viloyatlari va uning bir qator manzilgoxlarida kuzatiladi. Xolchayon — Yunon-Baqtriya va kushonlar davri madaniyatiga oid yodgorliklar
majmuasi (mil. avv. IV - mil. V asr.). Surxondaryo viloyatining Denov tumani hududida
joylashgan. Xolchayondagi binoni bezashda haykallar keng qo‘llanilgan.
Ayritom — ko‘hna shahar xarobasi Surxondaryo vililoyai Termez shahridan 18 km
sharqda joylashgan. Bu yerda topilgan toshdan ishlangan
gorelef (bo‘rtma naqsh, bo‘rttirib
ishlangan rasm)lar va so‘nggi Kushon davlati me’morligining xarobalari bu yerda buddizm keng
yoyila boshlaganligini ko‘rsatadi. Dastlab 1932-yil Aritom yaqinida Amudaryo tubidan odam
haykalchalari ishlangan
friz (piramon) parchalari topilgan.
Kushon davrida O‘rta Osiyoda buddizmning tarqalishi natijasida buddizm ibodatxonalari
yuzaga keldi va bu dinning ta’siri bevosita haykaltaroshlikda ham oz ifodasini topdi. Budda va
boshqa diniy personajlarning haykallari ibodatxonalarning oldi va ichkari qismidan o‘z o‘rnini
egalladi. Bu haykallarning ishlanish tamoyillari Hindistonda yaratilgan kanonlarga asoslangan.
Bunga misol qilib,
Dalvarzintepa_va_Qoratepa_(Surxondaryo_vil.)'>Dalvarzintepa va Qoratepa (Surxondaryo vil.) dagi - qadimgi shahar
xarobalaridan topilgan buddizm ibodatxonalarini aytish mumkin. Ushbu manzilgohlardagi
buddizm ibodatxonalaridan topilgan ganch haykallar ham yuqorida ko‘rilgan xususiyatlarga ega.
Bu haykallar natural kattalikda ishlangan va real xarakterga egadir. Haykaltarosh mahalliy
tiplarning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu ularning ko‘rinishi soch tarash
va kiyinishlarida seziladi.
Dalvarzintepa — qadimgi shahar xarobasi. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani
markazi — Sho‘rchi shaqridan 10 km shimoli-sharqda joylashgan. Maydoni 47 ga.
Dalvarzintepa 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan o‘rab olingan
shoh saroy qal’asi va shaharning o‘zidan iborat. 1972-yilda O‘zbekiston san’atshunoslik
ekspeditsiya natijasida bu erdan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va
yombilar (slitok)dan iborat noyob
xazina topilgan.