1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


viloyatlari va uning bir qator manzilgoxlarida kuzatiladi



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-mavzu (m-)

viloyatlari va uning bir qator manzilgoxlarida kuzatiladi. 
Xolchayon
— Yunon-Baqtriya va kushonlar davri madaniyatiga oid yodgorliklar 
majmuasi (mil. avv. IV - mil. V asr.). Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida 
joylashgan. Xolchayondagi binoni bezashda haykallar keng qo‘llanilgan.
Ayritom 
— ko‘hna shahar xarobasi Surxondaryo vililoyai Termez shahridan 18 km 
sharqda joylashgan. Bu yerda topilgan toshdan ishlangan 
gorelef
(bo‘rtma naqsh, bo‘rttirib 
ishlangan rasm)lar va so‘nggi Kushon davlati me’morligining xarobalari bu yerda buddizm keng 
yoyila boshlaganligini ko‘rsatadi. Dastlab 1932-yil Aritom yaqinida Amudaryo tubidan odam 
haykalchalari ishlangan 
friz (piramon)
parchalari topilgan.
Kushon davrida O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi natijasida buddizm ibodatxonalari 
yuzaga keldi va bu dinning ta’siri bevosita haykaltaroshlikda ham oz ifodasini topdi. Budda va 
boshqa diniy personajlarning haykallari ibodatxonalarning oldi va ichkari qismidan o‘z o‘rnini 
egalladi. Bu haykallarning ishlanish tamoyillari Hindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan. 
Bunga misol qilib
Dalvarzintepa_va_Qoratepa_(Surxondaryo_vil.)'>Dalvarzintepa va Qoratepa (Surxondaryo vil.) 
dagi - qadimgi shahar 
xarobalaridan topilgan buddizm ibodatxonalarini aytish mumkin. Ushbu manzilgohlardagi 
buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham yuqorida ko‘rilgan xususiyatlarga ega. 
Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va real xarakterga egadir. Haykaltarosh mahalliy 
tiplarning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu ularning ko‘rinishi soch tarash 
va kiyinishlarida seziladi. 
Dalvarzintepa
— qadimgi shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani 
markazi — Sho‘rchi shaqridan 10 km shimoli-sharqda joylashgan. Maydoni 47 ga. 
Dalvarzintepa 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan o‘rab olingan 
shoh saroy qal’asi va shaharning o‘zidan iborat. 1972-yilda O‘zbekiston san’atshunoslik 
ekspeditsiya natijasida bu erdan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va 
yombilar (slitok)dan iborat noyob 
xazina
topilgan. 

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin