– Xalqimiz azal-azaldan barcha xayrli ishni o‘ng bilan boshlaydi va bu rostlik, ezgulik tantanasini ifodalaydi, – deydi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-akademik litseyning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Nurmuhammad Nahanov. – Har gal o‘quvchilarimizning o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib madhiyamizni tinglayotganini ko‘rsam, ichki mamnuniyat ularning yuzida ham zuhur etganiga amin bo‘laman. Davlatimiz madhiyasini tinglash madaniyatining yozma tarzda ifodalangani, shubhasiz, yoshlarimiz kamolotiga xizmat qiladi, ularga hamisha milliy iftixorimizni eslatib turadi.