Montaj – asl yozuvlarning alohida qismlari ma’lum bir tartibda yig‘ilib, bitta kompozitsiya yaratiluvchi ijodiy jarayon.
Chiziqli bo‘lmagan montaj – real vaqtda raqamli videoni qayta ishlash.
2 – import tugmachasi loyihaga video, musiqa, rasm va boshqa mediafayllar biriktirish uchun ishlatiladi;
3 – foto va videoga filtrlar biriktirish uchun ishlatiladi;
4 – o‘tishlar videofragmentlar orasiga maxsus animatsiya joylashtirish uchun ishlatiladi;
5 – filtrlar matnli ma’lumotlar joylashtirish uchun ishlatiladi;
6 – stiker (yorliq)lar videoga turli figura va tasvirlar o‘rnatish uchun ishlatiladi;
7 – turli uskunalarga maxsus effektlar (rang korreksiyasi, mashtablash va hokazo) kiradi;
8 – montaj stolida foydalanuvchi tomonidan qo‘shilgan barcha video, audio, matn va
tasvirlar aks etadi. Ijro etish tartibini sichqoncha yordamida o‘zgartirish mumkin;
9 – uskunalar paneli yordamida timelineda tanlangan bir yoki bir nechta klipni tahrir qilish yoki o‘chirish mumkin;
10 – videopleyerda kliplarni alohida yoki butun loyihani oldindan ko‘rish, shuningdek, oldindan ko‘rish slayderini bir kadr oldinga yoki orqaga qaytarish mumkin. Videopleyerdagi
o‘tish paneli loyihaning butun uzunligiga nisbatan pozitsiyani aks ettiradi;
11 – eksport tugmachasi. Loyiha tayyor bo‘lgach, videoni videopleyerda ijro etish,
qurilmalarda ko‘rish, Internetga yuklash yoki eksport qilishni boshlash uchun “Saqlash” tugmachasi bosiladi.
LOYIHALAR BILAN ISHLASH M ovavi Video Editor dasturida yaratilgan loyiha * .mepx tipida saqlanadi. Loyiha montaj stolidagi videofayllar tartibini hamda tahrirlash paytida boshqa harakatlarni o‘z ichiga oladi.
YANGI LOYIHA YARATISH Dastur ishga tushurilganidan so‘ng “File” menyusidan “Create
Quick Video” bandi tanlanadi.
LOYIHANI SAQLASH 1 . Yaratilgan loyihani saqlash uchun “File” menyusidan “Save Project” bandi tanlanadi.
2. Ochilgan oynaga loyiha nomi kiritiladi.
3. “Save” tugmachasi bosiladi. Loyihalar foydalanuvchining «\My videos\Movavi Video Editor Video Editor\Projects»
papkasida saqlanadi.