1 Mavzu: Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar


Kompyuter tarmoqlarining sinflarga boʻlinishi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə5/51
tarix25.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#148249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
1 Mavzu Kompyuter tarmoqlari. Asosiy tushunchalar

5 Kompyuter tarmoqlarining sinflarga boʻlinishi
Reja:
1 Kompyuter tarmoqlari sinflari
2 Tarmoq turlari
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo etarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).Tarmoq servisi
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
-fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
- print - server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
-faks – server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
-elektron pochta (E-mail) - mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi.
-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish mumkin.
Dastlabki EHMlarning yaratilishi davrida, mashhur matematik Jon fon Neyman 1945 yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda universal va maqbul bo’lishi kerakligini aytib o’tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman printsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur printsip asosida ishlaydi. Fon Neyman printsipiga ko’ra kompyuter quydagi qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:Boshqarish qurilmasi
Arifmetik- mantiiqiy qurilma
* Arifmetik- mantiiqiy qurilma –arifmetik va mantiiqiy amalllarni bajaradi.
* Boshqarish qurilmasi - dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha boshqaruv vazifalarini bajaradi.
* Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma’lumot yoki
dasturlarni o’zida saqlaydi.
* Tashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi.
Hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkonyatalri hozirgi kunda behisob desak adashmaymiz. Shunday imkonyatlarga Pentium kompyuterlari ham egadir. Bu kompyuter mashxur Inernational Business Mashines Corporation korxonasining mahsulidir.
Shaxsiy kompyuterlarning ommalashishida mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi intel va MS DOS, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, XR, MS Word, MS Excel va boshka amaliy dasturlarni yaratgan, xamda rivojlanayotgan Microsoft firmasining munosib ulushi bor.
Zamonaviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari
Nazariy qism
Katta kompyuterlar sinifi
Elektron hisoblash mashinalarning rivojlanish tarixiga nazar soladigan bo’lsak biz bilamizki EHMlarni yaratilishi va elementli asoslariga kura kuydagi avlodlarga bulinadi:
1-avlod, 1950 -yil: elektron vakuum lampalarda ishlovchi EHM;
2-avlod, 1960 -yil: yarim utkazgachli asboblarda(tranzistorlarda) ishlovchi EHM;
3-avlod, 1970 -yil: kichik va uta yukori darajali integratsiyasi bo’lgan yarim utkazgichli integral sxemalarda ishlovchi EHM;
4-avlod,1980 -yil: katta va uta katta integral sxemalarda ishlovchi EHM;
5-avlod, 1990 -yil: bilimlarni kayta ishlaning samarali tizimlarini kurishga imkon beruvchi, bir kancha unlab parallel ishlovchi mikroprotsessorlari bo’lgan EHM; bir paytda unlab izchil buyruklarni bajaruvchi, paralel-vektorli tuzilmasi bo’lgan uta murakkab mikroprotsessorlarda ishlovchi EHM;
6- va undan keyingi avlodlar: ommaviy parallelizm va neytron tuzilmali- neytron biologik tizmlar tuzilishini modellashtiruvchi, uncha murakkabbulmagan mikroprotsessorlar kup kup sonli taksimlash tarmogi bo’lgan optoelektronli EHMlardir.
EHMlarning xar bir avlodi oldingisiga karaganda juda kup muhim xususyatlarga ega jumladan, EHMning ish samaradoligi va barcha yodda tutivchi moslamalr sigimi odatda ortik buladi.
Vazifasiga kura EHMlar uch guruhga bulinadi: universal, muammoli-yunaltiilgan va ixtisoslashgan EHM.
Universal EHMlar turli muxandislik-texnik vazifalar:iktisodiy, matematik, axboot va boshka, algoritmlar murakkabligi xamda ma’lumotlarni kayta ishlash xajimlarining kattaligi bilan ajralib turuvchi vazifalarni xal etish muljallangan. Ular ommaviy foydalaniladigan hisoblash markazlari va boshka kudratli hisoblash komplekslarida foydalaniladi.
Muammoli-yunaltirilgan EHM odatda tenologik ob’ektlarni boshqarish; nisbatan uncha katta bulmagan ma’lumotlar xajimlarini ruyxatdan utkazish, tuplash kayta ishlashJ nisbatan uncha katta bulmagan algoritmlar hisob-kitobini bajarish bilan boglik ancha tor doiradagi vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi; ular universal EHMga nisbatan cheklangan apparat va dasturiy resurslarga ega buladi. Muammoli-yunaltirilgan EHMlar turli-tuman boshkaruv hisoblash komplekslarini misol kilib keltirish mumkin.
Ixtisoslashgan EHM tor doiradagi vazifalarni xal etish yoki katt’iy belgilangan guruhdagi vazifalarni amalga oshirishda foydalaniladi. EHMning bunday tor doirada yunaltirilishi ular tuzilmasini anik ixtisoslashtirish, ish faoliyatining yukori samadorligi va ishonchliligini saqlagan holda ularning murakkabligi va tan narxini ancha kamaytirishga imkon beradi. Ixtisoslashgan EHMlarga, masalan, maxsus vazifali mikroprotsessorlar; ayrim nomurakkab texnik qurilmalr,agregatlar va jarayonlarni boshqarish sohasida mantikiy vazifalarni bajaruvchi adapter va kontrollerlarni misol kilib keltirish mumkin.
EHMlarni hajmi va funktsional imkonyatlariga kura uta katta (superEHM), katta, kichik, uta kichik (mikro)- EHMlarga bulinadi. Dastlab katta EHM paydo bo’ldi, uning elementli bazasi elektron lampalardan to uta yuksak integratsiya darajasidagi integral sxemalargacha bo’lgan yulni bosib utdi.
Katta EHMlar xorijda kupincha meynfermlar( mainframe) deb atashadi kuydagi xususyatga ega bulishi lozim:
§ ishlab chiqarish samaradorligi 10 MIPS( sekundiga million operatsiya) dan katta bulmagan;
Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin