1-Mavzu: Kirish. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, manba va asoslari. Reja


O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va usullari



Yüklə 47,15 Kb.
səhifə2/4
tarix26.04.2023
ölçüsü47,15 Kb.
#102766
1   2   3   4
1-мавзу

O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va usullari. Har qanday fan kabi O‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uni rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzini ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy ѐzilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek, tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy ikki tomonlama bog‘liqlik umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyati, qadim mumtoz tarixshunosligimiz va hozirgi zamon tamadduni sisivlizasiyasiga asoslangan holda O‘zbekiston tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga bo‘lish mumkin.
1. O‘zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-nazariy, g‘oyaviy-mafkuraviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi:
- Din bilan dunѐviylik o‘rtasida moʻtadil munosabat bo‘lishi va dunѐviylik aslo dahriylik emasligi;
- Tarixni milliy, umuminsoniy, muqaddas xodisa hamda qadriyat deb tushunmoq;
- Tarixga hozirgi zamon sivilizasiyasi nuqtai nazari va bag‘rikenglik asosida ѐndashish;
- Tarixiy taraqqiѐt asosini evolyusion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik tashkil etadi deb anglamoq;
- Tarix va jamiyat taraqqiѐtini markscha – lenincha soxta inqilobiy ta’limotga bog‘lash, mutloq xato, ѐvvoiylik, aksilinsoniy hatta-harakat bo‘lgan deb tushunmoq;
- Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va jaraѐnlar) dialektika (Gegel) hamda sinergetika (Prigojin) qonuniyatlari asoslarida rivojlanishi haqiqat ekanligi;
Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning joni, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligi
2. O‘zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari quyidagilardan iborat:
- Ilmiy xolislik (ob’yektivlik);
- Tarixiy – tahliliylik;
- Mantiqiy – uzviylik;
- Vorislik va izchillik;
- Xronologik izchillik;
- g‘oyaviylik va vatanparvarlik;
- Halol va xolislik;
- qiѐslash va kuzatish;
- Kuzatish va umumiylashtirish;
- Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
- Matematik hisoblash;
- Shakllash va modellashtirish;
- Ayrimlikdan umumiylikka (induksiya) va umumiylikdan ayrim (juz’iy)likka (deduksiya);
- Etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya, matematika va boshqa fanlarning yutuqlari hamda usullaridan ham keng foydalanish;
Birinchidan, O‘zbekiston tarixi yosh avlod ongida g‘oyaviy – siyosiy, nazariy – ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi lozim, voqea va hodisalarga tarixiy nuqtai-nazardan yondoshadigan har tomonlama yetuk barkamol insonni tarbiyalashi kerak;
Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixi yoshlar ongida milliy vijdonning uyg‘onib shakllanishiga ko‘maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyot yo‘lining tarixiy tajribasini o‘rgangandagina, ularda istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy turmushni o‘tmish bilan qiyoslash va kelajakka nazar solish malakasi shakllanadi, milliy uyg‘onish yuz beradi;
Uchinchidan, O‘zbekiston tarixi yosh avlodni ulug‘ xalqimizning olijanob milliy qadriyatlari va axloqiy fazilaaatlari: halollik va poklik, odillik va adolatlilik, insonparvarlik va rostgo‘ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, imonlik va e’tiqodlik ruhida tarbiyalamog‘i kerak. O‘zbekiston tarixini o‘qish va o‘qitish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog‘i lozim. Tarixni yoritish, o‘qitish va o‘rgatish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik,tarixiy haqiqaaatning ustivorligi asosiy va bosh yo‘nalish bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston tarixining har bir satri, milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi va milliy istiqlol tafakkuri va mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor. Shu ma’noda yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularni komil inson qilib tarbiyalashda O‘zbekiston tarixi fanining o‘rni benihoya katta.Ushbu O‘UM o‘quv rejasi asosida tuzilgan bo‘lib talabalarga mavzular bo‘yicha savollar, savollar bayoni, nazorat savollari, seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ishlar bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va adabiyotlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Yüklə 47,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin