1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Ortiqcha ( parazit) va noadabiy so’zlar



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə81/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Ortiqcha ( parazit) va noadabiy so’zlar
Lug’atimiz manbalaridan yana biri jonli uchraydigan, lekin matnda qo’llanmay, ayrim shaxslarning xulq-atvorini, tabiatini ko’rsatib turadigan so’zlar, iboralardirki, ularni zarur o’rindagina ishlatish ma’qul: innaykeyin, ho’p bo’lmasa, haligi, shu desangiz, deylik, endi, xo’sh.
Bu ifodalar ayrim obrazlarni ta’riflash uchun adabiy asarlarda ham qo’llanadi: Kechirasiz, o’rtoq rais! Boshqa vaqtda zvonit qiling.
Momoy, boboy, mamulya, bratishka, gardkam, zamri, atanta, errayim, xumpar, takasaltang, neudachnik. To yes, znachit, dalagay, mersi, danke kabi “shaxsiy” ijod so’zlari, o’rinsiz og’izga olinadigan iboralar, argolar, jargonlar, varvarizmlarni qo’llash noto’g’ri bo’ladi.
Tasviriy ifoda (Parafraza)
Biror narsa va hodisani boshqa bir narsa va hodisaga o’xshatish orqali tasvirlab ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar uslubiy vosita sifatida nutqqa ko’tarinkilik, obrazlilik baxsh etadi, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqib lug’at tarkibini boyitadi. Nutq jarayonida takrorlardan, qaytariqlarda qochish imkonini beradi. Tasviriy ifodalarning hosil bo’lishida so’z ma’nosining ko’chish yo’llari - metafora, metonimiya, sinekdoxaning ahamiyati katta: oq oltin- paxta (metafora usulida), o’zbek romanchiligi maktabining asoschisi- Abdulla Qodiriy (metonimiya usulida), charm qo’lqop ustasi -bokschi (sinekdoxa usulida) kabilarda muayyan narsa-predmetga xos belgining nomi boshqa narsa-predmetdagi belgiga nom sifatida ko’chgan.
Tasviriy ifodalar narsa va hodisalarning ikkinchi nomi hisoblanadi.
Masalan: o’rmon podshosi-she’r.
Quyida tasviriy ifodalar lug’atini keltiramiz:
Paxta - oq oltin
Fazogirlar - samo lochinlari
Makkajo’xori - dala malikasi
Yetimlar - davlat bolalari
Mexanizatorlar - zangori kema kapitanlari
Pillakorlar - zarshunoslar
Ziyolilar - ilmli kishilar
Kino yulduzlar - mashhur kino aktyorlar
Rassom - mo’yqalam sohibi
Sut sog’uvchilar - oq chashma sohibalari
Insonning 63 yoshi - payg’ambar yoshi
Tilshunoslar - til muhandislari
Mashhur bokschi - charm qo’lqop ustasi
President – yurtboshi
Shaxmat, matematika - aql gimnastikasi
Chigit - baraka urug’i
Neft, ko’mir - qora oltin
Archa - o’rmon malikasi
Gaz - zangori olov
Qor - kumush choyshab
Televizor - zangori ekran yoki oynayi jahon
Shifokorlar - salomatlik posbonlari
A.Navoiy - g’azal mulkining sultoni
Konstitutsiya - hayotimiz qomusi
Cho’ponlar - yaylov bahodirlari
Bug’doy - oltin boshoq
Traktor - po’lat ot
Bunker - po’lat etak
Qushlar - qanotli do’stlar
Pilla - kumush tola
SPID, Narkomaniya - asr vabosi

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin