1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə79/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

O’zbek tili leksikasining boyish
m anbalari

Ichki manba






T ashqi manba






Shevalardan


So’z olish


S o’z yasash






Boshqa tildan so’z

olish



Morfologik usul





Arab tilidan


Fors-tojik tilidan


Rus tilidan


Boshqa tillardan





Sintaktik usul









Quyidagi so’zlarni yodda tuting.
1. Tojik tilida2. O’zbek tilida
Chorpoya so’ri
Olov o’t
Chopon to’n
Kissa cho’ntak
Dasta sop
Buqa novvos
Jilt muqova
Oftob quyosh
Osmon ko’k
Tojik tilidan so’z o’tish natijasida qo’shma va juft so’zlar ham paydo bo’lgan.
Bosh (pana), qon (xo’r), qo’sh (nay), shirin (so’z), yalang (bosh), qahr-g’azab, to’y-tomosha, sog’-salomat, achchiq-chuchuk.
Topshiriq:
1. Quyida berilgan o’zlashma so’zlarning qaysi tilga oid ekanligini topib, jadvalga joylashtiring. (arabcha, forscha, ruscha)
Saodat, taxt, mashina, a’lo, she’r, karaxt, badjahl, shoir, maorif, xo’roz, gazeta, baxt, ruchka, sehr, stol, bioximiya, dazmol, ruxsat, ro’za, qoida, sur’at, obyekt, donishmand, parta, paravoz, muomala.


16-mavzu: Qo`llanish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan so`zlar. Nomshunoslik (onomastika). Antonimlar, paronimlar, omonimlar, sinonimlar, uyadosh so`zlar


Qo’llanish doirasi chegaralangan va chegaralanmagan so’zlar
So’zlar qo’llanilish doirasiga ko’ra chegaralangan va chegaralanmagan so’zlarga bo’linadi.
Umumxalq tilida keng qo’llaniladigan va shu tilda so’zlashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lgan so’zlarga qo’llanish doirasi chegaralanmagan so’zlar deyiladi. Ular neytral leksika atamasi bilan ham yuritiladi. Masalan, non, un, qalam, daftar, qor, bulut…
Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo’llanilib, umumxalq tiliga xos bo’lmagan so’zlar chegaralangan so’zlar sanaladi.
Bunday so’zlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1. Hududiy chegaralangan so’zlar (dialektizmlar).
2. Sotsial chegaralangan so’zlar.
Faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo’llanilib boshqa hududda yashovchi o’zbek tili vakillari uchun xos bo’lmagan so’zlar hududiy chegaralangan (shevaga xos) so’zlar yoki dialektizmlar deyiladi. Masalan, eshik “hovli”, “uy” (Andijon), shoti “narvon” (Andijon, Farg’ona, Namangan), takya “do’ppi” (Xorazm) va boshqalar.
Bir tilning faqat ma’lum hududiga xos bo’lib, boshqa joylarda o’zgacha nom bilan yuritiladigan so’zlar shevaga xosso’zlar sanaladi. Bu so’zlardan bittasi umumxalq tili bo’lgan adabiy til uchun qabul qilinadi va ana shu so’z adabiy til uchun me’yor sanaladi. Masalan, do’ppi so’zi adabiy me’yor, kallapo’sh, qalpoq, takya so’zlari esa shevaga xos so’zlardir.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin