Tashkiliy shakllariga ko’ra korxonalar Ўзбекистон Республикасининг “Фуқаролик Кодекси”да (58-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 14 майдаги ЎРҚ-372-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2014 й., 20-сон, 222-модда) Хўжалик ширкатлари ва жамиятлари тўлиқ ширкат, коммандит ширкат, масъулияти чекланган ёки қўшимча масъулиятли жамият, акциядорлик жамияти шаклида тузилиши мумкинлиги белгилаб берилган.
Korxonalar mulk shakllariga asoslangan holda tashkiliy-huquqiy shakllarga turlanadi. "O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida"gi Qonunga binoan (4 modda) mulk quyidagi shakllarda yuzaga chiqadi:
- fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki;
- jamoa (shirkat) mulki, shu jumladan, oilaviy maxalla, kooperativ mulki, ijaraga olingan korxona mulki, aktsionerlar jamiyati, davlat korxonasi, jamoaning jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar, kontsern (konsorsium)larning mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki;
Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi, mahmuriy-hududiy tuzilmalar (maishiy) mulkdan iborat davlat mulki;
qo’shma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek, ajnabiy yuridik shaxslar mulki.
Mulk shakllariga munosib korxonalar quyidagicha shakllarga tasniflanishi mumkin:
shaxsiy yoki xususiy mulkka asoslangan xususiy korxonalar;
jamoat mulkiga asoslangan korxonalar;
davlat mulkiga asoslangan korxonalar;
aralash mulkka asoslang
Shaxsiy yoki xususiy korxonaning o’ziga xos muhim belgilari uning mulkdori ham, tashkil etuvchisi ham, boshqaruvchisi ham yagona jismoniy shaxs bo’lishi, yuridik shaxs maqomiga ega bo’lib, yuridik shaxs ko’rinishida tashkil etilishi, yollanma mehnatdan foydalanishidir.
Xususiy korxona - bumulkdor - yagona jismoniy shaxs tomonidan tuziladigan va boshqariladigan tijorat tashkiloti, korxonasidir. U tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Xususiy korxona o’z egaligida alohida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlar olishi va ularni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Xususiy korxona o’z maj-buriyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulki, u yetishmagan taqdirda korxonani tuzgan mulkdorning mol-mulki bilan javob beradi. Xususiy korxona to’liq firma nomiga ega bo’lishi lozim va uning firma nomi "xususiy korxona" so’zini o’z ichiga ollishi kerak. Bundan tashqari, u qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo’lishi mumkin. U firma nomi va manzili aks ettirilgan muhri va tamg’asiga, mustaqil ba-lansiga ega bo’ladi, belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritadi va hisobotlar topshiradi, bankda hisob varaqlar ochadi.
Xususiy korxona davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. U belgilangan tartibda vakolatxonalar ochishi va filiallar tuzishi, boshqa yuridik shaxslarning muas-sisi bo’lishi yoki ularning nizom jamg’armasiga o’zgachatarzda ishtirok etishi mumkin. Qonunda xususiy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari ham belgilab qo’yilgan.
Jamoa korxonasida mulkdorlar va ishtirokchilar ko’proq bo’lib, ular jismoniy shaxs ham, yuridik shaxs ham bo’lishi hamda unda davlat ham ishtirok etishi mumkin, yollanma mehnat jalb qilinadi.