1-Mavzu: Kirish. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, manba va asoslari. Reja



Yüklə 47,15 Kb.
səhifə1/4
tarix26.04.2023
ölçüsü47,15 Kb.
#102766
  1   2   3   4
1-мавзу


1-Mavzu: Kirish. O‘zbekiston tarixi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, manba va asoslari.
Reja:


1. Mustaqillik yillarida “O‘zbekiston tarixi” fanini rivojlani. Yangi ilmiymetodologiyaning shakllanishi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ijtimoiy-siyosiy va tarixiy islohotlarining O‘zbekiston tarixi fanini o‘rganishdagi ahamiyati.
2. Tarixiy manbalar va ularning turlari. Tarixshunoslik va manbashunoslik. 3.Og‘zaki, yozma (epigrafik va boshqa) manbalar, mahalliy va boshqa manbalar.


Tayanch so‘zlar, iboralar va tushunchalar: Fanning predmeti va ob'ekti, o‘quv jarayoni, ijtimoiy fanlar, inson omili, millat o‘tmishi, tarixiy makon, voqea-hodisalar, bog‘liq fanlar, soha tarixi, inson va tabiat, davrlashtirish, tarixiy manbalar, yozma manbalar, moddiy manbalar, etnografik ma'lumotlar, lingivistik ma'lumotlar, madaniy meros, fanning ahamiyati va vazifalari.
Dars maqsadi: Talabalarga O‘zbekiston tarixining fani uning o‘rganish predmeti va ob'ekti, metodologik asoslari, manbalari va tamoyillarini talabalarga tushuntirish, fanni o‘rganishning ahamiyatini talabalarga tushuntirib berish.
Dars o‘tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o‘zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o‘tkazish, yerkin fikrlash va so‘zlashga o‘rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o‘tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O‘qituvchi va talabalar o‘rtasida berilgan savollarni tahlil yetish. Talabalarga O‘zbekiston tarixining fani uning o‘rganish predmeti va ob'ekti, metodologik asoslari, manbalariva tamoyillari borasida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqealarni tahlil yetishga o‘rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o‘rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid har xil voqea-hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyusion rivojlanish jarayoni va boshqalarni o‘rganadi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. O‘zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklarni boshidan kechirgan qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo‘lganligini, jahon tarixi taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini xolisona va haqqoniy o‘rganadi. Ta'kidlash lozimki, tarixiy, milliy-madaniy, axloqiy va diniy qadriyatlarni o‘rganish, tiklash va yangi asoslarda rivojlantirish – yoshlar, ta'lim va tarbiya tizimidagi talabalarning dunyoqarashida milliy g‘urur hamda o‘zlikni anglash, ular ongida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini yanada mustahkamlash bugungi davr talabidir. Aynan shuning uchun ham Oliy ta'lim tizimida «O‘zbekiston tarixi» fanini har tomonlama hamda chuqur o‘qitish maqsadida yangi avlod o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar yaratilib, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar natijalari o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida:Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim. Ularning ulug‘ maqsadlar yo‘lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O‘zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi zarur”1 – deb, ta’kidlab o‘tgan edi.
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining predmeti va ob'ektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega. Chunki, O‘zbekiston tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori predmet va ob'ekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning o‘rganish predmeti va ob'ekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. Bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o‘laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o‘z o‘rni va mavqega ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta'sir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va ob'ekti hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat e'tiborini faqat o‘tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning moziyda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiy-madaniy, ma'naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o‘rganadi. Ikkinchidan, O‘zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan ancha aniq fandir. U matematika usulidan keng foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy va haqiqiy emasligi, ular qachon, qaerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda tarixan voqe' bo‘lganligi aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati aniqlanadi.
Uchinchidan, O‘zbekiston tarixi fani mamlakatimiz o‘tmishidagi iqtisodiy-ijtimoiy hayotning ahvoli, rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o‘rganadi, ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Bu esa kelajak avlodlar uchun dasturilamal bo‘ladi.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy o‘zaro bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani, O‘zbekistonning o‘tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hozirgacha kechgan voqeliklar, insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti hamda tanazzulini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyati kiradi.
Bu o‘rinda ta'kidlash lozimki, butun bir xalqlar, elatlar, millatlar va davlatlarga taaluqli bo‘lgan murakkab ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy va madaniy jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Tadqiqotchilarning e'tirof etishlaricha, inson har qanday tarixning predmeti hisoblanadi. Har bir voqea, hodisa inson (yoki uning bir guruhi-xalq) hatti-harakati, uning ko‘zlagan ma'lum maqsadga intilishi jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zbekiston tarixi fanining o‘rganish makoni-ob'ekti O‘zbekistonning tarixidir. Tarixiy ob'ekt (makon)ga nisbatan O‘zbekiston tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki chegarasi belgilanadi. Ma'lum bir ma'noda ob'ekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan farqlanadi. Ob'ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma'lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, ma'lum hudud doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun ob'ekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, umuminsoniy fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zligini anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturilamal hisoblanadi. Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. Jamiyat, insoniyat va tabiatning o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. Masalan, arxeologiya, etnologiya, geologiya, antropologiya, demografiya, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Ammo boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat, jamiyat ham avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi fanlari ham tarix fanining o‘rganish ob'ekti va predmeti hisoblanadi.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar. Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rganish ob'ekti bitta ya'ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiatdir. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta'sir etadi. Ammo, shuni ham ta'kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham, tarix mahsulidir. Qisqa qilib aytganda, tarix fani ya'ni, Vatan tarixi-millat va Vatan kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq. Ikkinchidan, Tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta'sirchanligi ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix ya'ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi. Tadqiqotchilarning e'tirof etishlaricha, insonning shaxsiy manfaat va ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati, iste'dodi, voqealarni teran idrok etishi tarix falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan shu nuqtai nazardan olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy falsafasi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi barcha say'i-harakatlari va intilishlari ma'lum millat va jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat yoki halqning umummadaniy-ma'naviy darajasi, aql-idroki va tafakkur maydonining salohiyatiga qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa, ana shu o‘ta murakkab, o‘ta ziddiyatli, shu bilan birga nihoyatda qudratli ruhiyat orqali, faoliyat orqali xotiraga aylanadi. Nazarimizda, bu holat tarix falsafasini o‘zida ifoda etadi.
O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, usullari va tamoyillari Har qanday fan kabi O‘zbekiston tarixi fani ham o‘zining metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekiston tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzini ortib borishi uchun o‘ta muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar. Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa, bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi uchun ma'sul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning samarali bo‘lishi ya'ni, tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va nazariyalar hamda usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki, bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O‘zbekiston tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va ta'limotlari nimalardan iborat bo‘lishi o‘ta muhim masala hisoblanadi.
Arxeologiya insoniyatning o‘tmish tarixini o‘rganishda dala tadqiqotlari natijasida ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar hamda ulardan topib o‘rganilgan ashyoviy dalillar, mudofa va suv inshootlari, qoyatosh rasmlari hamda boshqa moddiy manbalarga suyanib ish ko‘radi. Hozir O‘rta Osiyoning barcha hududlarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ularning natijalari esa tadqiqotchi olimlarning maqolalari va ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan. Ular tomonidan topilgan ashyoviy dalillar respublikamizning mezeylarida saqlanib kelmoqda. Arxeologik tadqiqotlar natijasida to‘plangan materiallardan arxeologiya, O‘zbekiston tarixi, ibtidoiy jamoa tarixi, o‘lkashunoslik fanlari va arxeologiya ixtisosligi bo‘yicha maxsus kurslar darslarida va sinfdan tashqarii mashg‘ulotlarda foydalanilib kelinmoqda. Arxeologik ma’lumotlar o‘qituvchilarning ma’ruzalari davomida bergan bilimlariga yanada aniqlik kiritib mazmunini boyitadi,ikkinchidan esa ma’lum davr yoki hudud tarixini chuqurroq anglashga va o‘rganishga imkon beradi, uchinchidan alohida mavzularni o‘rganishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. To‘rtinchidan ko‘rsatish vositasi vazifasini o‘taydi.
Vatanni anglamoq, vatanni sevmoq mavhum tushunchalar bo‘lib qolmasligi uchun yoshlarga o‘zlari yashab turgan o‘lkani ya’ni ko‘cha, qishloq, shahar, viloyat tavrixini o‘rganishga va mehr–muhabbat uyg‘otishga sharoit yaratib berishimiz kerak. Buning uchun tarixiy o‘lkashunoslikka ko‘proq e’tibor berib uning muhim manbalaridan biri bo‘lgan arxeologik materiallaridan foydalanishni kuchaytirish zarur. Arxeologik materiallar tarix fanining vazifasini bajarish sohasida ham muhimdir. Masalan, vatanimiz tarixini aniq dalillar asosida o‘rganish va o‘tmishni moddiy manbalar asosida tanishtirish natijasida o‘quvchilar o‘z xalqining tarixi va madaniyati haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Bu esa yosh avlodda o‘z xalqining o‘tmishi va madaniyatiga nisbatan hurmat bilan qarashga yordam beradi.
O‘rta Osiyo xalqlarining moddiy va manaviy yodgorliklarini o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu o‘lka Rossiyaga qo‘shib olingach bu yerga turli kasbdagi kishilar ko‘plab kela boshladi. Ular orasida mahalliy va moddiy yodgorliklarga qiziquvchi kishilar ham bor edi. V.V. Bartold, V.A. Jukovskiy, N.I. Veselovskiy kabi mashhur sharqshunoslar, A.P. Kun, V.L. Vyatkin, I.T. Poslovskiy, N.A. Ostroumov va boshqa havaskorlar O‘rta Osiyoning arxeologiyasi va tarixini o‘rganishda o‘zlarining xizmatlarini qo‘shdilar. Mahalliy havaskorlardan Akram Asqarov, M. Mirmuhammadovaning ishlari ham diqqatga sazavordir. 1895 yilda V. Bartoldning bevosita rahbarligida va taklifi bilan «Turkiston arxeologiyasi havaskorlari to‘garagi» tuzilib, uning ustavi tasdiqlanadi. O‘rta Osiyo arxeologiyasining rivojlanishida S.P. Tolstov, M.Ye. Mason, M.M.Dyakonov, A.P. Okladnikov, M.M. Gerasimov, A.Yu. Yakubovskiy, Ya.Gulomov, V.A. Shishkin, B.A, Litvinskiy, G.A. Pugachenkova singari mashhur arxeologlar o‘lkamiz tarixini o‘rganishda o‘zlarining juda katta hissalarini qo‘shdilar.
Shuni ham takidlab o‘tish kerakki, so‘nggi yillar ichida ham arxeologlarning katta gruppasi yetishib chiqdilar. A. Asqarov, A. Muhammadjonov, U. Islomov, I. Albaum, Yu,F. Buryakov, R. H. Sulaymonov, A. S. Sagdullayev, N. Ne’matov, A. Ranov, V. Vinogradov, E.V. Rtveladze, M. Jo‘raqulov va boshqalarni aytish mumkin. Hozirgi kunda ham O‘rta Osiyo arxeologiyasining o‘rganilishi ancha yo‘lga qo‘yilgan. Bu ish bilan maxsus institutlar, universiteti va pedagogik institutlari, respublika va viloyat muzeylari qoshidagi kafedralar va bo‘limlar shug‘ullashmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillidan so‘ng xorijiy mutaxasislarning qadimgi tariximizga bo‘lgan ilmiy qiziqishi kuchayib, ularning o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda vatanimizning turli hududlarida arxeologik tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Avstraliya, AqSh, Germaniya, Fransiya, Yaponiya davlatlari o‘quv va ilmiy tadqiqot muassasalari O‘z R FA arxeologiya instituti, FA qoraqalpog‘iston bo‘limmi tarix instituti va O‘zMU arxeologiya kafedrasi bilan hamkorlikda Surxandaryo, qashqadaryo, Samarqand viloyatlari va qoraqalpog‘iston AR hududlarida arxeologik qazish ishlari olib borilyapti.

Yüklə 47,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin