1-mavzu Kirish. Milliy til va adabiy til. Adabiy tilning ogzaki va yozma shakllari



Yüklə 435,79 Kb.
səhifə85/96
tarix14.10.2023
ölçüsü435,79 Kb.
#155314
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96
1. O‘zbek adabiy tili va uning tarixiy bosqichlari. O‘zbek adabi-fayllar.org

Shakldosh so’zlar:
1. Qayin I- erga xotinning, xotinga erning qarindoshi- ot;
Qayin II - terakka o’xshab tik o’sadigan po’sti oq shimol daraxti - ot.
2. G’oz I -o’rdakdan katta, bo’yni uzun suv qushi -ot;
G’oz II - issiqlik ajratish, kuch-quvvat berish darajasi - ot.
3. Shira I - mevaga shirinlik xususiyati beruvchi moddalar - ot;
Shira II - o’simlikka tushadigan parazit, hasharot, shakarak -ot.
4. Palla I - muayyan davr, vaqt - ot;
Palla II - tarozining tosh va tortiladigan narsa qo’yiladigan likop-ot.
5. Nota I - muzikashunoslik termini - ot;
Nota II - diplomatiya termini. Rasmiy diplomatik murojaatnoma -ot.
6. Nor I - bir o’rkachli erkak tuya - ot;
Nor II - eskirgan - ot;
Nor III- anor tusli xol -ot.
7. Elchilik I - (el+chilik) - xalqchilik, ko’pchilikka qarab ish tutish - ot;
Elchilik II - (elchi+lik) -elchi bo’lib xizmat qilish - ot.
8. Bel I - (asli “o’rta” ma’nosini anglatgan) - 1. Gavdaning ko’krak qafasi bilan bo’ksa orasidagi eng
xipcha qismi - ot;
2. Badanda qorinning aksi tomon; 3. O’rtalik, oraliq.
Bel II - kurakning kichik turi - ot;
9. Do’st I - (tojikcha) - do’stlik aloqasi bilan bog’langan kishi -ot;
Do’st II - zavq olayotganini bildirish uchun aytiladigan so’z - undov.
10. Chars I - betga chopar, qo’rs - sifat;
Chars II - - biror narsa yorilganda chiqadigan tovushni bildiradi - taqlidiy so’z.
11. Sug’ur I - yer ostiga in qurib, qishda uyquga yotuvchi, o’simlik bilan ovqatlanuvchi, o’zi
olmaxonga o’xshash kemiruvchi hayvon - ot;
Sug’ur II - mustahkam joylangan, tiqilgan uzun narsani tortib chiqarmoq - fe’l.
12. Hadis I - biror ishni ustalik bilan, epchil bajarish malakasi - ot;
Hadis II - payg’ambar hayotidan hikoya - ot.
13. Havo I - 1. Yer atmosferasini hosil etuvchi azot, kislorod kabi gazlar qotishmasi -ot; 2. Yer
kurrasini o’rab turuvchi fazo -ot;
Havo II - kibr, g’urur, kattalik -ot.
14. Bosim I - biror sathga, suyuqlikka, gazga bosish kuchi -ot;
Bosim II - ketma-ket, ust-ustiga uzluksiz - ravish.
15. Davlat I - mamlakatning mavjud tuzumini muhofaza qiluvchi siyosiy tashkilot, shunday
tashkilotga ega mamlakat - ot;
Davlat II - boylik, mol-mulk, dunyo -ot.
16.Yosh I - umrning yilma-yil hisobi -ot;
Yosh II - umrning vaqt hisobi nisbatan oz - sifat;
Yosh III - yig’laganda, hayajonlanganda, shamollaganda ko’zdan chiqadigan suyuqlik - ot.
17. Yuz I - boshning burun, og’iz joylashgan old tomoni, aft - ot;
Yuz II - o’nta o’nlikka teng miqdor - son;
Yuz III - so’zlash - fe’l.
18. Mol I - uy hayvoni, sigir -ot;
Mol II - narsa-buyum - ot.
19. Tut I - bargi ipak qurtiga ovqat bo’ladigan daraxt; shu daraxtning mevasi - ot;
Tut II - ushlamoq -fe’l.
20. Sana I - biror voqea sodir bo’lgan, alohida ta’kidlanadigan yil, oy, kun -ot;
Sana II - donalab hisoblamoq - fe’l.
21. Uch I - biror narsaning boshlanish yoki tugash qismi - ot;
Uch II - ikki bilan to’rt orasidagi butun son - son;
Uch III - 1. Havo bo’ylab harakatlanmoq; 2. Biror qirrasi cho’rt uzilib tushmoq; 3. Beixtiyor
berilmoq, laqillamoq.
22. O’ch I - alamini olish uchun qilinadigan xatti-harakat, qasos, intiqom -ot;
O’ch II - qo’lga kiritish uchun astoydil intiluvchi, to erishmaguncha qo’ymaydigan - sifat;
O’ch III - yonishdan to’xtamoq - fe’l.
23. Quloq I - 1. Eshitish organi -ot; 2. Tutqich ; 3. Katta ariqdan kichik ariqqa ochilgan yo’l;
Quloq II - kishi kuchidan foydalanib boylik orttiruvchi katta yer egasi; mushtumzo’r -ot.
24. Un I - donni tegirmonda tortib hosil qilinadigan kukun holatidagi mahsulot -ot;
Un II - ovoz -ot;
Un III - III-shaxs birlik kishilik olmoshining ba’zi affikslar qo’shiladigan asosi -olmosh;
Un IV - o’sib, yuzaga chiqmoq - fe’l.
25. Xoli I – yuzdagi qora dog’- ot
Xoli II- alohida olmoq-f’el
26. Oqibat I – mehr-oqibaqt- ot
Oqibat II- natijasi- ot
27. Rasta I - (tojikcha) - bir-biriga ulanib ketgan va bir xil mol bilan savdo qiladigan do’konlar
qatori -ot;
Rasta II - balog’atga yetish -ot.
28. Kadr I - kinoplyonka yoki fotoplyonkadagi ayrim surat -ot;
Kadr II - biror tashkilot yoki muassasaning uzoq muddat ishlab kelayotgan tajribali xodimi,
umuman, barcha xodimlari.
29. Mushak I - (tojikcha)- odam yoki hayvon tanasidagi qisqarish xususiyatiga ega to’qimalar -ot;
Mushak II - yonganda turli rang bilan yorug’lik sochib jilolanadigan buyum-ot;
Mushak III - bo’yi qisqa, uchi to’mtoq -sifat.
30. Soch I - boshda o’sadigan tuk tolalari -ot;
Soch II - mayna, chug’urchuq -ot;
Soch III - qismlarga bo’lib tashlamoq - fe’l.
31. Ol I - qo’li bilan tutmoq, o’z ixtiyoriga o’tkazmoq, o’ziniki qilmoq -fe’l;
Ol II - mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga: 1. “ Nutq qaratilgan shaxs manfaatini ko’zlash”
grammatik ma’nosini qo’shadi; 2. “qodirlik” Grammatik ma’nosini qo’shadi - ko’makchi fe’l.
Ol III – qizil - sifat
32. Qil I - soch, yol, dum tolasi -ot;
Qil II - amalga oshirmoq, bajarmoq, ro’yobga keltirmoq - fe’l;
Qil III - ot qo’shma fe’l yasalishida qatnashadi - yordamchi fe’l.
33. Shim I - gavdaning beldan past qismiga kiyiladigan ust kiyim -ot;
Shim II - suyuq holatdagi narsani o’ziga singdirmoq -fe’l.
34. Yara I - chiqiq, jarohat -ot;
Yara II - kerak bo’lib qolmoq, asqotmoq, kor kelmoq -fe’l.
  1. Yut I - yer muzlab, yem-xashak yo’qligidan uy hayvonlarining qirilib ketishi, shuning natijasida yuz beradigan ocharchilik - ot;


Yut II - bo’g’in muskullari ko’magida biror narsani og’iz bo’shlig’idan oshqozon tomonga


o’tkazmoq -fe’l;
Yut III - musobaqa, o’yin kabilarda ijobiy natijaga ega bo’lmoq, g’olib chiqmoq - fe’l.
  1. Oyoq I - jonli organizmning yurishga, tik turishga xizmat qiladigan organi - ot;


Oyoq II - kosa , qadah - ot.


37. Asar I - iz, ta’sir - ot;
Asar II - estetik, aqliy ijod mahsuli -ot.
38. Karam I - rahmdillik, mehr-shafqat, yaxshilik - ot;
Karam II - barglari o’ram bo’lib o’sadigan sabzavot -ot .
39. Bas I - yetar, kifoya - predikativ so’z;
Bas II - erkaklarda eng past tovush ot;
Bas III - bas bog’lashmoq - “o’zi haq ekanini da’vo qilmoq, haq ekanini isbotlashga intilmoq”
- ot.
40. Band I - bo’sh emas, nima bilandir mashg’ul - sifat;
Band II - 1. Tutqich; 2. Cho’p; 3. She’rning qofiya va mazmun jihatdan yaxlitlanib turuvchi
qismi -ot.
41. Bog’ I - biror narsaning to’dalab bog’langan holati -ot;
Bog’ II - uzum, mevali daraxt ko’p ekilgan yer uchastkasi -ot.
  1. Kurash I - 1. Kurash tushmoq - fe’l; 2. Kurash olib bormoq;


Kurash II - 1. Kuch sinashish sport musobaqasi -ot; 2. Bir-birini yengish, yo’q qilishga


qaratilgan aktiv harakat -ot.
43. Jar I - sel o’yib ketgan uzun chuqur yer -ot;
Jar II - farmonni yoki biror hodisani baland ovoz bilan e’lon qilish -ot.
44. Partiya I - biror sinfning siyosiy tashkilotga uyushgan ilg’or qismi -ot;
Partiya II - 1. Bir yo’la jo’natilgan yoki qabul qilib olingan tovarlar; 2. Tugal o’yin -ot.
45. Savdo I - oldi-sotdi - ot;
Savdo II - 1. Ehtiros, iztirob - ot; 2. Tashvish - ot.
46. Palata I - qonun chiqaruvchi davlat organining tarkibiy qismi - ot;
Palata II - shifoxonada kasallar yotadigan har bir xona - ot.
47. Ruh I - 1. Kayfiyat- ot; 2. Psixik holat; 3. Arvoh, jon- ot;
Ruh II - yumshoq, egiluvchan, oq-ko’kish tusli metall - ot.
48. Rux I - bet, yuz -ot;
Rux II - to’ra (shaxmat donasining nomi) - ot.
49. Sandal I - polda maxsus chuqurcha yasab, unga cho’g’ solib, to’g’ri to’rt burchakli kursi
qo’yib, ustiga ko’rpa yopilgan isinish qurilmasi - ot;
Sandal II - yuzi yo’q, taglikning o’zidan iborat, barmoqlarga tasmalar bilan ilinadigan oyoq
kiyimi - ot.
  1. Kuy I - cholg’u asbobida ijro etiladigan tarona, navo - ot;


Kuy II - o’t olmoq, olov ta’sirida ko’mir holatiga o’tmoq - fe’l.


  1. Oz I - kam, miqdori nisbatan ko’p bo’lmagan - ravish;


Oz II - oriqlamoq, etidan yo’qotmoq - fe’l;


Oz III - noxush bo’lmoq, kuchsizlanmoq, holsizlanmoq - fe’l;
Oz IV - adashmoq, to’g’ri yo’ldan chetga chiqmoq - fe’l.
  1. Dastalamoq I - ketmon, tesha, bolta kabilarga sop solmoq - fe’l;


Dastalamoq II - dasta-dasta qilmoq - fe’l.


  1. Tush I - uyquda ko’rinadigan narsalar - ot;


Tush II - peshin, to’potar payti - ot;


Tush III - teng (teng-tush) -sifat;
Tush IV - yuqoridan quyiga tomon harakatlanmoq - fe’l;
Tush V - mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga : 1. “harakatning nihoyasiga yetganligi,
tugallanganligi” grammatik ma’nosini qo’shadi; 2. “Qo’qqisdan, keskin sodir bo’lganlik”
grammatik ma’nosini qo’shadi; 3. “monandlik” grammatik ma’nosini qo’shadi.
  1. Bor I - mavjud - predikativ so’z;


Bor II - marta, karra, daf’a ;


Bor III - 1. Ma’lum maqsad bilan biror yerga yo’nalmoq - fe’l;
2. Davom etib turmoq - fe’l;
Bor IV - mustaqil fe’l anglatgan leksik ma’noga “davomli yo’nalish” grammatik ma’nosini
qo’shadi - ko’makchi fe’l.
  1. Qirq I - to’rtinchi o’nlik - son;


Qirq II - kishi vafotidan keyin o’ttiz yettinchi yoki o’ttiz to’qqizinchi kuni o’tkaziladigan


marosim -ot;
Qirq III - kesib kalta qilmoq - fe’l.

Yüklə 435,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin