Folklor so`z sanatining boshlang`ich namunasi bo`lib, u behad qadimiy so`z sanati sanaladi, unda uzoq o`tmishda yashagan ibtidoiy ajdodlarimizning hali yozuvni bilmagan zamonlardagi turish-turmushi, dunyoqarashi va etiqodi, kurash va mag`lubiyatlari ifodalangan. Folklorda tasvirlangan voqelik vaqt (zamon) etiboriga ko`ra o`tmishga daxldor, undagi u yoki bu janr tabiatida, til xususiyatlarida buning izlarini ko`rish mumkin. Xalq poeziyasining qaysi bir yodgorligi xususida o`ylab ko`rmang, uning zamirida diniyhayotiy yoki diniy-marosim, uy-xo`jalik yoki xalqaro siyosiy g`oya yarqirab turishini takidlar ekan, ye.V.Anichkov folklorda ifodalangan poetik obrazlar genetik asosi o`sha qadimiy etiqodlardan suv ichishini nazarda tutgan. V.M.Miller esa xalq ijodiyotiga xalqshunoslikning tarkibiy qismisifatida qarab, uning xalq rasm-rusumlarini ifodalagan etnografik mohiyatini takidlaydi. Folklorning betakror so`z sanati sifatidagi mohiyati xalq turmushini ifodalaganligi tufayli etnografiya bilan, xalq ruhiyati va etiqodiy qarashlarini aks ettirib ruhshunoslik va din tarixi bilan, xalq axloqiy qarashlarini ifodalab tarbiyashunoslik bilan, musiqa, raqs va harakatlarga omuxtaligi bois sanatshunoslik bilan va nihoyat jonli so`zlashuv tilida yaratilganligi sababli tilshunoslik fanlari bilan singishganligida namoyon bo`ladi. Bu uning ko`p vazifali hodisaligini taminlagan omildir.
Folklor asarlari jonli ijro jarayonidagina yashaydi. Uning ayrim janrlarida so`z va kuy omuxtaligi yetakchi bo`lsa, ayrimlarida sahna sanati unsurlari ustun turadi. Bu hol folklor asarlariga sinkretiklik xususiyatini baxsh etgan. Folklor namunalari ijrosi xilma-xil sanat turlariga xos unsurlarni o`zida mujassamlashtirgan. Uning talay namunalari so`z va kuy uyg`unligida ijro etiladi. Chunonchi, doston va termalarni do`mbira jo`rligida kuylash ananaviy bo`lsa, qo`shiq dutor, childirma jo`rligida kuylanadi. Aksariyat folklor asarlarida so`z yetakchi o`rinni egallaydi. Ertak, afsona, naql, rivoyat, latifa, maqol va topishmoq janrlari shunday xarakterga ega. Xalq ertaklarida, xalq dramasida harakat va mimika muhim qimmat kasb etadi. Biroq ko`pgina asarlar ijrosida kuy g`oyaviy-badiiy mazmunni ifodalashda bir qadar qimmat kasb etsa-da, baribir so`z mazmunini ochuvchi asosiy vosita bo`lib qolaveradi. Bu folklorning so`z sanati sifatidagi mohiyatini to`lato`kis tasdiqlaydi.