“O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonunga ham tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Bu o‘zgartishlarning alohida e’tiborlisi – xalqimizning eng mo‘tabar qo‘shig‘ini tinglash bilan bog‘liq. Garchi hozirga qadar davlatimiz madhiyasi yangraganda xalqimiz uni tik turgan holda o‘ng qo‘l kaftini chap ko‘kragiga qo‘yib, ichki hurmat va ehtirom bilan tinglasa-da, bu holat qonuniy jihatdan belgilanmagan edi. Madhiyamizga oid qonunning 7-moddasi yangi tahrirda bayon etilishi bu boradagi barcha masalaga oydinlik kiritdi.