:
1.Qarluq lahjasi, asosan, markaziy shahar (Farg‘ona, Toshkent, Andijon, Namangan kabi viloyat va shaharlar) shevalari birligidan tashkil topgan bo‘lib, adabiy tildan quyidagicha farqlanuvchi belgilarga ega:
1) fonetik jihatdan farqlanadi: a) so‘z oxiridagi k undoshi y tarzda talaffuz qilinadi: bilak-bilay, terak-teray, kerak-keray; b) adabiy tildagi a unlisi o tarzida talaffuz qilinadi: aka-oka, katta-kotta, bahodir-bohodir;
2) leksik jihatdan farqlanadi: qalampir-garmdori, narvon-shoti, hech-jilla, hovli-eshik;
3) morfologik jihatdan farqlanadi: a) hozirgi zamon davom fe’li –yap o‘rnida –vot\-ut qo‘shimchalari ishlatiladi: kelayapti-kelvotti, borayati-borutti; b) qaratqich kelishigi –ning o‘rnida tushum kelishigi qo‘shim-chasi –ni|-pi|-ri|-zi kabi shakllarda ishlatiladi: daraxtlarning|daraxtlarni bargi, bizning | bizzi maktab, bahorning | bohorri havosi, gapning\ gappi
tahlili; .
Qipchoq lahjasi, asosan, o‘zbekistonning Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarining qishloq shevalari birligidan iborat bo‘lib, o‘zbek adabiy tilidan quyidagicha belgilariga ko‘ra farqlanadi:
1) fonetik jihatdan: a) ba’zi shevalarda y undoshi o‘rnida j tovushi ishlatiladi: yo‘l-jo‘l, yomg‘ir-jovmir; b) so‘z oxiridagi g‘ undoshi v tovushi bilan almashtiriladi: tog‘-tov, sog‘-sov, og‘moq-ovmoq; v) so‘z oxirida q, k undoshlari tushiriladi: sariq-sari, kichik-kichchi.
2) leksik jihatdan: mushuk-pishak, do‘ppi-qalpoq, ishkom-voyish.
3) morfologik jihatdan: a) hozirgi zamon davom fe’li –yap||yotir o‘rnida –jatir||votir qo‘shimchasi ishlatiladi: borayapti, borayotir-barajatir, yozayapti-jazavotir; b) tushum kelishigi –ni o‘rnida –di/-ti ishlatiladi: uyni, kitopni-uydi, kitapti .

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin