1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə82/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Eskirgan so’zlar
Tilimizda ma’lum davrda qo’llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so’zlarga eskirgan so’zlar deyiladi. Masalan, eski o’zbek tiliga xos cherik (askar), o’kush (ko’p), talim (bir qancha) singari so’zlar bugungi kunda qo’llanilmaydi.
So’zlarning eskirishi ikki xil yo’l bilan amalga oshadi.
1. So’z o’zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so’zlarga tarixiy so’zlar deyiladi.
2. So’z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so’z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so’zlar deyiladi.
Mashq. Gaplarni o’qing, eskirgan so’zlarni topib, ma’nosini tushuntiring.
1. Ulug’bek usturlob va undan foydalanish haqidagi so’zlarni tugatgach, zij tuzmoq hunaridan so’zlay boshladi.
2. Yana bir istagim shuki, falakiyot, riyoziyot, handasa, tibbiyot, jug’rofiya, adabiyot ilmidan xabar topsagina alloma deb tan olinsa.
Quyida ba’zi eskirgan va tushunilishi qiyin so’zlar lug’atini keltiramiz
Chingilin - kelishgan
Bod -shamol
Ajuva - xunuk, ko’rimsiz
Ibtido - boshlanishi
Injimoq - ranjimoq
Dilovar - qo’rqmas, botir
Mas’ud - baxtiyor
Ochun, ofoq - dunyo
Osig’ - foyda
Amr - farmon
Kalom -so’z
Istiloh - termin, atama
Mufassal - to’liq, batafsil
Muxtasar - qisqa, lo’nda
Fardlik - yolg’izlikka intilish
Bexirad - beaql, nodon
Munis - hamdam, sirdosh
Izm - ixtiyor
Sobit - qat’iy
Bois - bahona, vaj, sabab
Tal’at - chehra
Ganj - xazina, boylik
Ma’tal - muntazir bo’lmoq, kutib qolmoq
Dom - tuzoq
Nash’a - huzur
Nasim - shaboda
Ko’lanka - soya
Nekqadam - yaxshi qadam
Nashida - qo’shiq
Beadad - bisyor, mo’l
Adil -tik
Lojuvard - tiniq, ko’k
Za’faron - sap-sariq
Arg’uvon - qip-qizil
Ranj - ozor, alam; mehnat
Fan -rasm, odat
Intiho - tugashi
Olqor - yovvoyi tog’ echkisi
Ayg’ir - erkak ot
G’o’nan - 2 yasharli ot
Novvos - erkak buqa
Intiboh - ogohlik, ogohlantirish
Puchmoq - ovloq, burchak
Zarofat - hozirjavoblik
Sarafroz - mag’rur, yuksak
Shuur - idrok
Buromad - chiqim, sarf
Xilqat - yaratilish, bunyodga kelish
Ibtilo - mubtalo bo’lish
Nor - erkak tuya, badandagi qishg’ish dog’
Biya - urg’ochi tuya
Armug’on - sovg’a
Juz’iy - qisman
Ushshoq - musiqa yo’li
Munavvar - nurli, yorug’
Xiradmand - dono, aqlli
Ustixon - suyak
Mo’jiza - yangilik
Arjumand - aziz, qadrli
Diyonat - vijdon
Loppos - to’ladan kelgan
Tamaddun - madaniyat
Og’on nuri - olloh nuri
Ne tong - ne ajab
Musallah - qurollangan
Bot -yana, tez
Muqimiy - doim bir yerda turuvchi
Olud - qorishgan
Tomug’dan - do’zaxdan
Tuyg’un - sezgir
Andalib - bulbul
Ifor -hid
Besubut - va’dasida turmaydigan
Diyda - ko’z
Maygun - qizil
Dovot - siyohdon
Falakiyot - osmon ilmi, astronomiya
Handasa - geometriya
Masih - jon bag’ishlovchi, tiriltiruvchi
Riyoziyot - matematika
“Ushshoq” - kuy nomi
Veterinary - hayvonlar doktori
Xonumon - uy-joy, uy jihozlari
Zij tuzmoq - yulduzlar jadvalini tuzmoq
Chin - Xitoyning eski nomi
Bitik - kitob
Fasohat - chiroyli va yoqimli so’zlash
Fikh - islom huquqshunosligi
Yovuq -yaqin
Yog’iy - g’anim, dushman
Dubulga’ - tig’ yoki o’qdan saqlanish uchun temir yoki po’latdan ishlangan bosh kiyimi
Firqa - partiya
Qadoq - og’irlik o’lchovi
Pud - og’irlik o’lchovi
Donnish - bilim, ma’lumot
Zig’a - bosh kiyimga taqiladigan ukpar va qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan ziynat buyumi
Kulliyot - biror narsaning yig’indisi, to’plam
Magoq - o’rnak, namuna, mash’al
Saltanat - biron bir hukmdor qo’l ostidagi mamlakat
Sardoba - usti gumbaz shaklidagi g’isht qurilma bilan berkitilgan sun’iy hovuz
Sarbon - 1. Karvonboshi, karvon 2. Yo’lboshchi, rahnamo
Zavja - rafiqa, qayliq
Chilvir - ingichka pishiq arqon, arg’amchi
Paykon - kamon uchidagi metall, bashoq
Xiromon - chiroyli yurish
Dushvor - qiyin
Boshidin evrulur - aylanmoq
Na’l - tobut
Aylandur - aylantir
Lak -yuz ming
Tuman - o’n ming

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin