1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
1-mavzu (m-)

salavkiylar sulolasi nomi
bilan bog‘liq. O‘rta Osiyoda 
ishlangan tangalarda portretlar tashqi ko‘rinishi bilan birga, shaxsning fe’l-atvorini ham 



haqqoniy tasvirlab, yunon bo‘rtma tasvirlaridan o‘tib ketdi, 
«o‘rta osiyocha» mo‘‘jaz portret 
san’ati rivojlandi. 
Tangalar yuzasiga o‘ng tomonga qarab turgan podsholarning tasviri 
tushirilgan, orqa tomonida yunon afsonaviy qahramonlari tasviri va yozuv mavjud. Bu har ikki 
tomon tasvirida ellinlarning san’ati an’analari sezilarli. Bu tasvirlar, ayniqsa, podsholarning 
miniatyur portretlari o‘zining o‘tkir realizmi bilan xarakterlanadi. Jumladan, Yunon-Baqtriya 
podshosi Demetriy (mil. av. 200-185), Evkradit (mil. av. 185-171) portretlari alohida o‘rinni 
egallaydi. Demetriy portreti shu davr realistik 
portret san’atining
nodir yodgorligi hisoblanadi. 
Haykaltarosh bu portretda tasvirlanuvchining o‘ziga xos individual qiyofasi va xarakterini ifodali 
aks ettira olishi bilan kishini hayratlantiradi. Amaliy san’atda ham yunon san’atiga taqlid qilish 
yoki yunon san’ati namunalaridan foydalanish keng avj oldi. Mahalliy ustalar grek kulolchilik 
formalaridan o‘z ijodlarida keng foydalandilar. 
Yunon-Baqtriya podsholigi davrida ham an’anaviy teatr san’ati va musiqa san’ati 
rivojlangan. Ushbu podshohlik davrida Oyxonim (Shimoliy Afg‘oniston), Nisoda maxsus teatrlar 
bo‘lib, ularda Evripidning 
«Alkesta», «Ippolit»
kabi tragediyalari ko‘rsatilgani haqida ma’lumotlar 
ma’lum. Xususan, podsholar saroyida yunonistonlik aktyorlar, musiqachi va raqqoslarning 
guruhi mavjud bo‘lgan. Ayniqsa, yunon xalq teatrining «maskars», «mim» (grekcha «mimos» - 
antik xalq teatrning komediya janri) singari turlari keng yoyilgan. Antik mifologiya va sharq 
afsonaviy qahramonlari uyg‘unligida yangi tiplar yuzaga kela boshladi. Sharq va G‘arbning 
yaqinlashuvini Yunon-Baqtriya boshlab beradi, Bu holat Parfiya davlatiga ham ta’sir qilib, uning 
madaniyati va san’atida aks etdi.

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin