Korporasiyalar. Korporasiya - hissadorlik jamiyati yoki hissadorlar birlashmasi ko’rinishidagi tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli.
Korporasiya chiqarilgan aktsiyalar qiymati bilan cheklangan majburiyatlar bo’yicha mashuliyatli bo’ladi, o’z nomidan tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, shartnomalar tuzish, qarz olish yoki berish va boshqa huquqiy shaxs harakatlarini amalga oshiradi.
Korporasiya faoliyatini tahminlash uchun korporasiya muassasalarining pul badallari hisobidan nizomiy jamg’arma tashkil etadi, aktsiyalar va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish va sotish orqali nizomiy jamg’armani ko’paytirib borish huquqiga ega.
Korporasiya respublika va xorijiy korxonalar, tashkilotlar xamda xususiy shaxslar bilan ham turli bitishuvlar va boshqa hukuqiy xatti-harakatlarni amalga oshiradi.
Assosiasiyalar ham kontsernlarning vazifasiga o’xshash vazifalarni bajaradi. Lekin, ular korporasiyadan farkdi ravishda xo’jalik yurituvchi subhektlarning ixtiyoriy birlashmalari bo’lishi mumkin. Bu sub’ektlar birlashib, o’z xuquqlari va vazifalarining bir qismini ijroiya idoralariga topshiradilar hamda uni saqlash uchun zarur mablag’lar ajratadilar.
Assositsiyalar foyda olishni o’ziga maqsad qilib qo’ymagan jamoat tashkilotlari tariqasida bo’lishi mumkin. Bu holda u o’z ahzolarining manfaatlarini xuquqiy jihatdan muhofaza qilish, davlat va qonunchilik idoralarida ularning manfaatlarini ifodalash, ularga maslahat xizmatlarini tashkil qilish, faoliyatiga yo’l-yo’riqlar ko’rsatish kabi vazifalarni bajaradi.
Xolding kompaniyasi. Xolding kompaniya - o’zaro kooperatsiyalanish faoliyatini rivojlantirish maqsadi, korxonalar mablag’larini ko’ngilli ravishda birlashtirish natijasida tuzilgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli.
Xoldinglar xuquqiy shaxs hisoblanadi. Xolding kompaniyasi korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarilishini, mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi o’sishini, moddiy, moliya, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanishni, ularning rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan to’la foydalanishni tahminlaydi.
Xolding kompaniyalarining faoliyati "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar xuquqini himoya qilish to’g’risida"gi Qonun va "Xolding haqida Nizom", shuningdek, monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga asosan yuritiladi.
Xolding boshqa aktsiyadorlik jamiyatlarni vujudga keltiruvchi yoki boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining paketiga egalik qiluvchi muassasalar shakliga kiradi.
Taraqqiy topgan chet el davlatlarida sarmoya bozori keng rivojlanganligi tufayli o’zga jamiyatlarning aktsiyalarini tasarruf etish har qanday korxona uchun odatdagi hol. SHuning uchun aktivlari asosan boshqa jamiyatlarning aktsiyalaridan iborat bulgan jamiyatlar xolding kompaniyalari deb yuritiladi. Xolding kompaniyalari faoliyati aktsiyalar majmuasini boshqarish, birja operatsiyalaridan tushadigan dividentlar va daromadlarni to’plash, hamda aktsiyador jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish, ularni boshqaruv organlariga o’z kadrlarini tayinlash kabi vakolatlarga egadir.
Xolding kompaniyalarini tashkil etish sarmoya va ilmiy-texnik resurslarni integratsiyalashga turli korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Kapitalining 50 foizidan ko’prog’ini boshqa emitentlarning qimmatbaxr qog’ozlari va bo’lak moliyaviy aktivlar tashkil etuvchi xoldinglar moliyaviy xolding hisoblanadi. Uning aktivlari tarkibiga faqat qimmatbaho qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek, boshqaruv apparati yuritishni tahminlash uchun bevosita kerakli mol-mulk kirishi mumkin.
Moliyaviy xolding sho’hba korxonalarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashish xukuqiga ega emas.