1-mavzu: Kirish. Mustaqillik davrida “O‘zbek xalq og'zaki ijodi”ni o'rganilishi. Folklor ma’naviv tarbiyaning poydevori. Reja



Yüklə 1,96 Mb.
səhifə14/103
tarix24.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#192618
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Folklor mavzular

Mavsumiy marosimlar folklori. O`zbeklar mavsumiy marosimlarga boy xalqlardandir. Bu marosimlar -yilning to`rt fasliga oid xalqning yashash va mehnat tarzi bilan aloqador bo`lib, fasllarga qarab, to`rt turga bo`linadi:
a) bahorgi mavsumlarga aloqador marosimlar;
b) yozgi mavsumlarga aloqador marosimlar;
v) kuzgi mavsumlarga aloqador marosimlar;
g) qishki mavsumlarga aloqador marosimlar.
Bahor mavsumi bilan bog`liq marosimlar, asosan, kishilarning mehnat faoliyatiga aloqadorlikda o`tkaziladi. Ya’ni, ular bahor kirishi bilan dehqon va chorvadorning hayoti va faoliyatida yuz beradigan o`zgarishlarga bog`liq tarzda o`tadi. Masalan, ekin ekishga tayyorgarlik ko`rish, ariq – zovurlarni tozalash, chorvani yaylovlarga ko`chirish kabi ishlar kishilar tomonidan belgilangan kunda maxsus tayyorgarlik bilan tashkil qilinadi va bajariladi. Shu boisdan ular o`ziga xos marosim tarzida namoyon bo`ladi. Bahoriy marosimlar sirasiga «Shox moylar», “Navro`z”, “Yomg`ir chaqirish” singarilarni kiritish mumkin.
«Sust xotin» marosimi – yomg`ir tangrisi Sust xotinga iltijo qilish orqali yomg`ir chaqirishdan iborat. Marosim jarayonida “Sust xotin” qo`shig`i kuylangan. Bu marosim tarixan qadimiy bo`lib turli joylarda turlicha ataladi, jumladan, Buxoro viloyatining Qorako`l va Olot tumanlarida “Chala xotin” deb ham yuritiladi.
“Sust xotin” – “Avesto”da madh etilgan osmon suvlari tangrisi Tishtriyaning xalq o`rtasida fonetik o`zgarishlarga uchrab Tishtriy, Tushtr, sustr va nihoyat sust xotin shaklini olgan namunasi, deya izohlaydi B.Sarimsoqov.
U o`zbeklar orasida “Sust xotun”, “Sut xotun”, “Suv xotun”, “Chala xotun” nomlari bilan tarqalgan bo`lsa, turkmanlarda “Syuyt xato`n”, tojiklarda “Sust momo” yoki “Ashaglen” deb yuritiladi. Marosimning o`tkazilish tartibi ham turli joylarda turlichadir. B.Sarimsoqov uning to`rt variantini aniqlab izohlagan. Ammo uning mushtarak jihati hamma joylarda ham ayollar tomonidan o`tkazilishidir. Belgilangan kun va vaqtda o`ndan ortiq ayol qo`g`irchoqqa, ba’zi joylarda qo`riqchi (xo`sa)ga qari ayol ko`ylagani kiydirib, ayollardan biri uni ko`tarib olgan holda oldinda yursa, boshqalar unga ergashib qishloq yoki mahalla bo`ylab xonadonlarga birma-bir kirib chiqa boshlaydilar. Ular xonadonlarga kira turib:
Sust xotun, sulton xotun,
Ko`lankasi maydon xotun,
Havo yog`mas bo`lama, Sust xotun,
Tomchi tommas bo`lama, Sust xotun.
Yetmishdagi kampirni, Sust xotun,
Sel opketmas bo`lama, Sust xotun,-
qo`shig`ini ayta boshlaydilar. Xonadon egalari ularni xursandlik bilan kutib olib, qo`g`irchoq yoki qo`riqchi (xo`sa) ustidan suv sepib, qo`shiq ijrochilariga xayr-ehson qilishadi. Ular shu xayr-ehson evaziga is qilishib, yomg`ir yog`ishidan umidvor bo`lib qolaveradilar.
“Sust xotin” marosimi matriarxat davrida vujudga kelgan. U ibtidoiy kishilarning tabiat injiqliklarining tub sabablarini bilmasdan ularning oldini olish choralarini topishga ojizliklari oqibatida vujudga kelgan.
Yozgi marosimlar folkloridan atigi bitta janr saqlanib qolgan. Bu Choy momo” - shamol to`xtatish marosimi va unga aloqador aytimdir. Bu marosim surunkali davom etgan qattiq shamolni to`xtatish maqsadida o`tkazilgan.
“Choy momo” aslida “Chuy momo” bo`lib, qadimgi turkiy tilda “shamol ona” deganidir. Qadimda shamolni jonli narsa sifatida tasavvur qilishgan. Bu marosimni dastlab ayollar, keyinchalik erkaklar ham o`tkazishgan.
Marosimni o`tkazish tartibiga ko`ra ikki kampir eski chopon va kiyim kiyib, yuzlariga qorakuya surtishib, qo`llarida hassa bilan tubandagi “Choy momo” qo`shig`ini aytib berishadi:

Choy, choy, choy momo, Uchilib qolsin quv shamol.
To`ka-to`ka beringlar,
To`kilib qolsin bu shamol.
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin quv shamol.
Choy, choy, choy momo
Choy momosi o`libdi,
Bosa-bosa beringlar,
Bosilib qolsin bu shamol.
Ucha-ucha beringlar,

Ular orasida esa bo`yga yetgan besh qiz boshlariga qizil sholcha yopib olgan holda jo`r bo`lib borishadi. Orqadan yetti-sakkiz yoshdagi o`g`il bola katta xurjun solingan eshakni minib olgan bo`ladi. O`qlog`, yumshoq supurgi va keli (o`g`ur) sopi birga qo`shib bog`langan holda o`sha eshakka sudratilib boriladi. “Choy momo”chilar qaysi xonadonga borsalar, o`sha xonadon egalari ularga bug`doy, non,pul sadaqa qiladi. Eshak ustidagi bola bularni xurjunga solaveradi. Nihoyat qishloq yoki mahalla to`la aylanib chiqilgach, belgilangan joyda yig`ilgan undan shamol otaga is chiqariladi. Buning uchun chalpak pishirilib, shamol otaga atalgan o`n ikki dona chalpakni yerga yoki muqaddas sanalguvchi joydagi biror teshikka tiqishadi. Bu bilan shamol yo`li bog`lanarmish, shamol esa tinarmish. Ba’zan yig`ilgan narsalarni sotib, qo`y sotib olingan va u shamol chiqadigan joyga eltib qurbonlik uchun so`-yilgan. Qo`y go`shtidan tayyorlangan sho`rvadan ortib qolganini shamol chiqishi taxmin qilingan teshikka to`kib qo`yilgan. Marosimdagi ramziy narsalardan o`qlog` va keli (o`g`ir) sopi rizq-ro`zini anglatsa, supurgi shamol xudosi qahrini keltiruvchi ziyon-zahmatlarni quvuvchi va supurib tashlovchi ma’nosini ifodalaydi. Umuman, bu marosim matriarxat davrining qoldig`i bo`lib, keyinchalik transformatsiyaga uchrab, erkaklar ijrosida ham bajariladigan bo`lgan.
Kuzgi marosimlar folklori janrlaridan faqat ikkitasi-oxirgi tutam bug`doyni o`rib olish (“Oblo baraka”) va shamol chaqirish “Yo, haydar” marosimlarigina saqlanib qolgan.
Oxirgi tutam bug`doy – “ona bug`doy” de-yiladi. Qaysi o`roqchi ana shu tutamga yetib olsa, “yettim-yettim, oblo baraka bersin” deb uni o`rib oladi.

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin