1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə7/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103
Folklor mavzular

Totemizm – odamning biror hayvon yoki o`simlik turi bilan o`zini qondosh deb bilishdan iborat ishonch-e’tiqodi tizimidir. Totem – u yoki urug`ning e’tiqod qo`ygan himoyachisi hisoblanadi.
Turkiy xalqlar, jumladan, qadimgi ajdodlarimiz ot, ho`kiz, ilon, bo`ri, it kabi hayvonlarga, ayrim qushlarga va parrandalarga e’tiqod qo`yganlar. Shular orasida ot va bo`rini totem hayvon sifatida alohida e’zozlashgan. Totemlar bilan bog`liq bir qancha geneologik afsonalar ham mavjud. Ularda u yoki bu urug` – qabilaning kelib chiqishi ko`pincha ona bo`ri obraziga bog`lab talqin etiladi. Bo`ri totemiga aloqador ertaklar ham anchagina: “Cho`loq bo`ri”, “Bo`ri qiz” kabi ertaklar shular jumlasidandir.
Fetishizm – fransuzcha “fetiche” so`zidan olingan bo`lib, ibtidoiy ajdodlarimizning qadimiy e’tiqodiga ko`ra, narsalarga irim qilib sig`inish yoki ularga magik kuchga ega deb qarash asosida sig`inishni anglatadi. Xalq ertaklarida uchrovchi oyna, qilich, igna, marjon, tosh, taroq va boshqa shu xildagi predmetlar magik kuchi tufayli qahramonlarga yordamchi vositaga aylangan.
Qadimgi ajdodlarimiz o`z turmush-tirikchiligida otdan keng foydalanganlar. Ot ularga ham oziq, ham uzoqni yaqin qiluvchi ulov, ham chorvani boqishda ko`makdosh ish hayvoni sifatida xizmat ko`rsatgan, hatto otning yolidan turli kasalliklarni davolashda foydalanilgan. Ot kalla suyagi yovuz ruhlardan himoya qiluvchi vosita hisoblangan. Otdan shunchalik katta naf ko`rgan qadimgi odam uni kult darajasida ilohiylashtirib, e’tiqod timsoliga aylantirgan. Tabiiyki, bunga otning jozibadorligi ham ma’lum darajada ta’sir ko`rsatgan.
Ot kultiga aloqador qarashlar natijasida folklor asarlarida otning epik badiiy timsoli paydo bo`lgan. Jumladan, o`zbek xalq dostonlaridagi G`irot, G`irko`k, Boychibor, Jiyronqush, Majnunko`k kabi epik ot obrazlari bunga yorqin dalil bo`la oladi.
Ot kultiga aloqador urug` nomlari va geografik joy nomlari ham bor. Bu haqda “Hazorasp” nomli toponimik afsona yaratilganligi ma’lum.
Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak kabi janrlardagi folklor asarlari xalq og`zaki nasri tarkibiga kiritiladi. Ular, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo`lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi. Shundan so`ng ertak, naql, doston va yana keyinroq latifa janrlari shakllangan.
Og`zaki nasrning ilk namunalarida qadimiy urf-odat va marosimlarning bayoni, real voqea va hodisalar, olam haqidagi ibtidoiy tushunchalar xayoliy formada ifodalangan. Real voqea-hodisalarning badiiy talqini esa nasriy og`zaki asarlar tarkibidagi epik motivlarni yuzaga keltirgan.
M.Jo`rayev o`zbek folklorshunosligida xalq nasri janrlarini tasnif qilishning mezonlari sifatida badiiy asarning mavzu doirasi, badiiylik darajasi, voqelikni talqin qilish usuli, vaqt va makon belgisi, maishiy-funksional qamrovi e’tiborga olinishi lozimligini ta’kidlab, shunga ko`ra xalq nasri janrlarini a) badiiy nasr janrlari (ertak, latifa, naql, qissa va lof) hamda b) ma’rifiy nasr janrlari (mif, afsona, rivoyat, demonologik hikoya, og`zaki hikoya) kabi ikki katta guruhga ajratadi.1

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin