11
noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat» degan turli balo-qazolarning xavfi
tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur
ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda
yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligini va ahamiyatini hech qachon
yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda (Mirziyoev Sh.M.
Milliy taraqqiyot
yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. 1-qism – T.:
O‘zbekiston, 2017. – B.125.)
».
Binobarin, hukumatimiz bunday yoshlarni tarbiyalash va ular bilan
ishlashda, istiqbol rejalarini tuzishda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga
begona bo‘lgan turli ko‘rinishdagi
ijtimoiy illatlardan asrab, zamonaviy bilim va
tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak,
komil insonlar etib voyaga etkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan
strategik
maqsadlarga erisha olishiga qaratadi.
Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun
iftixor, g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga
ko‘tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi,
ijtimoiy-siyosiy
faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat
manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirishga imkon yaratildi.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida «O‘zbekistonning eng yangi tarixi»
fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar
qo‘llanilishi natijasida mamlakatning intellektual va ma’naviy
salohiyatni
yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni
iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy
qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa
insonlarda
huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash
hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘zligini anglash, ulardan shaxs,
davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi.