1-mavzu: Kirish. Qadimgi davr madaniyati va san’ati, uning taraqqiyot bosqichlari (2 soat) Reja



Yüklə 347,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix28.09.2023
ölçüsü347,59 Kb.
#150380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
1-mavzu (m-)

Tasviriy san’at 
— nafis (plastik) san’at sohasi bo‘lib, 
rassomchilik, haykaltaroshlik va 
grafikani
o‘z ichiga oladi.
Me’morlik

arxitektura
— foydalanishdagi maqsad va vazifalar, zamonaviy texnik 
imkoniyatlar va jamiyatning estetik karashlaridan kelib chiqib bino va inshootlarni loyihalash va 
qurish san’ati.
Musiqa 
(yunoncha, mousiche – muzalar san’ati) — inson hissiy kechinmalari, fikrlari
tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton, nag‘ma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks 
ettiruvchi sanat turi. Insonning musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro 
va tinglash (o‘quv). 
Teatr
(yunoncha, theatron – tomoshagoh) — 1) san’at turi; uning o‘ziga xos ifoda 
vositasi aktyorning omma oldidagi o‘yini jarayonida yuzaga keladigan sahnaviy voqeadir. Teatr 
asosida og‘zaki yoki yozma dramaturgiya yotadi. Teatr sintetik san’at bo‘lib, jamiyat hayotida, 
tomoshabinlarning ma’naviy va estetik tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Unda dramaturgiya
musiqa, tasviriy san’at, raqs, me’morlik ajralmas birlikni tashkil etadi. Teatrning muhim 
vositalaridan biri sahna nutqidir. 
Kino san’ati
— kinematografiyaning texnik vositalar asosida shakllangan badiiy ijod 
turi; ekran san’atining muhim tarkibiy qismi. Kino san’ati kinematograf bilan bir vaqtda paydo 



bo‘ldi. Kinematograf esa fan va texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq holda yuzaga keldi va asta-
sekin zamonaviy iqtisod, san’at va madaniyatning eng zarur sohasiga aylandi.
San’atning turlari o‘z predmeti, tasvir vositalari va ifoda imkoniyatlari jihatidan bir 
biridan farq qiladi. Macaslan, adabiyotda asosiy ifoda vositasi bo‘lib til xizmat qiladi; tasviriy 
san’atda bo‘yoqlap orqali konkret hissiy obraz gavdalantiriladi; teatrda pesa qaxramonlarining 
siymosi aktyorlarda o‘z aksini topadi. San’at inson faoliyatining badiiy ijodiyoti bilan 
bog‘liqligini e’tiborga olib, fanning predmeti sifatida O‘rta Osiyo xalqlarining san’at sohasidagi 
badiiy ijodiy faoliyati va yuksak mahorati, shuningdek, san’at bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni 
ko‘rsatish mumkin.

Yüklə 347,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin