…Muazzam madhiyamiz sadolari bilan tongni qarshi olamiz, har kuni gerbimiz tasviri tushirilgan milliy valutadan foydalanamiz, sportchilarimiz bayrog‘imizni baland hilpiratganda ko‘nglimiz g‘urur-iftixorga to‘ladi. Bularning barchasi qalbimizga ona suti, allasi va ulug‘ ajdodlarimiz o‘giti bilan kirgan bemisl milliy qudrat, yuksak intellekt, mustahkam irodani eslatib turadi. Davlat ramzlariga oid qonunchilikning yanada takomillashgani esa bu boradagi ishlarning muhim huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Zotan, o‘z milliy timsollarini ulug‘lagan xalq hamisha mag‘rur bo‘ladi. Bunday xalqning yo‘li oydin, kelajagi buyukdir.