Folklor haqidagi fan folklorshunoslik (folkloristika) bo`lib, xalq og`zaki badiiy ijodiyotining so`z sanati tarzidagi xususiyatlarini: folklorning paydo bo`lishi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini, undagi ijodiy jarayon va yashash tarzi qonuniyatlarini, hayotiy mazmuni, ijtimoiy tabiati, g`oyaviy mohiyati, badiiy o`ziga xosligi, janrlarining spesifikasi, shuningdek, yozma adabiyot bilan munosabati o`zaro tasiri va aloqalari masalalaridan bahs yuritadi. Folklorshunoslik ilmi bilan shug`ullanuvchi mutaxassis folklorshunos (folklorist) deb yuritiladi
Folklorshunoslik sosiologiya, etnologiya, til, tarix, arxeologiya, sanatshunoslik, musiqashunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda ish ko`radi. Chunki folklor sinkretik so`z sanati sifatida sanatning barcha turlari bilan chambarchas bog`langan.
Folklorshunoslik adabiyotshunoslik fani bilan ham uzviy aloqadorlikda ish ko`rsa-da, ular o`rtasida bir-biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud. Chunonchi, folklor asarlarining g`oyaviy-estetik tahlili folklorshunoslik qonuniyatlari talabi bilan amalga oshirilsa, badiiy adabiyot tahlili adabiyotshunoslik qonuniyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda adabiyotshunos o`zi o`rganayotgan muammoga aniq va tayyor materialga qisman ega bo`lsa, folklorshunos ko`pincha bunday imkoniyatga ega emas. U o`rganmoqchi bo`lgan muammosiga taalluqli materialni xalqdan yig`ishdan ish boshlaydi. Bu jarayonning o`ziga xosligi va qiyinchiligi shundaki, u folklorshunosdan uzoq muddatli yig`uvchilik faoliyati bilan shug`ullanishini taqozo etadi. Yozib olingan u yoki bu folklor asarining qay bir marosimga daxldorligiga, kuyiga, teatrga xos unsurlarga egaligiga, tilining jonliligiga etibor berishni ham diqqat markazida tutmog`i lozim. Buning uchun o`sha to`plovchining o`zi shu sohalardagi bilimlardan xabardor bo`lmog`i shart.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: «Folklor» istilohi nimani anglatadi?
Folklorning paydo bo`lishi omillari nimada?
Folklorda muallif masalasi qanday?
Folklorda anana va novatorlik qanday zuhur etadi?
Folklorda variant va versiya mohiyati nimalarda ko`rinadi?
Folklorshunoslik qanday tarkibiy qismlardan tarkib topadi?
O`zbek folklori namunalarini yozib olish va kitobat qilish qachon va kim tomonidan boshlangan?
Folklorning dastlabki namunalari qaysi yozma manbalarda bizgacha yetib keldi?
Folklor namunalarini yozib olishda qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilari qanday rol o`ynadilar?
M.Zamaxshariyning folklorshunoslikka oid qanaqa xizmatlari bor?
Folklorizm nima? U yozma adabiyot vakillari ijodida qanaqa shakllarda namoyon bo`lgan?
12. O`zbek xalq ijodiyoti namunalarini ilmiy maqsadlarda yozib olish qachon boshlanagan va bu jarayon qanaqa xususiyatlarga ega?
13. Animizm va totemizm deganda nimani tushunasiz?
14. Qadimgi qahramonlik eposlaridan qaysilarini bilasiz?
15. Feodalizm davri o`zbek folklorida qaysi janrlar paydo bo`ldi va bu davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari nimalarda ko`rinadi?
16. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o`zbek folklori qaysi jihatlariga ko`ra alohida bosqichni tashkil etadi?
17. Sho`ro davri o`zbek folklori qay darajada rivoj topdi?
18. Istiqlol davri o`zbek folklori qanday taraqqiy topmoqda?
19. O`zbek folklorining yaxlit tizim sifatidagi mohiyati nimada?