1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
1-mavzu (m-)

«Ming bir 
shahar mamlakati»
deb atalganligi unda shaharlarning ko‘p bo‘lganligidan guvoxlik beradi. 
Baqtriyada asosan oromiy yozuvidan va mahalliy tillardan foydalanilgan. Mil. av. VI - IV 
asrlarda Baqtriya madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan:
Birinchisi,
ko‘proq ko‘chmanchi aholi madaniyati
bilan bog‘liq bo‘lib, adabiyotda 
«hayvon uslubi»
(mehnat va jang qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlarini turli hayvonlar suratlari 
bilan bezash) deb yuritiladi.
Ikkinchisi,
o‘troq baqtriyaliklar madaniyati 
yodgorliklarida aks etgan (
qarang:
Amudaryo xazinasi va b.). Baqtriya madaniyati, ayniqsa mil. av. 1-ming yillikning so‘nggi 
asrlarida yuksalgan. Mahalliy xalq madaniyati yunon, hind va fors madaniyatlari an’analari 
ta’sirida ham boyigan. Mil. av. II – I asrlarda ipakchilik va pillachilik rivojlangan (
qarang:
Sopollitepa). Bu davrga oid me’morlik yodgorliklari, numizmatika materiallari, tasviriy va 
amaliy san’at namunalari Termiz, Zartepa, Dalvarzintepa, Xolchayon va boshqa joylardan 
topilgan. 
Sak qabilalari madaniyati
— Osiyoning (jumladan, O‘rta Osiyoning) dasht, cho‘l va tog‘ 
oldi hududlarida yashagan ko‘chmanchi aholi madaniyati. Sak tilida yozilgan eng qadimgi 
manba – Olmaota atrofidagi 
Issiq mozor
qo‘rg‘onidan topilgan kumush idishdagi yozuv (26 
belgi) bo‘lib, u mil. av. V asr bilan sanalanadi. Sak tillarida bitilgan hujjatlarning asosiy qismi 
Sharqiy Turkistonning Xo‘tan vohasidan topilgan. Ular VII – X asrlarga oid. 
Saklar yodgorliklaridan jez va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat buyumlari, 
mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Taniqli olim Bahodir Eshovning bergan 
ma’lumotlariga ko‘ra sak qabilalari madaniyati skiflar madaniyatiga o‘xshaydi. Jezdan ishlangan 
san’at buyumlarida ham yaqin xususiyatlar va katta o‘xshashliklar bor. Mustahkam madaniy 
aloqalar ko‘chmanchilarni bir-birlari bilan bog‘lab turgan. Shuning uchun ham madaniy 
an’analari va urf-odatlari ularning yashash sharoitidan kelib chiqib, bir-biridan uncha farq 
qilmagan. 
Axomaniy va ellin an’analari, san’ati va madaniyat yodgorliklari.
Axomaniylar davrida 
vujudga kelgan san’at O‘rta Sharq halqlari tarixida o‘ziga xos iz qoldirdi. Bu san’at bevosita 
O‘rta Sharqda yashagan xalqlarning yangi o‘zaro munosabati natijasida, atrofdagi xalqlar 
madaniyati ap san’ati ta’sirida ravnaq topdi. Jumladan, Persepol va Suza saroylarini qurishda 
Sug‘d, Baqtriya va Xorazmdan kelgan usta va san’atkorlar mehnat qilganliklari haqidagi 
ma’lumotlar mavjudligi shundan dalolat beradi. Shu bilan birga, Axomaniylar davri san’ati 
atrofidagi mamlakatlar madaniyatiga, jumladan, O‘rta Osiyo madaniyatiga taraqqiyotiga ham 
o‘zining sezilarli ta’sirini o‘tkazgan.
Axomaniylar tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olishi natijasida 
oromiy yozuvi
ham kirib 
keldi. Ma’lumki, oromiy yozuvi va oromiy tili mil. av. VI – IV asrlarda yangi ossur va qadimgi 
fors davrlarida butun G‘arbiy Osiyoda, hatto Misr, Kichik Osiyo va Hindistonda 
devonxonalarning rasmiy yozuvi va tiliga — xalqaro aloqa vositasiga aylangan. Oromiy alifbosi 
ham faqat undoshlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat bo‘lgan. 
Mil. avv. VI-IV asrlarda O‘rta Osiyodagi badiiy hayot va madaniyatni tushunishda 
Amudaryoning yuqori oqimi tomonidan topilgan 

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin