1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari


Topshiriq: 1. Shevaga xos so’zlarni belgilab, ularga izoh bering



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə80/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Topshiriq:
1. Shevaga xos so’zlarni belgilab, ularga izoh bering.
Toshkentda -dovuchcha, Farg’onada g’o’ra; adabiy tilda -chumoli, Samarqand, Buxoroda - mo’rcha, Xorazmda -qarindja; adabiy tilda -tuxum, qipchoq shevalarida -mayak, Xorazmda - yumirta.
2. Shevaga xos so’zlarni aniqlab, ularni adabiy tildagi shakliga solishtiring.
1.Uchakka chiquvdim ayni go’rmakka, Ayning bahanasinda yorni go’rmakka. 2. Inakni o’tlatgani dalaga olib ketdi. 3. Bolalar daraxtga shoti qo’yib, qushlar uchun in o’rnatdilar.
Xorazmda: uchak- tom, ay-oy, go’rmak- ko’rmoq; Buxoroda: inak- sigir; Farg’ona vodiysida: shoti -narvon.
3. She’rlarni o’qing, shevaga xos so’zlarni aniqlang, ularga izoh bering. O’zingiz ham shunday so’zlarga misollar toping.
1. Buxoroda inak derlar, Bibijonlar nabirasin
Qipchoq elda uydir oti. Atrofida ovoradir.
Doim suyub go’shtin yerlar, Bola uchun bebaho taxt-
Sut beradi har bir zoti. Milliy buyum gavoradir.
Xashak ushlab unga choping, Bola yig’lar, qani, choping,
Nimadir u qani, toping. Bu nimadir, tezda toping.
2. Andijonlik “shoti” desa, Hopitamiz, chop-chop,- deydi.
Toshkentliklar “narvon”, deydi. Xorazmlik kulib: -Qurg’ur,
Xonim yoki o’ramani, Kanal emas, bu -yop, -deydi
Yana kimdir “huvnon”, deydi. Bolalarim, qani, o’ylang,
Qo’qonliklar: -Kanalga yur, Qaysi biri to’g’ri? So’ylang.
Sheva va lahjalar.
Har bir qishloq, shahar va viloyat aholisi tilida umumxalq tili bilan barobar shu joyga xos so’zlar, iboralar qo’llanadi. Bu xususiyatlarni tilshunoslik fanining shevashunoslik bo’limi o’rganadi. O’zbek shevalarini o’rganishda G’ozi Olim Yunusov, D. Polivanov, V.V.Reshetov, Sh. Shoabdurahmonov, M.Mirzaev, A.Aliyev, F.Abdullayev va boshqa olimlarning xizmatlari katta bo’ldi.
O’zbek shevashunoslik fanining ma’lumotlariga ko’ra, o’zbek sheva va lahjalari 3 guruhga bo’linadi:
1. Janubi-sharqiy guruh: qarluq-chigil-uyg’ur shevalari. Bunga ko’pchilik shahar shevalari kiradi.
2. Janubi-g’arbiy guruh: o’g’uz shevalari- Xorazm, Qozog’iston, Turkmanistondagi o’zbek shevalari.
3. Shimoli- g’arbiy guruh: bular qipchoq shevalari nomi bilan yuritiladi. Bu shevalarda y tovushi j ga o’tadi: yo’l, yo’q kabi so’zlar jo’l, jo’q tarzida aytiladi.
Har bir sheva yana bir necha lahjalarga bo’linadi. Masalan, shahar shevalari (Toshkent, Namangan, Qo’qon, Farg’ona) umumiy tomonlarga ega bo’lsa ham, ayrim so’zlarda (tancha, turshak-Toshkent) va ba’zi qo’shimchalarda, unlilar talaffuzida (kevotti, kelutti, kelyapti; Sho’kat, Do’vlat, ating nima? Kitobdi o’qidingizmi?) farqlanib turadi. Shevadagi u yoki bu so’z umumxalq lug’atiga kirib, adabiy tildagi so’zga sinonim bo’la oladi: dovuchcha-g’o’ra, eshik-uy ma’nosida, uy-hovli, tancha-sandal va b.
Ammo kelutti, alma, apa, ong’lar, biza, mayliya, nondi, devotsiz kabi talaffuz adabiy til me’yorlariga to’g’ri kelmaydi. Ular faqat biror asar qahramonlari (biror shevaga mansub shaxslar) nutqida uchrashi mumkin: Ikkalasi bamisoli yalakat mag’iz. Adashmasam, ocharni boshqa hech joyda qilishmaydi.
Ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so’zlarga sotsial chegaralangan so’zlar deyiladi Masalan, “otarchi”lar doirasida qo’llaniladigan so’zlar: yakan “pul”, danap “qiz bola”; temir yo’l kuzatuvchilari doirasida qo’llaniladigan so’zlar: qaychi “taftishchi”, kolxoz “chiptasiz yo’lovchi”.
Bunday so’zlar argolar deb yuritiladi.
Shuningdek, ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladigan leksemalar ham uchrab turadi, bular jargonlar deyiladi. Masalan, olampanoh, volidai muhtarama, padari buzrukvor, manzirat qilmoq va hokazo.



Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin