1 Mavzu: Kompyuterning rivojlanish tarixi. Kompyuterning tashqi qurilmalari. Reja



Yüklə 104,99 Kb.
səhifə9/11
tarix14.12.2023
ölçüsü104,99 Kb.
#177010
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1-kurs konspekt yangi

Mantiqiy funksiyalar formulalardagi shartlarning bajarilish natijasi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Bunda shartlar o‘ta xilma-xil bo‘lishi mumkin, ammo mantiqiy funksiyalar natijasi faqat ikkita: shart bajariladi (TRUE) yoki shart bajarilmaydi (FALSE) qiymatlarini qabul qiladi.

И” funksiyasi bir nechta shartlar orasidagi bog‘lanishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Funksiya bilan bog‘liq barcha shartlar bajarilgandagina, u rost (“True”) qiymatni qabul qiladi. Agar kamida bitta argument yolg‘on (“False”) qiymatni qabul qilsa, “И” funksiyasi ham yolg‘on qiymatni qabul qiladi. Funksiya 1 dan 255 gacha argumentni o‘z ichiga olishi mumkin.

.9 Mavzu: Diagramma va grafiklarni hosil qilish. Diagramma va grafiklarni tahrirlash.


Reja:

  1. Diagramma va grafiklarni hosil qilish

  2. Diagramma va grafiklarni tahrirlash

Elektron jadvaldagi ma’lumotlarni tahlil etishda samarali ko‘rinishlardan biri ularni diagramma ko‘rinishida ifodalashdir. Dastur jadvaldagi sonli ma’lumotlarni bir necha ko‘rinishdagi diagrammalar orqali ifodalash imkoniyatini beradi.
Diagramma – sonli ma’lumotlarning o‘zaro taqqoslangan holda grafik ko‘rinishda tasvirlanishi. MS Excel dasturida bir necha xil diagramma turlaridan foydalanish mumkin. Ularning foydalanuvchilar orasida keng tarqalgan turlari bilan tanishamiz.
1.Gistogramma – elektron jadval ma’lumotlarini taqdim etishning ma’lumotlar qiymatlarini taqqoslash uchun gorizontal yoki vertikal ustunlardan iborat eng oddiy usullaridan biri. Elektron jadvaldagi qandaydir ma’lumotlar asosida gistogramma yaratish kerak bo‘lsa, ular belgilanadi va gistogrammaning ma’qul topilgan turi tanlanadi.

2.Doiraviy diagramma yoki “pirog diagramma” deb nomlanuvchi bu grafik tasvir berilgan miqdor umumiy miqdorning qancha qismi yoki foizini tashkil etishini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Bunday diagrammalarda butun doira 100 % ni, alohida sektorlar esa butunning muayyan qismini tashkil qiladi.


  1. Grafiklar – diagrammaning gistogramma ko‘rinishiga o‘xshash turi. Ularning uch turi mavjud: • oddiy grafik ("Простой"); • to‘ldirilgan grafik ("График с накоплением"); • normal to‘ldirilgan grafik ("Нормированный график с накоплением"). Bunda markerlarga ega yoki markersiz grafiklarni qurish mumkin.



Yüklə 104,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin