Ovoz kartasi – yuqori imkoniyatlar bilan ishlovchi akustik tizim orqali ovozlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilma.
Videokarta – kompyuter xotirasida saqlanayotgan tasvirlarni monitorda tasvirlashga moslashtiruvchi qurilma.
Tarmoq kartasi – Ethernet texnologiyasi asosida lokal kompyuter tarmog‘iga ulanishni ta’minlovchi qurilma.
Kompyuter konfiguratsiyasi – kompyuterga o‘rnatilgan qurilmalar ko‘rsatkichlari.
Kompyuter yaxlit bitta qurilmadan emas, balki bir nechta turli xil tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Desktop (stol usti) kompyuterlarida qurilmalar tizimli plataga biriktirilmaganligi sababli, istalgan vaqtda birorta qurilmani boshqa yangi qurilma bilan almashtirish mumkin. Demak, bunda foydalanuvchi o‘z ish faoliyatidan kelib chiqib, kompyuter imkoniyatlarini o‘zi belgilashi mumkin ekan. Kompyuter foydalanuvchilari kompyuterda bajargan ishlariga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi: •oddiy foydalanuvchi – brauzerda turli veb-sahifalarni k‘orib chiqadi, elektron pochtadan foydalanadi, musiqa tinglab, videokliplar tomosha qiladi; •ilg‘or foydalanuvchi – brauzerda turli veb-sahifalarni k‘orib chiqadi, elektron pochtadan foydalanadi, matn muharrirlari, elektron jadvallardan faol foydalanadi, o‘z faoliyatida soddaroq grafik muharrirlarni qo‘llaydi, flash-texnologiyalar asosida yaratilgan oddiy o‘yinlarni.
№4 Mavzu: Operatsion tizimlar Reja: Kompyuter yoki mobil qurilmalarda dasturlarni ishga tushirish uchun operatsion tizim.
Operatsion tizim vazifalari
Kompyuter yoki mobil qurilmalarda dasturlarni ishga tushirish uchun operatsion tizim o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Оperatsion tizimdeb, foydalanuvchiga kompyuter bilan muloqot o‘rnatish, kompyuter xotirasida saqlanayotgan axborot va dasturlarni, kompyuter qurilmalarini boshqarish imkonini beruvchi dasturlar majmuasiga aytiladi.
№5 Mavzu: Xizmat ko‘rsatish dasturlari.
Reja: Xizmat ko‘rsatish dasturlari.
Ma’lumki, kompyuter ish jarayonini tashkil qilish uchun dasturiy ta’minotga tayanadi.
Ba’zan bir nechta faylni bitta faylga bog‘lash zarurati tug‘iladi.
Ma’lumki, kompyuter ish jarayonini tashkil qilish uchun dasturiy ta’minotga tayanadi. Dasturiy ta’minot esa o‘z vazifalaridan kelib chiqqan holda tizimli, amaliy va uskunaviy dasturiy ta’minotlarga bo‘linadi.
Demak, mavzu yordamida tizimli dasturiy ta’minot sinfiga taalluqli arxivator, kodek va konvertor kabi xizmat ko‘rsatish dasturlari bilan yaqindan tanishamiz.
Ba’zan bir nechta faylni bitta faylga bog‘lash zarurati tug‘iladi. Deylik, fayllarni pochta, skayp yoki telegram orqali kimgadir yuborish kerak. Yoki flesh-xotiraning hajmi zarur barcha fayllarni bir vaqtning o‘zida yuklashga imkon bermaydi. Demak, fayllar hajmi katta bo‘lib, qulaylik uchun ularni bitta umumiy faylga birlashtirish zarurati tug‘ilsa, bizga arxivatordeb nomlangan dastur yordam berar ekan.
Arxivator – ma’lumotlarni uzatish yoki saqlash qulay bo‘lishi uchun bir yoki bir nechta faylni bitta fayl arxiviga yoki qator arxivlarga yo‘qotmasdan siqish uchun mo‘ljallangan dastur.