1-mavzu: Korxonalarning tashkiliy xuquqiy shaklllari Reja



Yüklə 356,5 Kb.
səhifə1/13
tarix27.06.2023
ölçüsü356,5 Kb.
#135451
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-Мавзу.Korxonalarning tashkiliy xuquqiy shaklllari (2)


1-modul. Sanoat korxonalari bozor iqtisodiyotining sub’ekti sifatida


1-mavzu: Korxonalarning tashkiliy xuquqiy shaklllari
Reja

    1. Korxonalar mohiyati va faolyatning asosi

    2. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shaklllri

    3. Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhiti



1.1. Korxonalar mohiyati va faolyatning asosi
Insoniyat xayoti va faoliyatining muhim xususiyati uning moddiy borliq bilan bog’likdigi. Inson nimaiki qilmasin, qanday ishga qo’l urmasin, o’z maqsadiga erishish yo’lida chegaralangan moddiy vositalarga duch keladi.
Insoniyat taraqqiyoti tarixiga nazar solsak, inson o’zining birlamchi ehtiyojshsh (oziq-ovqat, uy, kiyim-kechak) qondirish maqsadida ular yerga ishlov berish, o’rmonlarni kesish, bino qurish, chorvachilik bilan shug’ullanish, kiyim-kechak tikish kabi ishlab chiqarish jarayonlari bilan shug’ullangan. SHular bilan bir qatorda insonning ijtimoiy, mahnaviy, mehnat qilish kabi ehtiyojlari ham mavjud. Ularni qondirish uchun xam inson moddiy za mahnaviy resurslarga duch keladi. Inson extiyojlarini qondirish uchun o’z taraqqiyotining qandaydir tarixiy bosqichida ehtiyojni qondiruvchi resurslarni ishlab chiqaruvchi, yaratuvchi, o’z faoliyati doirasida yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik, istehdod va boshqa vositalardan foydalanuvchi va ularni yaratuvchi korxonalarni tashkil qilgan.
Haqiqatdan olganda, korxona tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaradi, ularni tashish, saqlash, sotish kabi ish va xizmatlarni amalga oshiradi xamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadi.
Korxona insoniyat ehtiyojlarini qondirish uchun vujudga kelgan jamiyatning birlamchi va asosiy bo’g’inidir. Korxonaning moxiyati ham yuqoridagilardan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish ishlatiladigan resurslarni turlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, tovarlar va xizmatlar jixatlariga qarab tarmoqlarga bo’linadi. Masalan: og’ir sanoat, yengil sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, aloqa, savdo, har xil xizmat ko’rsatish tarmoqlari kabilar. Tarmoqlar esa korxonalar va ularni birlashmalarini o’z ichiga oladi.
Tarmoklar va sohalarni 4 xil katta guruxlarga bo’lish mumkin.
Birinchisi - o’z ichiga tabiiy boyliklarni, qishloq xo’jalik mahsulotlarini, daryolar, dengizlar, okeanlar, o’radon resurslarini ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqarish sanoatlariga yetkazuvchi tarmoqlar.
Ikkinchisi - tabiiy boyliklarni, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini daryolar, dengizlar, okeanlar, o’rmon resurslarini qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlar.
Uchinchisi - birinchi va ikkinchi guruhdagi tarmoqlarga xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlar (transport, aloqa, kommunal xo’jalik, savdo-sotiq, tijorat, tahminot kabilar).
To’rtinchisi - boshqaruv, yurispriditsiya, sog’liqni saqlash, tahlim va boshqa aholiga xizmat ko’rsatuvchi sohalardan iboratdir.
Milliy iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar majmuasidan iborat bo’lib, ular xududlarda tarixan shakllanib, bir-biri bilan maqsad va vazifalari, xo’jalik aloqalari orqali tig’iz bog’liq umumiy qonun-qoidaga bo’ysunuvchi yagona tizimdir. SHu sababli uni iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy ishlab chiqarish sifatida qaraladi.
Milliy iqtisodiyot asosini korxonalar tashkil qiladi. Barcha inson uchun zarur bo’lgan moddiy, ijtimoiy, mahnaviy borliqlar korxonalarda yaratiladi. Korxonalar, tarmoqlar va sohalar tarkibi, mazmuni, masshtabi, rivojlanish darajasini belgilaydi. Ulardan tarmoq va hududiy birlashmalar tashkil topadi, shahar, tuman, viloyatlar tuziladi.
Korxona faoliyatining maqsadi – jamiyat ehtiyojlarini qondirish va foyda olishdir.
Jamiyatning asosiy bo’g’inini, ishlab chiqarish va xizmatni bozor va jamiyat uchun amalga oshiruvchi, o’z xo’jalik faoliyatini o’z ehtiyoji (talabi) uchun emas, tashqi, boshqalar extiyojini (talabini) qondirishga yo’naltiruvchi korxonalar tashkil qiladi.
Bunday hollarda iqtisodiy faoliyat ijtimoiy, ommaviy xarakter olib, ular nafaqat o’zi yoki oilasi uchun, balki boshqalar uchun ijtimoiy-iqtisodiy maqsadni ko’zlab ishlaydilar. SHuning uchun ham korxona tahrifini yoritish uchun uning mazmuniga har tomonlama yondashish zarur. Korxona iqtisodiyotiga bag’ishlangan adabiyotlarda bu masalaga yaxlit yondashuv mavjud bo’lib, uning mazmuniga tashkiliy-iqtisodiy, hukuqiy nuqtai nazardan, hamda korxonaning jamiyatda tutgan o’rni, mavqeiga qarab yondashish tavsiya qilinadi.
Tashkiliy iqtisodiy nuqtai nazardan qaraganda korxona –moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar majmuasidan iborat bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati asosida tashkil qilinib, maxsulot ishlab chiqish, biron bir ish yoki xizmatni aholining, bozorning talablarini qondirshi va foyda olish maqsadida yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan vazifasini bajarishdan iborat. SHunday qilib korxona xo’jalik subhekti bo’lib, uning maqsad va vazifalari tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan kelib chiqadi.
Korxona tushunchasining muhim tomonlaridan biri faoliyatidagi barcha masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilish hukuqiga egalik qiladi, o’z harakatlariga javobgar hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan korxona-jamiyatning mustaqil xo’jalik subhekti sifatida namoyon bo’ladi.
Korxona tushunchasini uning jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyatisiz ko’z oldingizga keltirib bo’lmaydi. Bu nuqtai nazardan yondashish korxonaga jamiyatning asosiy bo’g’ini sifatida yondashishni taqozo qiladi.
Nihoyat, korxona tushunchasining xuquqiy maqomi mavjud bo’lib, u, albatta huquqiy shaxs bo’lishi shart. Xuquqiy shaxs sifatida korxonaga "O’zbekiston Respublikasidagi korxonalar to’g’risida"gi Qonunning birinchi moddasida quyidagicha tahrif berilgan: "Xuquqiy shaxs huquqiga ega bo’lgan, mulkchilik huquqi yoki xo’jalikni to’la yuritish huquqi bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayriboshlaydigan ishlarni bajaradigan, xizmat ko’rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq, o’z faoliyatini ro’yobga chiqaradigan mustaqil xo’jalik yurituvchi subhekt korxona hisoblanadi".
Korxona xuquqiy shaxs maqomiga ega bo’lish uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak: faoliyat yuritish uchun, birinchidan, mol-mulkiga ega bo’lishi; ikkinchidan, majburiyatlariga mol-mulki bilan javob berish; uchinchidan, mulkni sotish, sotib olish; to’rtinchidan, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshirish; beshinchidan, sudda javobgar va talabgar bo’lishi mumkinligi; oltinchidan, mustaqil xo’jalik balansiga ega bo’lish.
Yuqoridagilardan kelib chiqib korxonaga quyidagicha tahrif berish nazariy va amaliy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz.
Korxona - jamiyatning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi, aholining talabini qondirish va foyda olish yoki boshqa ijtimoiy funktsiyalarni bajarish maqsadida, xususiy resurslardan foydalanish asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, ayriboshlaydigan, hamda boshqa ishlarnn va xizmatlarni bajaradigan, faoliyati bo’yicha qarorlar qabul qiladigan va unga javobgar, huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, har xil masshtabdagi xo’jalik yurituvchi subhektdir.
Ushbu tahrif maqsadi, faoliyati, shakli, turlari va mulk shaklidan qathiy nazar barcha korxonalarga taalluqlidir.
Xo’jalik yurituvchi subhekti korxona maqomiga ega bo’lishi uchun jahonda qabul qilingan quyidagi belgilarga javob berishi zarur. Bu belgilar uning tahrifidan kelib chiqadi.
Korxona xo’jalik yurituvchi subhekt sifatida ishchi jamoasini tashkil qilishni aniq tizimi (sistemasi)ga korxonaning tarkibiy tuzilish, boshqarish texnologiyasi va tartibiga ega bo’lishi kerak. SHunday qilib, korxonaning birinchi belgisi uning tashkiliy tuzilishi va boshqarilishidir.

Yüklə 356,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin