«Shon-sharaf» muzeyi, «Matonat madhiyasi», «Mangu jasorat» monumenti
barpo etildi. Mazkur ulug‘vor majmuaning barpo etilishi xalqimiz tarixining
hamda shonli o‘tmishining yorqin namunasi bo‘ldi. Chunki o‘zbekistonliklar
ikkinchi jahon urushining g‘alaba bilan yakunlanishida ulkan hissa qo‘shdilar.
Lekin shu paytgacha bu jasoratni bor ko‘lami bilan ko‘rsatib beradigan yaxlit
majmua hali respublikamizda yo‘q edi. Davlatimiz ilmiy-ijodiy jamoatchiligining
takliflari, xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tez orada alohida badiiy-me’moriy
konsepsiya ishlab chiqildi. Ushbu konsepsiya asosida g‘alaba sharafiga ulug‘vor va
betakror majmua bunyod etildi.
Har jihatdan puxta ishlangan loyihlar asosida shakllantirilgan bu erdagi
majmua timsolida xalqimizning qonli janglardagi mardligi va front ortidagi
mashaqqatli mehnati va fidoiyligi aks ettirildi. 2020-yilning 9-may kuni «Buyuk g‘alabaning 75 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni» ga bag‘ishlab
o‘tkazilgan tantanali tadbirda davlatimiz rahbari quyidagilarni qayd etdi: «Men avvalgi chiqishlarimda el-yurtimizning buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi hali to‘liq o‘rganilmagani haqida gapirib, jaoatchiligimiz e’tiborini shu masalaga qaratgan edim. Bugun mamnuniyat bilan aytmoqchimaniki keyingi yillarda shu yo‘nalishda juda katta ishlarni amalga oshirdik. Avvalo, ilgari yopiq bo‘lgan arxiv hujjatlarini ilmiy jamoachilik uchun ma’lum bo‘lmagan materiallarni o‘rganish uchun imkoniyat yaratildi. Bu borada sobiq ittifoq respublikalari va chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar va fondlar, tarixchi olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik bilan hamkorlik kuchaytirildi. Ana shunday ilmiy izlanishlar natijasida xalqimizning ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki haqida, qahramon ajdodlarimiz haqida juda muhim yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Hozirgi vaqtda ular ommaviy axborot vositalarida, kitob va albomlarda keng yoritilmoqda. Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tariximizni o‘rganishda tom ma’noda yangi davr boshlandi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Masalan, shu vaqtga qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok etgan, deb hisoblanar edi. Yangi topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan 1 million