Moliya-sanoat guruhlari. Moliya - sanoat guruxya - kredit-moliya va investitsiya muassasalari, korxonalar va tashkilotlarning ishlab
chiqarishni xalkaro ko’lamda ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashni chuqurlashtirish orqali maksimal foyda olish maqsadida mablag’larini birlashtirib, tashkil qilingan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilma.
Mulkchilik shaklidan qathiy nazar, har qanday tashkiliy-hukuqiy turdagi korxonalar, shuningdek, kredit-moliya, investitsiya va boshqa muassasalari, nodavlat pensiya jamg’armalari va boshqa jamg’armalar, sug’urta tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar moliya-sanoat guruhining ishtirokchilari bo’la oladilar.
Moliya-sanoat guruhlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tuzilishi va tugatilishi O’zbekiston Respublikasining "Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risida", "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar hukuqini himoyasi to’g’risida"gi Qonunlari, "Moliya-sanoat guruhlari haqidagi Nizom" va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.
Moliya-sanoat guruhlari quyidagi masalalarni xal qilish vakolatiga ega:
- ishtirokchilar resurslarini birlashtirish, xo’jalik aloqalarini o’rnatish va shu asosda yangi umumiqtisodiy makonni yaratish;
investitsiya resurslarini jalb etish, ishlab chiqarishni texnik- iqtisodiy darajasi, mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;
investitsiya resurslarini fan yechimlarini ko’p talab qiluvchi tarmoklarga, transport, telekommunikatsiya va foydali qazilmalarni qazib olishga yo’naltirish;
o’z tarkibida korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi mustaqil tuzilma bo’g’inlari vakolatli bank, savdo uyi, tahminot-sotish tashkiloti, marketing bo’yicha bulinmalar va hokazolarni tashkil etish;
iqtisodiyotning tuzilmaviy qayta kurilishiga ko’maklashish va
boshkalar.
Ishtirokchilari orasida O’zbekiston Respublikasidan tashqarida bo’lgan huquqiy shaxslarga ega bo’lgan moliya-sanoat guruhlari transmilliy kompaniya hisoblanadi. Davlatlararo moliya-sanoat guruhining tashkil etilishi, faoliyati va tugatilishi xukumatlararo tuzilgan bitimlar bilan belgilanadi.
Agrofirmalar - tuman qishloq xo’jalik majmuining rivojlanishini
tahminlash maqsadida, paxtakor va boshqa xo’jaliklar, qayta ishlash korxonalari hamda xizmat ko’rsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, xuquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv organ.
Agrofirmalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
qishloq xo’jaligini ilmiy-texnik darajasini oshirish, jahon standartlariga mos mahsulot ishlab chiqarishni tahminlash;
- mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, moddiy-texnik resurslarning raqobatchi bozorlarini yaratish;
xo’jaliklar va boshqa korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda ko’maklashish;
marketingni tashkil etish, bozor holatini (kong’yukturasini) o’rganish va xo’jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotishda ko’maklashish hamda o’z Nizomiga muvofiq boshqa vazifalarni.