1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


«Amudaryo xazinasi» («Oks boyligi», «O‘kuz



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
1-mavzu (m-)

«Amudaryo xazinasi» («Oks boyligi», «O‘kuz 
xazinasi»)
muhim o‘rinni egallaydi. Bu xazina mil. avv. IV – II asrlarga oid zargarlik buyumlari 
majmuasi bo‘lib, 1877-yil Vaxsh va Panj daryolarining Amudaryoga quyilish erida, Taxtiqubod 
kechuvi yaqinida topilgan. 179 oltin va 7 kumush buyum hamda o‘sha davrlarda zarb qilingan 



1500 ta kumush va chaqa (asosan mil. avv. IV asr oxiri – II asr boshi) tangadan iborat. Hozirgi 
kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanayotgan bu yodgorliklar ichida 
haykallar, turli 
ko‘za, bilaguzuk, uzuk, muhr, tanganlar, oltindan yasalgan aravacha va qurollar
diqqatga 
sazovordir. Bu buyumlarda uchraydigan tasvirlar birmuncha shartli bo‘lsa ham, lekin nihoyatda 
ifodali ishlanganligi bilan ajralib turadi, detallari ochiq va tugal ishlanishi bilan xarakterlanadi. 
«Jangchi – sak» bo‘rtma tasvirida shu fazilatlar mujassamlangan. 
Ma’lumki, Aleksandr Makedonskiy mil. avv. IV asrlarda axomaniylar davlatini tor-mor 
etib, O‘rta Osiyo erlarining ko‘pgina qismini o‘ziga qaratib oldi. Faqat Xorazm, Farg‘ona va 
Sirdaryo bo‘yidagi ko‘chmanchi qabilalargina o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Bu harbiy 
yurishlar natijasida O‘rta Osiyo hududlariga ellinizm madaniyati kirib keldi. 
Ellinizm 
— Makedoniya, Yunoniston, O‘rta dengizning sharqiy sohillari, G‘arbiy Osiyo, 
Qora dengiz atrofidagi mamlakatlar tarixining Aleksandr (Iskandar) istilosi (mil. av. 334-323 
yillar)dan mil. av. 30-yilda Misr Rim qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol etilgan paytgacha o‘tgan 
davr. «Ellinizm» atamasi ilmda dastlab nemis olimi I.G. Droyzenning 1836-1843 yillarda chop 
etilgan 2 jildli 
«Ellinizm tarixi»
asarida qo‘llangan va ushbu atama orqali ellinlarning Sharq 
mamlakatlaridagi hukmronligi va ular madaniyatining Sharq xalqlari madaniyati bilan 
uyg‘unlashib hosil qilgan yangi madaniyat tushunilgan. 
Ellinizm davri Qadimgi Yunon va Qadimgi Sharqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
munosabatlarining qo‘shilish va bir-biriga ta’sir ko‘rsatish davridir, bu davrda madaniyat va 
san’atda ham an’analar qo‘shilib bordi, uyg‘unliqda rivojlandi. Davr ruhi va xususiyatlari
ayniqsa, memorlik va monumental san’atda o‘zining yorqin ifodasini topdi. Hukmdorlar 
o‘zlarining saltanatlarini muhtasham binolar, ajoyib san’at namunalari bilan boyitishga harakat 
qildi.
O‘rta Osiyoning ellinistik davrdagi me’morligi xarakteri uning janubiy hududlarida 
seziladi. Bu davrda qurilgan binolar xarakterida 

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin