1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar


Ishonchlilik va xavfsizlik



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə3/51
tarix25.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#148249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

2. Ishonchlilik va xavfsizlik
Ishonchliligini baholash uchun quyidagilar qo'llaniladi:
Tayyorlilik darajasi tizim ishlatilishi mumkin bo'lgan vaqtni anglatadi. Tizimning ortiqcha tuzilishini kiritish orqali tayyorlilikni yaxshilash mumkin: tizimning asosiy elementlari bir nechta nusxada bo'lishi kerak, shunda ulardan biri ishlamay qolsa, boshqalari tizimning ishlashini ta'minlaydi.
Umumiy ishonchlilikning yana bir jihati - bu xavfsizlik, ya'ni tizimning ma'lumotlarni ruxsatsiz kirishdan himoya qilish qobiliyatidir.
Ishonchlilikning yana bir o'ziga xos xususiyati - bu xatoliklar. Tarmoqlarda nosozliklarga chidamlilik tizimning individual elementlarining ishdan chiqishini foydalanuvchidan yashirish qobiliyatini anglatadi. Nosozliklarga chidamlilik tizimda uning elementlaridan birining ishlamay qolishi to'liq to'xtashga emas, balki ish sifatining ma'lum darajada pasayishiga olib keladi.
3. Kengayuvchanlik va o'lchovlilik
Kengayish - bu tarmoqning individual elementlarini (foydalanuvchilar, kompyuterlar, qurilmalar, xizmatlar) nisbatan osonlikcha qo'shish, tarmoq segmentlari uzunligini oshirish va mavjud bo'lgan apparatni kuchliroqlariga almashtirish qobiliyatini anglatadi. Bunday holda, tizimni kengaytirishning qulayligi ba'zan cheklangan chegaralarda ta'minlanishi juda muhimdir.O`lchovliligi shuni anglatadiki, tarmoq juda keng doirada tugunlar sonini va bog'lanish uzunligini ko'paytirishi mumkin, shu bilan birga tarmoq ishlashi yomonlashmaydi. Tarmoqning kengaytirilishini ta'minlash uchun siz qo'shimcha aloqa uskunalarini ishlatishingiz va tarmoqni maxsus usulda tuzishingiz kerak bo'ladi.
4. Ochiqlik
Tarmoqning ochiqliligi tarmoq foydalanuvchilarga tarmoqning murakkab tizimi bilan bog'langan kompyuterlar to'plami sifatida emas, balki vaqtni taqsimlash tizimiga ega bo'lgan yagona an'anaviy kompyuter sifatida taqdim etilganda erishiladi.
3 Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining maqsadi
Reja:
1)Komputer tarmoqlarining yaratilish tarixi
2)Kompyuter tarmogʻidan asosiy maqsad
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo'lib, unga «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» fanidan ma'lum bo'lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma'lumotlar ombori, ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi. XX asrning 90yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib ketdi. Bizning asrimiz, ya'ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi, uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatidagi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasawur qilish qiyin. Hozirgi kunda har bir tashkilot, o'quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma'lum darajada avtomatlashtirishga oid muammolarni yechish bilan shug'ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko'radi va pirovardida o'zida avtomatlashtirish uchun kerak bo'ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga o'rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildanyilga yangilanib, texnik jihatdan takomillashtirib boriladi. XX asrning so'nggi o'n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida jamiyatning har bir a'zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so'ng, axborotlashti­rish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo'nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so'nggi 5—6 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzuniyatga aylanganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda axborot va kompyuter texnologiyalari atamalari kundalik turmushda eng ko'p qo'llaniladigan tushunchalar desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki hayotning qaysi sohasini olmaylik, qanday amallarni bajarmaylik, albatta, axborotlar bilan ish ko'ramiz. Ya'ni axborotlardan foydalanish, axborot almashish, ularni uzatish, o'zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashqil etadi. Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta'sir etuvchi eng muhim omildir. Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lgan bo'lsada, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya'ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma'lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog'liq faoliyat sohalari tashqil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko'proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda. Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalarigachiptalar buyurtma qilish, mehmonxona hisobkitoblari tizimlari misol bo'ladi. Yaratuvchi (ijodiy) axborot texnologiyalari axborotlarni ishlab chiqadigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashti­rish zarurligini ko'rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo'ladi. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fantexnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta'minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish — inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog'liq obyektiv jarayon hisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o'sishi hamda fantexnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo'nalishga ajratish mumkin:
1. Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
2. Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish.
3. Tashqiliy jqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
4. Aholiga xizmat ko'rsatish sohasini axborotlashtirish.
5. Ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Har qanday fan borliqning ba'zi tushunchalarini umumlashgan, birbiriga bog'langan holda o'rganadi. Masalan, fizika tabiatdagi voqealar, hodisalar, ularning kelib chiqish shartsharoitlari, ulardan inson hayotida foydalanish kabilarni o'rganadi. Fizikani o'qitishda turli usul va uslublardan foydalaniladi. Fizikada bilishning asosini nazariy bilim va o'zlashtirilgan bilimni amaliyotda tekshirish tashqil etadi. Nag ikkala holda ham materialni o'zlashtirishda malum darajadagi axborotlar majmui o'quvchilar ongiga yetkaziladi. Bilim olishda, ya'ni ma'lum turdagi axborotlarni o'zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Axborot qanday ko'rinishda ifodalanishidan qat'i nazar, uni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va foydalanishda kompyuter texnikasining rolini quyidagilar belgilaydi:
Birinchidan, o'qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart (an'anaviy) tizimga nisbatan o'quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ular ijodiy faoliyatini o'stiradi, bilim berishga differensial yondashish, olingan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash va nazorat qilishni yengillashtiradi, talabani o'quv jarayonining subyektiga aylantiradi.Ikkinchidan, yangi axborot texnologiyalaridan ta'limtarbiya jarayonida quyidagi shakllarda foydalanish mumkin bo'ladi:
• muayyan predmetlarni o'qitishda kompyuter darslari;
• kompyuter darslari — ko'rgazmali material sifatida;
• talabalarning guruhli va frontal ishlarini tashqillashtirishda;

• talabalarning ilmiy izlanishlarini tashqillashtirishda;



• talabalarning o'qishdan bo'sh vaqtlarini to'g'ri tashqil qilish masalalarini hal etishda va h.k.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin