1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə68/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

So’z yasalish usullari
So’z yasashga asos qismning qanday xususiyatga ega ekanligiga ko’ra so’z yasalishining bir necha usullari bor: 1) yasashga asos qismga qo’shimchalar qo’shishi orqali (affiksatsiya); 2) so’zlarni qo’shish orqali (kompozitsiya). Masalan, ishla so’zi ish qismiga (yasashga asos) -la qo’shimchasini qo’shish yo’li bilan hosil bo’lgan . qo’shma korxona, ishlab chiqarish singari so’zlar esa ikki so’zni bir-biriga qo’shish asosida hosil qilingan.
Hozirgi o’zbek tilida so’z yasashning mahsuldor usuli qo’shimchalar qo’shish yo’li bilan so’z yasash - affiksatsiyadir. Bu usul tilda mavjud bo’lgan muayyan so’z yasash qoliplari asosida yuzaga chiqadi. Shuning uchun ham so’zlovchi xotirasida so’z yasashning qoliplari mavjud bo’ladi. Masalan, ot+chi “shaxs oti yasovchi” (ishchi, temirchi, suvchi); ot+li “belgining mavjudligi yoki ortiqligi” (suvli, mevali) va boshq. Ana shu so’z yasash qoliplari asosida turli-tuman yasama so’zlar hosil qilinadi.
So’zlovchi xotirasida, so’z yasash qoliplari va ularning ma’nolari haqida ko’nikmaning mavjud bo’lishi har qanday yangi yasalmaning oson tushunilishiga imkon beradi.
So’z yasash qoliplari va ularning ma’nolari bir xil yasovchi qo’shimchali so’zlarni ma’lum uyalarga birlashtirish asosida aniqlanadi. Masalan:
Traktorchi yig’la binokor
Kombaynchi sizla g’allakor
Suvchi qo’lla paxtakor
Ekskavatorchi oqla o’ymakor
Tikuvchi ishla sholikor
Yasama so’z qoliplari
Affiksatsiya usuli - morfologik usul, qo’shimcha qo’shish usuli bilan yasama so’z hosil qilinadi:
Asos + so’z yasovchi: ish+la;
Asos + so’z yasovchi+so’z yasovchi: bil+im+don;
Asos+so’z yasovchi+ so’z yasovchi + so’z yasovchi: bil+im+don+lik.
Asos + so’z yasovchi +sintaktik shakl hosil qiluvchi: bil+im+ni;
Asos + so’z yasovchi +lug’aviy shakl +sintaktik shakl: bil+im+lar+ni;
Asos + so’z yasovchi+ lug’aviy shakl +sintaktik shakl +sintaktik shakl: bil+im+lar+im+ni;
Asos + lug’aviy shakl + so’z yasovchi +sintaktik shakl hosil qiluvchi: isi+t+kich+ni; o’ch+ir+g’ich+ni.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin