1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


So`zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turlari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə84/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

So`zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turlari.
Tildagi so`zlar shakl va ma’no xususiyatlariga ko`ra quyidagi guruhlarga bo`linadi: omonim (shakldosh), sinonim (ma’nodosh), antonim (zid ma’noli), paronim (talaffuzdosh), uyadosh so’zlar.
Omonim so`zlar. Shakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma’nosi har xil so`zlar omonimlar deyiladi. Omonim so`zi grekcha «bir xil» degan ma’noni ifodalaydi. Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot - ism; og`iz - insonning tana a’zosi, og`iz - yangi tuqqan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang - to`zon, gard, g`ubor, chang – to`rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo`sh cho`p bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq - insonning tana a’zosi, ot, qovoq - poliz ekini, ot.
Omonim so`zlar bir so’z turkumiga hamda turli so’z turkumiga (yuz – insonning tana a’zosi, ot; yuz - miqdor bildiruvchi son) oid bo`lishi mumkin.
Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug`aviy omonimlar; 2) grammatik omonimlar. Lug`aviy omonimlar:
1) so`zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo`ladi.
1.Omonimlik hodisasi so`z bilan so`z doirasida bo`lsa, leksik omonim deyiladi. Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo`ladigan kukun. U oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe’l) - zavq shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu qadar shod: Yuzi kuladi, ko`zlari yonadi? (H.G`ulom)
2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo`lsa, frazeologik omonim deyiladi. Masalan: bosh ko`tarmoq - qarshi qo`zg`olon ko`tarmoq, bosh ko`tarmoq - tuzalmoq, sog`aya boshlamoq.
Grammatik omonimlar qo`shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. Shakli bir xil, ma’nosi har xil qo`shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im qo`shimchasi bilim – fe’ldan ot yasovchi qo`shimcha. Kitobim – I shaxs, birlik, egalik qo`shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo`shimcha, -ki (kechki) – sifat yasovchi qo`shimcha.
Ba’zi omonim so`zlar qo`shimchalar olganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladi. Masalan, ter+im, ter+im. Birinchi so`z –ter ot turkumiga oid so`z bo`lib,
I shaxs, birlik egalik qo`shimchasini olgan, ikkinchisi fe’l turkumiga oid so`z ot yasovchi –im qo`shimchasini olgan. Agar shakldoshlik bir so’z turkumi doirasida bo’lsa, grammatik shakllar qo’shilganda ham omonimlik munosabati saqlanaveradi. Omonimlar badiiy adabiyotda tuyuq janrida, og`zaki so`zlashuv nutqida so`z o`yinlari, askiyalarda qo`llanadi.
Omonimlar ko`p ma’noli so`zlar ma’nosidagi bog`lanishning yo`qolishi, so`zlardagi fonetik o`zgarishlar va boshqa tildan so`z o`zlashishi jarayonida yuzaga keladi. Masalan: 1) bog` (mevazor) tojik tilidan kirgan, bog` (bog`ich) o`zbekcha so`z; 2) dam – nafas (o`z ma’nosi), dam - bosqon (ko`chma ma’no), dam - xordiq (ko`chma ma’no). 2-misolda polisemiya hodisasi yo`qolib, omonimiya hodisasi yuzaga keldi.
Quyida bir qator omonim so’zlar lug’atini keltiramiz.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin