Ferdinand Paul Vilgelm Rixtgofen
o‘zining «Xitoy» nomli yirik ilmiy asarida
ulkan Evroosiyo materigining turli qismlarini bog‘lovchi yo‘llar tizimini «Ipak yo‘li» deb
atagan, keyinchalik «Buyuk Ipak yo‘li» atamasi qabul qilingan. «Buyuk» so‘zi yo‘lning juda
ham uzun bo‘lganligini hamda juda ko‘p xalqlar taqdiriga aloqadorligini anglatadi. «Ipak» so‘zi
esa yo‘lning asosan qimmatbaho mahsulot — Xitoy ipagi savdosiga xizmat qilganligini bildiradi.
XIX asrning 2 – yarmiga qadar bu yo‘l
«G‘arbiy meridional yo‘l»
deb atalar edi.
Buyuk Ipak yo‘li haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 138-yilga to‘g‘ri
keladi. Bunda xitoylik diplomat va sayyoh Chjan Syan (? – mil. avv. taxm. 103)ning xizmatlari
muhim rol o‘ynaydi. Chjan Syan yurgan yo‘l bo‘ylab miloddan avvalgi II – I asrlarda Xitoy
mamlakatini Markaziy va G‘arbiy Osiyo bilan bog‘lovchi jahon ahamiyatiga ega «Buyuk Ipak
yo‘li» deb ataluvchi karvon yo‘liga asos solinadi. Umumiy uzunligi 12 000 km dan iborat
Buyuk Ipak yo‘li Xitoydagi Xuanxe daryosining o‘rta oqimida joylashgan
Sian shahridan
boshlanib, Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan. Bu yerda yo‘l ikkiga ayrilgan.
Sohibqiron Amir Temur Buyuk Ipak yo‘linining rivojlanishida katta rol o‘ynagan davlat
arbobidir. U savdo yo‘llari orqali xalqaro hamkorlik va integratsion jarayonlarni tezlashtirish, el
va davlat farovonligini ta’minlashni yaxshi anglab etgan. Shuning uchun ham Amir Temurning
geosiyosat yo‘nalishida Buyuk Ipak yo‘li masalasi alohida ahamiyat kasb etgan. Amir Temur
asrlar davomida Movarounnahr hududlaridan o‘tgan, ammo mo‘ng‘ullar davrida yo‘nalishlari
birmuncha buzilgan Buyuk Ipak yo‘lining an’ana va yo‘nalishlarini qaytadan tikladi va
rivojlantirdi. Buyuk Ipak yo‘lining eng so‘nggi rivojlanish davri ham Amir Temur va Temuriylar
davriga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘l XVI asrdan e’tiboran o‘z ahamiyati va rolini yo‘qotib, tushkunlik
sari yuz tutdi.
Dostları ilə paylaş: |