1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Old qo’shimchalar va ularning xususiyatlari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə59/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Old qo’shimchalar va ularning xususiyatlari
O’zbek tili asrlar davomida arab, fors-tojik, rus tillari bilan o’zaro aloqada yashab keldi. Buning natijasida tilimizda o’sha tillarga xos bo’lgan yasalmalar va so’z yasalish qolipi ham o’zlashdi. Shulardan biri old qo’shimchali so’zlar va old qo’shimchalar sanaladi. Bular quyidagilar:
ba- :batafsil, badavlat, bahaybat;
be- :bexavotir, beg’ubor, befarosat;
no-: noumid, noqulay, norozi
ser-: serzavq, sergap, serhosil
Shuningdek, kam qo’llaniluvchi badfe’l, badjahl, badnafs, xushxabar, xushro’y, xushvaqt , hamfikr, hamshahar, hamsuhbat singari so’z yasalish holatlari ham mavjud.
-ba, ser- qo’shimchalari, asosan, otga qo’shilib, asosdan anglashilgan belgi-xususiyatning me’yordan ortiq ko’p ekanligini bildirsa, be-, no- qo’shimchalari xuddi shi narsalarga ega emaslikni anglatadi. Solishtiring: baquvvat, serma’no, behayo, noo’rin. Mazkur qo’shimchalar -li, -siz, -dor qo’shimchalari bilan sinonimik munosabatda bo’la oladi. Masalan, badavlat-davlatli, beqiyos-qiyossiz, noo’rin-o’rinsiz, sertashvish-tashvishli.
Mashq. Gaplarni o’qing. Old qo’shimchalarni aniqlang.
Serjahl va serzarda bo’lmang, odamlar e’tiboridan qolasiz. Noo’rin aytilgan so’z boshga kulfat keltiradi. Baquvvat va kuchli farzandlari bor xalqni hech kim yengolmaydi. Serquyosh o’lkamizning har bir qarich yeri biz uchun muqaddas. Nomard do’st dushmandan yomon.
11-mavzu: Qo’shimchalarda shakldoshlik va ma’nodoshlik
Shakldoshlik nafaqat leksemalarga, balki qo’shimchalarga ham xos xususiyat hisoblanadi. Qo’shimchalarning ayrimlari ifodalanishiga ko’ra aynan bir-biriga o’xshasa-da, mazmun-mohiyati bilan keskin farqlanadi. Masalan, -in qo’shimchasi:

a) ot b) sifat d) ravish e) fe’lning nisbat shaklini


yasovchi yasovchi yasovchi yasovchi
tiqin to’lin ostin-ustin artin
yig’in erkin birin-ketin ko’rin
chaqin yashirin qishin-yozin yuvin
Bunday qo’shimchalar o’zbek tilida ko’plab uchraydi: -ma, -chi,-dor, -ch, -ish, -ar, -ik, -qin, -choq, -ay, -siz kabi.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin