Tovushorttirilishi: 1. U, bu, shu, o’shaolmoshlariga -da, -dan, -day, -dagi, -chaqo’shimchalariqo’shilgandantovushiqo’shibaytiladivashundayyoziladi: unda, bunday, shunda, o’shanchakabi; buolmoshlargaegalikqo’shimchalariquyidagichaqo’shiladi: buningiz, o’shanisikabi;
2. O, o’, u, eunlilaribilantugaydiganso’zlargaegalikqo’shimchalariquyidagichaqo’shiladi:
Parvo, obro’, mavqe, mavzu, avzo, xudoso’zlarigaI, IIshaxsegalikqo’shimchalariqo’shilgandabirytovushiqo’shibaytiladivashundayyoziladi: parvoyim, parvoying; parvoyimiz, parvoyingiz; obro’yim, obro’ying; obro’yimiz, obro’yingizkabi; IIIshaxsegalikqo’shimchasiparvo, avzo, obro’, mavqeso’zlariga -yishaklida, xudo, mavzuso’zlarigaesa -sishaklidaqo’shiladi: avzoyi, mavzusikabi
a)orzuso’zigaegalikqo’shimchasiqo’shilgandatalaffuzdatovushorttirrilishigaqaramay, yozuvdatovushorttirilishiqaydetilmaydi: orzum, orzung, orzusi, orzumiz, orzungiz, orzularikabi b) achchiq- achi+q- ch - ikkilantirilgan
Sassiq - sasi+ q- s - ikkilantirilgan
Qattiq - qot+ iq - t - ikkilantirilgan
Issiq - isi + q - s - ikkilantirilgan
Eslatma:tovush o’zgarishlarining asosiylariga tovush orttirilishi kirmaydi.
Q , g’ undoshi bilan tugagan so’zlarda qo’shimchalarning qo’shilishi va ularning imlosi tog’ tog’ga
bog’ +ga= bog’ga
qishloq qishloqqa
terak terakka
Q undoshi bilan tugagan o’zakka jo’nalish kelishigi qo’shimchasi (-ga) qo’shilganda, bu qo’shimcha -qa tarzida aytiladi va shunday yoziladi. Masalan, qaymoqqa, toshloqqa kabi.
Xuddi shunday o’zaklarga egalik qo’shimchasi qo’shilganda o’zak oxiridagi q undoshi g’ ga aylanadi va shunday yoziladi: bulog’i, qishlog’i kabi.
G’ undoshi bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shimchasi (-ga) qo’shilganda o’zak va qo’shimcha qanday aytilishidan qat’iy nazar o’zgarmaydi: bug’ga, bog’ga kabi.
Tovush o’zgarishlari bo’yicha ayrim izohlar 1.Yarmisi- yarim+i+si- bu so’zda i tovushi tushib qoldi.
2.Sanog’imga- son+a+q+im+ga- bu so’zda o tovushi a ga (son-sana), a tovushi o ga (sana-sanoq), q tovushi g’ ga (sanoq-sanog’im) almashadi, ya’ni 3 ta tovush almashinishi hodisasi yuz beradi.
3.Qayrog’ing - qayra+q+ing - bu so’zda a tovushi o ga (qayra- qayroq), q tovushi g’ ga ( qayroq- qayrog’ing) almashgan, ya’ni 2 ta tovush almashinishi yuz bergan.
4. Atalgan- ot+a+l+gan - bu so’zda o tovushi a ga (ot-ata) almashgan.
5. Yashovchan- yosh+a+v+chan - bu so’zda o tovushi a ga ( yosh-yasha), a tovushi o ga ( yasha- yashov) almashgan, ya’ni 2 ta tovush almashinishi yuz bergan.
6. Bo’yog’im - bo’ya+q+im - bu so’zda a tovushi o ga (bo’ya-bo’yoq), q tovushi g’ga ( bo’yoq- bo’yog’im) almashgan, ya’ni 2 ta tovush almashinishi hodisasi yuz bergan.