Folklor (-lotincha folk-xalq,loredonishmand) - xalq donishmandligi, otalar so`zi ma`nolarida qo`llaniladi
Band sherning ritmik ritmik intonatsion va mazmuniy jihatdan nisbiy mustaqillikka ega bolagi.
Gimn (yun. madhiya) qadimgi yunon adabiyotida ilohlarni uluglash, maqtash uchun kuylangan qoshiq. Mas. yunonlar Appolonni madh etgan. Keyinchalik tarixiy voqealar, qahramonlar madh etiluvchi tantanovar qoshiqlar ham gimn deb yuritilgan.
Mazmunan dasturiy xarakterdagi sher asosidagi tantanovar qoshiq, muayyan ijtimoiy harakat, uyushma, davlat va shu kabilarning atributlaridan biri, madhiyasi.
Detektiv adabiyot ( yun. izquvar ) sarguzasht adabiyotining bir tarmogI, syujeti asosida sirli jinoyatlarni ochish bilan bogliq voqealar yotuvchi asarlarning umumiy nomi.
Didaktik adabiyot (yun. orgatuvchi, talimiy) muayyan talimiy, tarbiyaviy maqsadlarda yaratilgan adabiy asarlarning umumiy nomi. Mas. sadiyning Guliston va Boston, Kaykovusning Qobusnoma asari.
Improvizatsiya (lot. kutilmagan, birdan) badiiy ijodning alohida bir korinishi bolib, bunda asar bevosita ijro jarayonida yaratiladi.
Interpretatsiya (lot. tushuntirmoq) talqin; adabiy asar mazmunini idrok qilish, uning mazmuni, badiiy konsepsiyasini anglash, tushunish.
Insenirovka (lot. sahna) aslida sahnaga mo`ljallab yozilmagan asarlarni (ko`proq, epic asarlarni) sahnalashtirish uchun qayta ishlash. I. sahnalashtirilishi mo`ljallangan asarning g`oyaviy-badiiy xususiyatlarini qayta yaratishni taqozo etadi.
Intonatsiya (lot.-kuchli talaffuz etaman) jonli nutqning ifodaviyligini ta`minlovchi asosiy omil, tipning fonetik vositalari ( tovush toni, talaffuz tempi, tembr, pauzalar, melodika, mantiqiy va so`z urg`ulari) majmui. U estetik emotsional ta`sir o`tkazishda muhim ahamiyatga ega.
Remarka (fr. - izoh) dramatic asarlarda muallif tomonidan sahna voqeasining boshlanishi oldidan beriluvchi yoki uning kechishi davomida qavs ichida berib boriluvchi izohlar. R. parda yoki ko`rinish oldidan berilgan hollarda vopqea kechayotgan joy, vaqt, ishtirok etuvchilar va sh.k.lar haqidagi zarur ma`lumotlardan iborat bo`ladi.
Epigraf (yun. bitik.sarlavha) asarning boshlanishida sarlavhadan keyinoq yoki uning bo`lim (bob.fasl)lari boshida keltiririluvchi qisqa, odatda, e`tiborli manbalardan (xalq ijodi, mashhur kishilarning purhikmat so`zlari va sh.k) olingan ko`chirma, sitataning bir ko`rinishi.