Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o’zining ta’sischilari orasida yoki oldindan belgilab qo’yiladigan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanadigan jamiyatdir. Bunday jamiyat o’zi chiqa-radigan aksiyalarga ochiq obuna o’tkazishi yoki ochiq, erkin sotishi mumkin emas. Bu jamiyat uchun aksiyadorlar sonining eng quyi va eng yuqori chegarasi qonunlarda belgilab qo’yilgan. Aksiyadorlar soni belgilangan miqdordan oshib ketganda, u ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, undan pasayganda esa sud tartibida tugatilishi lozim.
Jamoa tadbirkorligining tashkiliy ko’rinishlaridan biri unitar korxonadir. O’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan korxona unitar korxona hisobla-nadi. Unitar korxona o’z mol-mulki egasining, mol-mulki egasi esa korxonaning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. Lekin korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Unitar korxonani boshqarish organi uning rahbari bo’lib, u mulkdor yoki mulkdor vakil qilgan organ tomonidan tayinlanadi va ularga hisob berib turadi. Unitar korxonaga mol-mulk ikki maqsadda - xo’jalik yurtish uchun yoki operativ boshqarish uchun biriktirilishi mumkin. SHunga muvofiq unitar korxona ikki xil bo’ladi: xo jalik yuri-tish huquqiga asoslangan va operativ boshqarish huquqiga esoslangan unitar korxona. Xo’jalik yuritish huquqiga asoslangan unitar korxona, mulkdor, yoki u vakil qilgan organning qarori bilan tuziladi, uning ta’sis hujjati nizom hisoblanadi. U sho’ba korxona tashkil etishi mumkin. Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan unitar korxona, asosan, davlat tomonidan tashkil etiladi va davlat korxonasi hisoblanadi. Uning ham ta’sis hujjati nizomdir. Davlat korxonasining mol-mulki yetarli bo’lmaganida davlat uning majburiyatlari bo’yicha subsidiar javobgar bo’ladi.
Qo’shma korxona bir necha davlat fuqarolari va (yoki) yuridik shaxslari (kompaniyalari, firmalari) tomonidan kiritiladigan qo’shma mulk, foydani taqsimlash va boshqaruvda qatnashish bo’yicha kelishuvga asoslanadi, unda davlat ham ishtirok etishi mumkin, yollanma mehnat jalb qilinadi.
Aralash mulkka asoslangan bo’lishi ham mumkin. Masalan, ayrim davlat korxonalarida xususiy mulk, ayrim aktsiyadorlik jamiyatlarida esa davlat mulki ishtirok etadi, ayrim qo’shma korxonalar ham aralash mulk shakllariga asoslangan.