Ichki omillar tahlili – bu firmaning ichki kuchli va zaif tomanlarini boshqaruv orqali tekshirib chiqishdir. U tashkilotni vazifaviy bo’linmalari va uning ijtimoiy omillari bo’yicha o’tkaziladi.
Avvalo, ishlab chiqarish jarayoni, korxananing marketing faoliyati, moliya bo’limi va kadrlar bo’limi tahlili amalga oshiriladi.
Tashqi muhit – korxonaning atrofidagi muhit hisoblanib, u turli faoliyatga ta’sir etuvchi hamda menejer tomonidan o’zi boshqaradigan ishlab chiqarish strukturasini moslashtirish jarayonida hisobga olish zarur bo’lgan tashqi shart-sharoitlar, omillar yig’indisi, adabiyotlarda tashqi muhit:
-bevosita va bilvosita;
-makro va mikro muhitga;
-ish muhiti va umumiy muhitga ajratiladi.
TASHQI MUHITNI TAHLIL QILISH Bu taxlilni 3 guruh boýicha izlanish deb faraz qilish mumkin:
Iqtisodiy
Siyosiy
Ijtimoiy
Birinchi guruh – firmaga bir necha tashqi muhit sohalarini ta`sirini o’z ichiga oladi: iqtisodiy muhitni umumiy holati, bozor, iste`molchilar, raqobat. Ishchi kuchi omili tashqi iqtisodiy sharoitning asosi deb hisoblanib tashkilot strategiyasiga ta`sir
ko’rsatadi.
Ikkinchi guruh – siyosiy omillarni hisoblash va taxlil qilish samarali strategik rejalashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Bu mohiyati bo’yicha davlat
va biznes orasidagi munosabatdir. Bular davlat katta va kichik biznesga qonunlar, kodekslar, qarorlar chiqarish orqali ta`sir ko’rsatishi bilan namoyon bo’ladi.
Siyosiy omillar qatorida tashkilot faoliyatiga xalqaro omillar ham ta`sir ko’rsatadi. Ayniqsa bu transmilliy kompaniyasi bo’lsa, kompaniya raxbariyati tabiiyki ushbu katta muhitga ahamiyat beradi.
Ishtirokchilari orasida O’zbekiston Respublikasidan tashqarida bo’lgan huquqiy shaxslarga ega bo’lgan moliya-sanoat guruhlari transmilliy kompaniya hisoblanadi.
Uchinchi guruh – ijtimoiy yoki ijtimoiy ahloq omilidir. Firmaning menejeri ularni ijobiy ta`sirini hisobga olishi va ishlata olishi yoki ularni salbiy ta`sirini zararsizlantira olishi ahloqiy muhim masala hisoblanadi.