1-mavzu: Kirish. «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja



Yüklə 338,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix23.02.2023
ölçüsü338,47 Kb.
#85234
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mavzu

Ikkinchi bosqich — 1991-yildan 2000-yilga qadir bo‘lgan davr. Bu davrda 
milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga 
keltirishga qaratilgan o‘tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar 
qo‘yildi. Demokratik an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi, hamda fuqarolik jamiyati 
asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tila boshlandi. 
Uchinchi bosqich — 2000 – 2010-yillar. 2000-yildan mamlakatda faol 
demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Shu davrdan 
asosiy vazifasi qilib kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-
bosqich o‘tish vazifasi qo‘yildi. Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy 



hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson 
haq-huquqlari 
va 
erkinliklarini 
himoya 
qiluvchi 
mustaqil 
sud 
tizimi 
mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi. 
To‘rtinchi bosqich — 2010 – 2016-yillar. 2010-yildan demokratik islohotlar 
va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish masalasi 
ilgari surildi. Uning boshlanishi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom 
Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan 
bog‘liqdir. Bu davr davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, 
sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, 
saylov 
qonunchiligini 
takomillashtirish, 
demokratik 
bozor 
islohotlarini 
chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 

Yüklə 338,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin