1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja


ossuariy («ostadon», lot. os — suyak)



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
1-mavzu (m-)

ossuariy («ostadon», lot. os — suyak) 
deb 
ataluvchi odamlar suyagini saqlash uchun mo‘ljallangan sopol, tosh yoki ganchdan yasalgan 
idishlar muhim daliliy ashyo bo‘lib xizmat qiladi.
O‘rta Osiyo xalqlarida ossuariyga solib ko‘mish odati mil. av. 1 ming yillikning 1-
yarmida shakllanib, mil. VIII asrgacha (islomiy dafn rusumlari qabul qilinguncha) davom etgan. 
Xorazmdan topilgan qadimgi 
ossuariy
haykallar shaklida bo‘lib, o‘liklarni ilohiylashtirishni 
ifodalagan. O‘rta Osiyo, Eron, Falastin, Misr va boshqa joylardan ko‘plab 
«ostadon» 
topilgan 
bo‘lib, ular erga yoki novuslarda saqlangan. 
Ossuariy idishlar bo‘rtma va dumaloq tasvirlar bilan bezatilgan bo‘lib, ba’zilarida hayotiy 
voqealarni aks ettiruvchi suratlar mavjud. O‘rta Osiyo qadimgi davri madaniyati va san’atini 
o‘rganishda er ostidan, qabrlardan topilgan turli amaliy san’at namunalari, jang, mehnat, ov 
qurollari ham muhim rol o‘ynaydi. Ossuariylar eng ko‘hna udumlarni o‘rganishga, ajdodlar 
amaliy san’atining nozik qirralarini aniqlashga ko‘maklashadi. 
Zardushtiylik dini asosida O‘rta Osiyo zaminida an’anaviy teatr ham taraqqiy etgan. Xususan, 
mil. av. VII - VI asrlardayoq Turonda zardushtiylik va uning mukaddas kitoblar to‘plami — 
Avesto bilan bog‘liq 2 toifa — 
kulgili va qayg‘uli tomoshalari
shakllangan.
Taxm. mil. av. 1 ming yillik davrida qadimgi dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, 
Rim madaniyati kabi O‘rta Osiyo madaniyatida ham kasbiy 
musiqachilar maktablari
shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib 
ijod qilgan. Natijada ayrim cholg‘u, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bulgan. 



Arxeologik qazishmalar natijasida eneolit davridayoq O‘rta Osiyo hududida eng ilk 
sug‘orish inshootlari barpo bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eneolitdan jez davriga o‘tish bosqichida 
sopol buyumlarga naqsh ishlash bilan birga inson va hayvonlar shaklini ham chizish keng tus 
olgan. Anov madaniyati yodgorliklarini boshqa mintaqa topilmalari bilan qiyosiy o‘rganilishi 
natijasida jez davrida, mil. avv. III-II ming yillik oxirida O‘rta Osiyo janubida ilk shahar 
madaniyati, Qadimgi Sharq tipidagi mahalliy madaniyat vujudga kelgan deb hisoblanadi. 
Baqtriya (Baqtriyona, Baxtar zamin Baqtriya)
— Amudaryoning yuqori va o‘rta 
oqimidagi tarixiy viloyat. Asosan hozirgi O‘zbekiston va Tojikistonning janubiy viloyatlari 
hamda Afg‘onistonning shimoliy qismini o‘z ichiga olgan. Baqtriyaning o‘tmishda 

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin