8-Mavzu: Askiya-so‘z san’ati turi.
Reja:
1. Og`zaki drama- xalq ijodining mustaqil janri.
2. “Askiya” atamasining mohiyati, janr tabiati va o`ziga xos ijro xususiyati, ichki turlari.
Xalq orasida og`zaki tarzda yaratilgan va xalq sanatkorlari tomonidan sahnada namoyish etiladigan asarlar og`zaki drama deb ataladi. Og`zaki drama xalq ijodining mustaqil janri sifatida juda qadim zamonlarda shakllangan.
Askiya. Askiya istilohi arabcha «zakiy» so`zidan olingan bo`lib, «so`zamol zakovatli, o`tkir zehnli» degan manolarni anglatadi. Askiya istilohi «zakiy» so`zini ko`plik shaklida «azkiyo» deb qo`llashdan va keyinchalik talaffuzda z tovushining jarangsizlanishi oqibatida kelib chiqqan.
MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR:
1. Og`zaki drama nima? Uning janriy tabiatiga xos belgilar haqida so`zlang?
2.Og`zaki drama qanaqa ijro xususiyatlariga ega?
3.«Askiya» istilohining mohiyatini nima tashkil qiladi?
4.Askiya qanday ijro etiladi?
5.Askiyaning qanaqa ichki turlari bor?
6.Askiya badiiyati haqida nimalarni bilasiz?
9-Mavzu: Tomosha sanati janrlari tahlili
Reja:
1. Xalq tomosha san'ati tushunchasi va uning mazmun mohiyati
2. Raqs san'ati
3. Turfa oyinlar
4. Ozbek qiziqchilik sanati
5. Ot oyin
Boshqacha qilib aytganda, folklorshunoslik fan sifatida xalqning badiiy soz ijodigina (maqol, latifa, ertak, doston, afsona, topishmoq kabi) emas, balki muzika ijodi (qoshiq, kuy, yalla, ashula, yor-yor, alla, xalq cholgulari va xakozo) bilan xalq tomosha san'ati (xalq teatri, raqsi, sirki singari) ni ham organishi. V.M. Belyaev, V.A.Uspenskiy, N.N.Mironov, ye.ye.Romanovskaya, Yu.Rajabiy, Il.Akbarov, F.M.Karomatov, K.A.Ahmedova kabi muzikashunoslar. Tomosha san'atini organishdagi ikkinchi davr etnografik-folkloristik davrdir. Shu togrida soz borarkan, A.K.Borovkovning Dorboz M.F.Gavrilovning Ozbekistonda qogirchoq teatri nomli risolalari, A.L.Troitskayaning Ozbekistonda xalq teatri, ye.B.Baxtaning Katta oyin nomli yirik qolyozma-tadqiqotlarini ta'kidlamasdan otib bolmasligi. M.Rahmonovning Ozbek teatri, Ozbek teatri tarixi, M.X.Qodirovning Ozbek teatri an'analari, Xalq qogirchoq teatri, T.X.Obidovning Dorbozlar qissasi, Ozbek sirk ustalari, T.Tursunovning Karim qiziq, L.A.Avdeevaning Ozbekistonda raqs san'ati, Tamaraxonim, Mukarama Turgunboeva, R.Karimovaning Fargona raqsi, Xorazm raqsi, Buxoro raqsi kabi qator monografiya, broshyura, ocherk va qollanmalarini eslab otish orinlidir.
Dostları ilə paylaş: |